Iqtisodiy ta'limotlar


J.B.Klarkning iqtisodiy ta'limoti


Download 2.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/152
Sana02.12.2023
Hajmi2.19 Mb.
#1780126
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   152
Bog'liq
Iqtisodiy ta\'limotlar

15.2. J.B.Klarkning iqtisodiy ta'limoti 


299 
(1847-1938) marjinalizmning "amerika makta-
bi" vakili bo`lib, XIX asr oxirida iqtisodiy 
ta'limotlarda neoklassik yo`nalish shakllanishiga mu-
him xissa qo`shdi. 
AQSHda tug`ilgan bo`lajak olim keyinchalik 
Yevropa universitetlarida ta'lim oldi, Karl Knis 
(Germaniyada "Tarixiy maktab" asoschilaridan biri) 
uning ustozi bo`lgan. 
AQSHga 
qaytgach 
o`qituvchilik 
qildi, 
T.Veblen uning qo`lida ta'lim olgan ekan. Klark Amerika iqtisodiy as-
sotsiatsiyasining tashkilotchisi edi va 1893-1895 yy. Uning uchinchi pre-
zidenti bo`lgan. Uning asosiy asarlari: "Boylik falsafasi" (1886) va "Boylik 
taqsimoti" (1899). Bu asarlarda (ayniqsa 2-sida) iqtisodiyot fanining uch 
tabiiy bo`limlari, "ishlab chiqarish omillarining eng yuqori unumdorligi 
to`g`risidagi qonun" masalalarining yoritilishi muhimdir. 
Klarkning yozishicha, iqtisodiyot fanining predmeti jamiyatning 
barcha daromadlarini turli shakldagi daromadlarga ajratishdan iborat (ish 
haqi, foiz, foyda), bular o`z navbatida mos ravihda "ish bajarganligi 
uchun", "kapitalni berib turgani uchun" va "ish haqi va foizni koordinatsiya 
qilingani uchun" olinadi. Bundan shu narsa kelib chiqadiki, bu daromadlar 
"sog` aql bilan" aniqlanganda. Ishlab chiqarish bilan shug`ullangan "inson-
lar sinfi"dan bironta odam bir-biriga da'vo qila olmaydi. 
Klark "eng yuqori ishchi", "ishning eng yuqori xarakteri", "eng 
yuqori naflik", "chegaraviy naflik", "eng yuqori unumdorlik" va boshqa 
marjinalistik kategoriyalar bilan ish yuritadi. U mikroiqtisodiy tahlilni 
to`laligicha ustuvor prinsip deb qabul qiladi. Robinzon hayotining iqtisodiy 
tadqiqotlarida qo`llanilishi o`z-o`zidan bo`lgan emas, chunki yakkalangan 
shaxs xo`jaligini boshqaruvchilar hozirgi davlat iqtisodiyotini boshqarishda 
davom etmoqdalar.
"Ijtimoiy daromadlarni taqsimlash" ijtimoiy qonun bilan tartibga 
solinadi, bu qonun "eng mukammal erkin raqobat"da har bir ishlab 
chiqarish omilini u hosil qilgan boylik summasi bilan ta'min etishi mum-
kin. Albatta, bu boylik miqdoriy jihatdan inson farovonligini ta'min-
lashdagi manbalari cheklanganligi bilan xarakterlanadi. "Har bir ihlab 
chiqarish omili" ijtimoiy mahsulotda o`zi bevosita ishlab chiqargan boylik 
hissasiga ega 
Klark iqtisodiyotni statika va dinamika qismlariga bo`ladi (mexani-
ka fani kabi). Avvalgi tadqiqotlarda statika qo`llanilgan bo`lsa, endilikda 
tabiiy-dinamik usul taklif etiladi. U iqtisodiyot fanini uch qism (bo`lim)ga 

Download 2.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling