Iqtisodiy ta'limotlar
Download 2.19 Mb. Pdf ko'rish
|
Iqtisodiy ta\'limotlar
A.Marshall
297 kerakki A. Marshall o`zida oldin o`tgan ortodoksal klassiklardan farqli rav- ishda, iqtisodiy kategoriya larni "Isbot" talab etuvchi u yoki bu asosiy che- garalanishi maqsadga muvofiq deb hisoblaydi. Olim tadqiqotlarida bozorda erkin baho shakllanish muammosi asosiy o`rinni egallaydi. Bunda bozor muvozanati yagona organizm sifati- da, xo`jalik yurituvchi subektlar chaqqan va bir-biri to`g`sida yaxshi ma'lumotga ega ded qaraladi. Bozor bahosi eng yuqori naf asosida aniqlanadigan talab bahosi va eng yuqori xarajatlar bilan topiladigan taklif bahosining kesishish natijasi deb qaraladi. Bu "Marshall xochi" deb yuritilada, talab va taklif chiziqla- rining kesishganliging grafik (chizma) shaklidir. chiziqlar kesishgan joyda ular orasidagi muvozanat, ya'ni muvozanatli, mo`ta'dil baho o`rnatiladi. Shu yerda olimning tovar qimmatining mohiyati to`g`risidagi g`oyasi xarakterlidir. Uning fikricha, qimmatni yaratishda naflik va ishlab chiqarish xarajatlari (qaychining ikki tig`i) birdek faoldir. U qaychini misol sifatida keltirib, qaychining qog`oz qirqanda qaysi (ustki yoki pasti) tig`i (lezviyasi) asosiy rolni o`ynaydi, deb savol beradi. Marshall tomonidan "iste'mol ortiqchaligi" tushunchasini kiritadi, bu xaridor olishi zarur bo`lgan ilojsiz narsa uchun to`langan va amalda to`layotgan baholar o`rtasidagi farqdir, ya'ni xaridorning qo`shimcha talabini qondirishning iqtisodiy o`lchovidir. Ilk majinalistlarning baho, talab va taklif kabi omillarning funksional bog`lanish umumlashtiriladi. U xususan, baho pasayishi bilan talab ortishi (baho ortishi bilan talab pasayishi), baho pasayishi bilan taklif pasayishi (baho ortishi bilan taklif ortishi)ni ko`rsatib berdi. Mo'tadil (mu- vozanat) baho talab va taklif nuqtalari kesishgan yerda o`rnatiladi (yuqori aytildi). Shularga mos ravishda bozorda baholarning o`zgarishi ro`y beradi. Daromadlar nazariyasida kapitalga foiz, ish haqi marjinalistik hal etiladi. Avvalgi klassiklarning tovar qiymati sarflangan mehnat bilan o`lchanishi qat'iyan rad etiladi. Foiz stavkasi darajasi to`g`risida fikr yuritilib, foiz kamayishi bilan insonlar kam jamg`aradilar (va aksincha) degan xulosa chiqariladi. Bu qoida keyinchalik uning shogirdi J.M.Keyns tomonidan keng foydalanildi (yuqorida berilgan). "Talab bahosi" rivojlantirilib "talabning elastikligi (qayishqoqligi)" konsepsiyasi ilgari suriladi, bu talab hajmining baho (narx) o`zgarishiga bog`liqligi ko`rsatkichidir. Elastiklikning turli omillarga qanchalik bog`liqligi tahlil etiladi (iste'mol tarkibi, daromad darajasi va b. ). Eng kam elastiklik keng iste'mol mollariga tegishli (ammo xuddi shu holatni zebi- 298 ziynat mollariga nisbatan ko`rib chiqmagan). Bu bog`lanish vaqt davomida o`zgarib turishi aytiladi. O`rganilayotgan davr qanchalik kichik bo`lsa, talabning bahoga ta'siri shunchalik kattadir, davr qanchalik katta bo`lsa, ishlab chiqarish xa- rajatlari (taklif) ning ta'siri asosiydir. Korxonada ishlab chiqarish hajmlarining o`stirish davomida solishtirma ishlab chiqarish xarajatlari o`zgarishi qonuniyatlari aniqlandi. Korxona ishlab chiqarish masshtabini oshirganda undan keladigan nafning miqdori muammosi qarab chiqiladi. Marshall xususan shuni qayd qiladiki, odatda raqobatli iqtisodiyotda yirik korxona (firma) o`z tovar mahsulotiga bahoni pasaytirishni ta'minlaydi, bu esa raqobatchilar oldida ustunlikka olib keladi (malaka oshuvi, maxsus mashina va asbob-uskunalarni qo`llay olish tufayli). Eng muhimi bunday iqtisoddan butun jamiyat manfaat ko`radi. "Repreztativ firma" (o`rtacha firmaning turi) tushunchasi kiritiladi. Uning hajmi ma'lum tovarni ishlab chiqarish hajmi ortishi bilan ortadi, bu esa ham ichki ham tashqi foyda keltiradi, chunki mehnat sarflari va boshqa ishlab chiqarish xarajatlari pasayadi. Bundan olim ikkita iqtisodiy qonun borligi to`g`risida xulosa chiqaradi: 1) o`sib boruvchi foyda va 2) doimiy foyda. Birinchisiga ko`ra, mehnat va kapital sarflari hajmi ortishi bilan odatda ishlab chiqarishni tashkil etishni mukammallashtirishga olib keladi, mehnat va kapitaldan foydalanish samarodorligini oshiradi, proporsional (mutanosib) ravishda yuqoriroq foyda keltiriladi. Ikkinchisiga ko`ra, mehnat va boshqa xarajatlar mahsulot hajmini proporsional o`sishiga olib keladi. Olim fikricha, real hayotda bu ikki tendensiya doimo bir-biriga qarama-qarshi turadi. Raqobat sharoitida ishlab chiqarish yiriklashuvi bilan nisbiy xa- rajatlar yo pasayib boradi, yoki paralel o`sadi, ammo mahsulot hajmi o`sish sur'atlaridan ilgarilab ketmaydi. Keyinchalik mana shu fikrlar asosida mikroiqtisodiy nazariya ishlab chiqarish va korxona o`lchamlari (katta- kichikligi)ni optimallashtirish muammosini yechish bo`yicha ancha aniq uslubiy yechimlarni ilgari surdi. Ishlab chiqarish xarajatlarini doimiy va o`zgaruvchi deb qarab, uzoq muddat davomida doimiy xarajatlar o`zgaruvchan bo`lib qoladi. Firma bozorni tark etishining asosiy sababi - xarajatlarning bozor bahosi darajasidan yuqorilab ketishidir. Download 2.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling