Iqtisodiy ta'limotlar
Download 2.19 Mb. Pdf ko'rish
|
Iqtisodiy ta\'limotlar
P. Samuelson
352 etmaydi. Binobarin, davlat iqtisodiyot uchun maqsadlarni aniqlashni o`z zimmasiga olishi va bu maqsadlarga erishish uchun o`z kuchidan foydalanishi kerak. Samuelson eng kam ish haqi to`g`risidagi qonuni daromadlar pilopoyasining eng pastida turgan ishchilarga yordam berish usuli deb hisoblaydi; u davlatning uy-joy qurilish dasturlarini moliyalashtirishni va oziq- ovqat yordamini qashoqlikni kamaytirish usuli sifatida qo`llab-quvvatlaydi. "Ekonomiks" asarida tarixiy-iqtisodiy ekskurs mavjud bo`lib, XVII asr oxiridagi Maltusning aholi nufuzi nazariyasi eslanadi; A. Smitning "Ko`rinmas qo`l" haqidagi g`oyalar tahlil etiladi. Asarda o`tgan davrdagi deyarli barcha doktrinalar qarab chiqiladi (bular to`g`risida yuqorida o`qishingiz mumkin). Uning fikricha, hozirgi davr iqtisodchilari "neoklassik sintez"ga erishish uchun samarali kredit-pul va fiskal siyosatni Smit va Marshallning klassik mikroiqtisodiyotini hozirgi daromadning darajasini aniqlash bo`yicha mavjud makroiqtisodiyot bilan birlashtirish, ikkala yondoshuvdagi barcha sog`lom fikrlarni jamlashtirishga harakat qilmoqdalar. Kitobning dastlabki boblarida A.Smit dan hozirgi davrgacha bo`lgan iqtisodiy ta'limotlar mohiyati tarixiy-iqtisodiy jihatdan qarab chiqiladi. Ayniqsa A.Smit, T.Maltos, D.Rekardo asarlari Har tomonlama tahlil etilgan. Uning fikricha, 1820-1870 yillar - 50 yil davomida iqtisodchilar va siyosatchilar gipnoz holatida bo`lgan, bunga asosiy sabab "sanoat inqilobi" bo`lib, bir qancha g`oyalar, ayniqsa T.Maltus, D.Rikardolarning aholi o`sishi bilan daromadlar pasayishi to`g`risidagi fikrlar chippakka chiqdi. Neoklassik iqtisodiyot to`grisida fikr yuritib, XX asrning 70-yillari iqtisodiy qarashlarda ikki yo`nalish paydo bo`lganligi qayd etiladi: 1) Keyns va keynschilik; 2) Marks g`oyalari. Ayniqsa, neoklassik yo`nalishda matematik usullarning keng qo`llanilishi, talab, foydalilik, umumiy iqtisodiy muvozanat masalalarining yangicha tahlili yanada ilmiyroq bo`lib qoldi. A.Marshall, J.B.Klark, U.Jevons, L.Valras, V.Paretto tadqiqotlarida matematik elementlar "iqtisodiy tahlilning nozik metodlari" ga olib keldi. J.M.Keynsning tadqiqoti yuqori baholanadi, "Sey qonuni" ga ehtiyoj qolmadi, deb yozadi P.Samuelson. Keyns va Keynschilar ta'sirida "aralash iqtisodiyot" yaxshi faoliyat ko`rsata boshlaganligi ta'kidlanadi. 2-jahon urushidan so`ng ishlab chiqarish nihoyatda tez o`sganligi, aholi turmush darajasi oshganligi ta'kidlanadi. 353 Ammo, deb ta'kidlaydi olim, hali bizni to`la bandlik va mo`'tadil baholar o`rtasida tanlash imkoniyatidan xalos qila oladigan yagona mukammal iqtisodiy siyosat modeli yaratilmadi. Samuelson Chikago maktabi vakillari faoliyatiga, xususan, M.Fridmenning monitar sistemasiga yuksak baho beradi, chunki bu olimlarda "erkin raqobat", "bozor baholari" asosiydir. Olim iqtisodiy taraqqiyotning omillariga baho berib, uni to`rtta deb hisoblaydi: 1.Mehnat resurslari (inson birinchi va asosiy); 2.Tabiiy resurslar; 3.Kapital; 4.Texnologiyalar. Olimning bu omillari "taraqqiyotning to`rt g`ildiragi" deb yuritiladi. E'tibor berib qarang, inson roli eng yuksak qo`yilgan. Haqiqatan ham inson bo`lmasa, boshqa omillar ishga tushmaydi (masalan, Yaponiya, GFR ...). Shu sababli yuqorida keltirilgan Umar Xayyomning fikri naqadar hayotiy, hozirgidek jaranglab turibdi. Hozirgi davr iqtisodiy nazariyalarida A.Lafferning soliqlar hajmi va yalpi milliy mahsulot o`rtasidagi bog`lanish tahlil etilgan. Laffer effekti bo`yicha soliqlarni oshiraverish bilan milliy daromad ma'lum miqdoriga oshadi, keyin pasayadi. Soliqlar miqdorini pasaytirish qisqa davr mobayni- da budjetga tushumlar kamayishiga olib kelsa ham, istiqbolda jamg`armalar, investitsiya va daromadlar ko`payishi tufayli budjet tus- humlari oshadi. Soliq stavkasi optimumini yetish uchun egri chiziq (Laffer egri chizig`i) chizilgan. Unga ko`r a, soliq ortishi bilan davlat budjetiga tushumlar ortavermaydi. Aksincha, shunday ma'lum chegara borki, undan ortiq soliq stavkasi budjetga tushumlarni kamaytiradi, chunki yuqori soli- qlar xo`jalik faoliyatiga bo`lgan qiziqishni (rag`batni) kamaytiradi va ishlab chiqarish hajmlarining pasayishiga olib keladi. Demak, ma'lum hol- larda soliq stavkalari pasaytirish ishlab chiqarishning faqat o`sishigina olib kelmasdan, budjetga soliq tushumlarining o`sishiga ham olib keladi. Bunday siyosat Rfda 2000 yildan boshlab amalga oshirildi, soliq stavkalari barcha uchun 13% ga tushurildi va yaxshi natija bermoqda. Download 2.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling