349
Dunyoning tilagi, samari ham biz,
Aql ko`zin qorasi javhari ham biz,
To`garak jahonni uzuk deb bilsak,
Shaksiz, uning ko`zi-gavhari ham biz
Umar Xayyom.
20-BOB. HOZIRGI ZAMON IQTISODIY
TA'LIMOTLARI EVOLUTSIYASI
20.1. Neoklassik sintez konsepsiyasining mohiyati
Iqtisodiyotda
bir qancha ofatlar, xususan, ommaviy ishsizlik va
inflatsiya ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishda asosiy muammolardan biri bo`lib
qolmoqda. qanday qilib aholoning mo`'tadil va to`la
bandligini, real
daromadlar O’sishini ta'minlash mumkin degan savollar hammani,
iqtisodiyot fani namoyondalarini ham qiziqtirib kelmoqda. Ayniqsa,
inqirozsiz iqtisodiy siklning sirlari nimani muhimdir.
Bu va boshqa masalalar bilan neoklassik sintez yo`nalishi
shug`ullanib, unda klassik iqtisodiy ta'limot
tomonidan ilgari aniqlangan
haqiqat va qoidalar hozirgi davrdagi daromadlar shakllanishi nazariyalari
bilan sintez qilinadi. Bu sohada barakali ijod etgan P.Samuelson
fikricha,
"neoklassik sintez" - bu aslida hozirgi nokeyns va neoliberal qoida va
"haqiqat" larning ilk neoklassik g`oyalar bilan,
shuningdek klassik
maktabning ayrim postulatlari va avvalo hozirgi davridagi daromadlar
shakllanishi nazariyalari bilan birlashtirib qarashidir.
Do'stlaringiz bilan baham: