Iqtisodiy ta'limotlar


 Fiziokratizmning ahamiyati va uning tarixiy taqdiri


Download 2.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/152
Sana02.12.2023
Hajmi2.19 Mb.
#1780126
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   152
Bog'liq
Iqtisodiy ta\'limotlar

 
7.4. Fiziokratizmning ahamiyati va uning tarixiy taqdiri 
A.Smit o`z vaqtida "fiziokratizm tizimi qanchalik nomukammal 
bo`lmasin, shu davrgacha chop etilgan iqtisodiy g`oyalar ichida haqiqatga 
eng yaqini edi", - deb aytgan edi. Bu ta'limotning merkantilizmni inkor 
qilishi, mehnat bilan yer boylikning asosi ekanligini tan olishi, savdo-
sotiqda bojxona cheklashlarini olib tashlashni taklif etishi nihoyatda 
muhimdir. Fiziokratlar boylik tezisi to`g`risida fikr yuritib, boylik - bu 
jamiyat mehnati bilan har yili yaratiladigan iste'mol qiymatlaridir, deydilar. 
Bu tezis ham A.Smit tomonidan qabul qilingan. Ishlab chiqarish va 
taqsimot jarayoniga xos umumiy mehnat doktrinasi, ishlab chiqarishning 
takroriyligiga alohida urg`u berilishi katta yutuq hisoblanadi. 
Kapital va uning ikki qismga ajratilishi (asosiy va aylanma) takror 
ishlab chiqarish, erkin sohibkorlik to`g`risidagi g`oyalar, jamiyatning 
sinflarga ajratilishi iqtisodiy ta'limotlarning rivojida keyingi muhim 
qadamdir. Hozirgi zamon tili bilan aytganda, fiziokratlar sof bozor 
munosabatlarining unsurlarini asosan to`g`ri hal etib berdilar. Mehnat bilan 
birga yerning boylik asosi deb qabul qilinishida davr ta'siri kuchlidir. 
Chunki mamlakatdagi asosiy sinf dehqonlar bo`lib, asosiy boylik qishloq 
xo`jaligida yaratilayotgan edi. 
Qishloq 
xo`jaligini 
rivojlantirish 
uchun 
erkin 
bozor 
munosabatlariga o`tish va ayniqsa dehqonlarni turli-tuman soliq va 
yig`imlardan ozod qilish zarurligi, yagona soliq tizimiga o`tish kerakligi 
to`g`risidagi fikr nihoyatda qimmatlidir. Sobiq SSSRda yangi iqtisodiy 
siyosatda bu usul qo`l kelgan. Chunki, har bir sohibkor va tadbirkor 
shaxsiy 
manfaatdorlik 
bo`lgan 
taqdirdagina 
ishlab 
chiqarishni 
rivojlantirishga intiladi. 


148 
Takror ishlab chiqarish va realizatsiya jarayoni uzluksiz davom 
etishi, xalq xo`jaligi tarmoqlarining ma'lum proporsiyalarini saqlagan 
holda ro`y berishi mumkinligi aniqlab berildi. F.Kenye misolida uch sektor 
o`rtasidagi munosabatlar keltirilgan. 
Amalda, ayniqsa hozirgi davrda esa bu sektorlar miqdori hiyla ko`p 
bo`lib, ular o`rtasidagi aloqalar V.Leontyevning "harajatlar - chiqarish" 
tizimida N ta tarmoq uchun ishlab chiqilgan. Ko`rinib turibdiki, bu 
g`oyaning kurtaklari fiziokratlarning asarlarida ko`ringan. Hozirgi davrda 
buni tarmoqlararo balans deb yuritiladi va u makroekonomik tahlilda va 
umuman iqtisodiyotda muhim ahamiyatga egadir. O`sha paytda bo`lajak 
iqtisodiy modellarning asoslari vujudga kelgan edi. Bu g`oya klassik 
iqtisodiy maktab ta'limoti zanjirining muhim ajralmas qismi sifatida 
muhim o`rinni egallaydi. 
Shu bilan birga hozirgi zamon iqtisodiy ta'limotlari nuqtayi 
nazaridan fiziokratizm g`oyalari o`z ahamiyatini tezda yo`qotdi va 
o`tkinchi xarakterga ega bo`ldi, chunki jahondagi ijtimoiy va iqtisodiy 
hayotdagi o`zgarishlar nisbatan mukammal g`oyalar ishlab chiqilishi 
zarurligini taqozo etdi va bu amalda ro`y berdi. Ayniqsa, boylikning asosi 
(sof mahsulot) faqat qishloq xo`jaligi sohasi bilan chambarchas bog`liq 
qilib cheklab qo`yilganligi to`g`risidagi xato tez namoyon bo`lib qoldi, 
sanoat inqilobi natijasida ro`y bergan o`zgarishlar tufayli fiziokratizm 
g`oyalari unutilayozdi. Bu holat iqtisodiyot osmonidagi yorqin yulduzning 
so`nishini eslatadi. 
XULOSA 
XVIII asrning o`rtalarida Fransiyada iqtisodiy ta'limotlar tarixida 
fiziokratizm yo`nalishi yuzaga keldi. Bu ta'limot klassik iqtisodiy 
maktabning tarkibiy, butun zanjirning ajralmas qismi sifatida muhim 
ahamiyatga egadir. Bu oqimning asosiy vakillari F.Kenye va A.Turgo 
mamlakatdagi o`sha davr iqtisodiy holatini har tomonlama tahlil etib, 
iqtisodiyotning muhim kategoriyalari bo`yicha qimmatli fikrlarni berdilar. 
Ular fermerlarni himoya qilgan holda avvalo merkantilizmdan voz kechib, 
boylikning asosiy manbayi mehnat va yer ekanligini ko`rsatdilar. "Tabiiy 
tartib" konsepsiyasi asosida "unumli mehnat", "sof mahsulot", kapital 
to`g`risidagi ta'limotlar ilgari surildi. 
Kapitalistik munosabat, xususiy mulk, erkin baholar, erkin raqobat, 
davlatning iqtisodga kam aralashuvi "tabiiy hol" deb tan olindi. Ularning 
fikricha, qiymat iste'mol qiymati bo`lib, hatto tabiat, yer in'omi sifatida 


149 
talqin etiladi. Shundan dehqonchilikdan boshqa sanoat, savdo va xizmat 
tarmoqlari unumsiz soha deb qaraladi. Bunday noto`g`ri fikrning paydo 
bo`lishi Fransiyaning o`sha davrdagi iqtisodiy ahvoli (agrar mamlakat) 
bilan bog`liqdir. 
Kapital tushunchasining kiritilishi va uning boshlang`ich va yillik 
bo`nak kabi ikki qismga bo`linishi iqtisodiyot tarixida muhim qadamdir. 
Shundan doimiy va aylanma kapital g`oyalari ham kelib chiqadi. 
F.Kenyening asosiy "Iqtisodiy jadval" asarida jamiyatdagi sinflar 
masalasi ko`tariladi, ammo bunda ba'zi kamchiliklar bor, uni A.Turgo 
rivojlantirib, o`sha davr uchun to`g`ri xulosalar chiqaradi. Takror 
(uzluksiz) ishlab chiqarish jarayoni va yalpi ijtimoiy mahsulot muomalasi 
birinchi bor kun tartibiga qo`yiladi. Oddiy takror ishlab chiqarish chizmasi 
beriladi va tayyor mahsulotning aylanish tamoyillari ko`rsatiladi, bu o`sha 
davr uchun katta kashfiyot edi. Tarmoqlar, ya'ni sektorlararo taqsimotning 
aniq proporsiyalari bo`lishi zarurligi qayd etiladi, ma'lumki bu tamoyil 
hozirgi davrda ham muhim. 
Olim va davlat arbobi A.Turgoning iqtisodiy g`oyalari ancha 
mukammal bo`lib, o`sha davrdagi jamiyat va iqtisodiyotdagi jarayonlarni 
ancha izchil tahlil etadi va sanoatda kapitalistlar va yollanma ishchilar 
mavjudligi hamda beshta sinf borligi e'tirof etiladi. Bu xulosa to`g`ri 
xulosadir. A.Turgo sanoat va xizmat sohalariga ijobiy yondashadi. U 
kapital va qo`shimcha mahsulot (qiymat) masalalarini ancha mukammal 
hal etadi, sanoat, ssuda va kapital haqida fikr yuritadi, lekin oxir-oqibatda 
fiziokratizm qobig`idan chiqa olmaydi, qo`shimcha mahsulotning asosiy 
shakli yana yerga, yer rentasiga qaytadi. A.Turgo davlat chinovnigi, 
aniqrog`i moliya vaziri sifatida ham bir qancha iqtisodiy islohotlarni 
o`tkazishga erishadi. Ammo mamlakatdagi ijtimoiy tuzum bu islohotlarga 
to`siq edi. 
Hozirgi davr tili bilan aytganda, fiziokratlar sof bozor 
munosabatlarini qo`lladilar, ammo ularning g`oyasi asosan qishloq 
xo`jaligi bilan cheklab qo`yildi, barcha fikrlarda mukammallik yetishmas 
edi. Bu vazifalar esa keyingi olimlar tomonidan hal etildi. 


150 

Download 2.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling