Iqtisodiy ta'limotlar


Download 2.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/152
Sana02.12.2023
Hajmi2.19 Mb.
#1780126
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   152
Bog'liq
Iqtisodiy ta\'limotlar

 
XULOSA 
XVIII asr oxiri - XIX asr boshlarida klassik iqtisodiy maktab to`la 
shakllandi, bu britaniyalik olim A.Smit tomonidan amalga oshirildi. Bu 
tasodifiy voqea bo`lmay, shu davrda Angliyada obyektiv shart-sharoitlar 
mavjud edi: burjua inqilobi manufakturadan fabrikaga o`tilishi, agrar 
islohot, kapitalning dastlabki jamg`arilishi, sinfiy va mulkiy differensiatsi-
ya va boshqalar. 


173 


174 


175 
Mantiqiy abstraksiya uslubi asosida iqtisodiy voqea va jarayonlarn-
ing mohiyati asosan to`g`ri talqin etib berildi. Yangi burjua jamiyati har 
tomonlama obyektiv asosda tahlil qilinib, uning progressiv tomonlari 
ko`rsatib berildi. Xususiy mulkning abadiyligi va dahlsizligi qo`llab-
quvvatlandi. 
Klassik maktab vakillari inson xohishiga bog`liq bo`lmagan obyek-
tiv iqtisodiy qonunlarning mavjudligini tan oladilar. Bu qonunlar iqtisodiy 
tizimda tabiiy turg`unlikni ta'minlashga, o`z-o`zini boshqarishga qodir 
ekanligi tan olinadi, shu sababli davlatning iqtisodiyotga aralashuvi iloji 
boricha inkor etiladi va erkin savdo-sotiq qo`llanadi. "Ko`rinmas qo`l" 
yordamida avtomatik iqtisodiyot erkin bozor munosabatlari doimo 
rivojlanish qobiliyatiga egadir. 
Birinchi bor erkin bozor iqtisodiyoti taraqqiyotining asosiy 
tamoyillari aniqlab berildi. Mehnat taqsimoti iqtisodiy taraqqiyot asosi si-
fatida to`g`ri ko`rib chiqilgan. 
Mehnat taqsimoti faqat tarmoqlararo emas, balki mamlakatlar 
o`rtasida ham katta naf keltirishi isbotlab berildi (D.Rikardo), mutlaq va 
nisbiy ustunlik prinsiplari ishlab chiqildi. Ishlab chiqarish sohasidan qat'iy 
nazar (sanoat, qishloq xo`jaligi, savdo va xizmat...), mehnat jamiyat boy-
ligining asosi ekanligi aniqlandi. Jamiyatning sinfiy tuzilishi asosan to`g`ri 
ko`rib chiqildi, ular o`rtasida keskin qarama-qarshilik yo`qligi ko`rsatilgan, 
bu jamiyatda iqtisodiyot avtomatik boshqarilgani tufayli iqtisodiy inqi-
rozlar inkor etildi. 
Iqtisodiyotning muhim kategoriyalari bo`lgan qiymat, pul, baho, 
foyda, ish haqi, renta, kapital va boshqalarga asosan to`la va to`g`ri ta'rif 
berilgan. 
Yangi jamiyatning progressiv tomonlari bilan birga bozor iqti-
sodiyotining bekamu ko`st emasligi, uning bir qancha jiddiy kamchiliklari 
borligi ham qayd etilgan. 
Quyida A.Smitning mamlakat milliy boyligini ko`paytirish omillari 
chizmasi keltirilgan. 

Download 2.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling