Iqtisodiy ta'limotlar


A.Sen-Simon, Sh.Furye va R.Ouen iqtisodiy qarashlari


Download 2.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/152
Sana02.12.2023
Hajmi2.19 Mb.
#1780126
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   152
Bog'liq
Iqtisodiy ta\'limotlar

12.2. A.Sen-Simon, Sh.Furye va R.Ouen iqtisodiy qarashlari 
Fransiyada burjua inqilobidan keyin kapitalizm yana tez rivojlandi. 
Jamiyat oldida doimiy ravishda ko`ndalang bo`lib qolgan yangi savollarga 
fransuz mutafakkiri Sen-Simon birinchi bo`lib javob berishga urindi.
Anri Klod de Rebrua Sen-Simon (1760-1825 
yy.) Fransiya xayoliy sotsializmining namoyandasi 
bo`lib, 1789-1794 yillardagi fransuz inqilobi bilan 
zamondosh edi. U aristokratlar oilasidan kelib 
chiqqan bo`lib, quyidagi mashhur asarlarning 
muallifidir: "Sanoat sistemasi haqida", "Inson 
haqidagi fan ocherklari", "Sanoat yoki siyosiy
ma'naviy va falsafiy mulohazalar", "Yangi xristian-
lik" va boshqalar. 
Sen-Simon maxsus iqtisodiy tadqiqotlarni 
amalga oshirmadi, balki asosiy e'tiborni ijtimoiy 
muammolarga qaratdi. U butun yaxshi jamiyat 
to`g`risidagi umidini aql-idrokka, ma'rifatga bog`ladi; u insonning aql-
idrokini tarixiy jarayonning to`la hokimi va rahbari sifatida bildi, jamiyatni 
yaxshi tarzda qayta qurish yo`llarini tashviqot qilishni esa o`z ta'limoti 
amalga oshirilishining bosh vositasi deb hisobladi. 
Fransuz ma'rifatparvarlaridan farq qilib, Sen-Simon ishlab 
chiqarishdagi inson faoliyati, mulkchilik formalari kabi iqtisodiy 
faktorlarga katta baho berdi. U "Ilk davr", "qulchilik", "O`rta asrlar", 
"Hozirgi davr" va "Oltin asr"larni alohida ajratib, ijtimoiy-iqtisodiy for-
matsiyalarni ko`rsatib o`tdi. "Hozirgi davr" (ya'ni XIX asrning ikkinchi 
yarmi) o`tish davri deb belgilanib, "...bu davrda, deb yozadi Sen-Simon
olimlar, tadbirkorlar va ishchilardan iborat sanoatchilar shakllanadi, ular 
qirol hukumati bilan birgalikda odil jamiyatni barpo etishlari kerak, bu esa 
o`z navbatida "Oltin asr"ga kirib kelishni ta'minlaydi." 
Sen-Simon o`zining tarixiy konsepsiyasidan kelib chiqib, hozirgi 
davrni o`rganib borish uchun o`tgan davrga nazar tashlash kerakligini 
aytib, "har bir alohida olingan davr mulohazasida juda yuzaki, hatto 
noto`g`ri xulosalarni beradi, so`nib borayotgan o`tmish qoldiqlari tug`ilib 
kelayotgan kelajak bilan qorishtirib yuboriladi", deb ko`rsatadi. 
Tarixiyligiga qaramay Sen-Simonning jamiyatning rivojlanish kon-
sepsiyasi idelistik edi, chunki uning asosini fan taraqqiyoti, ong va g`oyalar 
ravnaqi tashkil etardi. 

Download 2.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling