Iqtisodiy ta'limotlar
Download 2.19 Mb. Pdf ko'rish
|
Iqtisodiy ta\'limotlar
Maks Veber
274 tushuntirib berishi uchun tuzadigan muayan sxemasidir. M.Veberning XV- XVI asrlarda Yevropaning xo`jalik burilishiga deformatsiyaning ta'siri sohasidagi izlanishlari fanda juda katta iz qoldirdi. Bu izlanishlarning markazida "Protestant etikasi va kapitalizm ruhi" asari turadi. Ma'lum ma'noda Veber Zombart amalga oshira olmagan ishni, ya'ni fundamental tarixiy-iqticodiy asarini yaratdi. Bu kitob sayohatchining kelajak haqidagi yozuvlari emas, balki kosmosdan turib kuzatishi edi. XULOSA F.List va tarixiy maktab namoyandalari o`z asarlari va uslubiyatlari bilan Germaniyada iqtisod fanining rivojlanishiga katta hissa qo`shdilar. List asarlarining betakrorligi va ilmiy ahamiyati xo`jalik siyosiy muammolarini chuqur tahlil qilishda hamda kam rivojlangan mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanish qiyinchiliklarini oldindan ko`rsatib berishda o`z o`rnini topadi. F.Listning traktati to`rtta asosiy kitobdan iborat bo`lib, "Tarix", "Nazariya", "Sistemalar" va "Siyosat" deb nomlanadi. Birinchi kitobda u Yevropa xalqlarining iqtisodiy tarixini o`rganib, zarur xulosalar chiqaradi. Ikkinchi kitob olimning iqtisodiy qarashlarining nazariy asoslarini ko`rsatib beradi. Uchinchi kitobda List siyosiy iqtisodning bir nechta sistemalarini ko`rib chiqadi. Jumladan, merkantilistlar, fiziokratlar sistemalari bilan bir qatorda sanoat sistemasi mavjudligini ko`rsatib o`tadi. F.List xo`jalik rivojlanishini, ya'ni taraqqiyotining turli bosqichlarini ko`rsatar ekan, umumiy qonuniyatlarni e'tibordan chetda qoldiradi. Lekin u o`z qarashlarini tarixiy-geografik, milliy sharoitlardan kelib chiqqan va hamma uchun umumiy bo`lgan holatlarni tasdiqlovchi manbalarni aniq ko`rsatib o`tdi. Shuningdek, milliy sanoat, millatning sanoat tarbiyasi va ayniqsa tashqi savdo taraqqiyoti muammolari keng ilmiy tahlil qilindi. F.List tomonidan bir davrning o`zida turli mamlakatlar teng rivojlanishi mumkin emasligining ilmiy asoslanishi katta ahamiyatga ega bo`ldi. Tarixiy maktab olimlari iqtisodiy fan rivoji yo`lida ko`p ishlarni amalga oshirdilar. Ular o`z asarlarida tarixiy va statistika manbalarini keng qo`llagan bo`lsalar-da, ayrim hollarda yuzaki bayonchilikni ham uchratishimiz mumkindir. Lekin shuni aytish zarurki, B.Gil'debrandning "Hozirgi zamon va kelajakning siyosiy iqtisodi" va K.Knisning "Tarixiy usul nuqtayi nazaridan siyosiy iqtisod" nomli kitoblari nashr qilinishi 275 iqtisodiy ta'limotlar tarixida tarixiy maktab o`rnini mustahkam belgilab berdi. Ushbu maktabning "tarixiy" usuliga xos xususiyatlarni V.Rosher quyidagicha belgilaydi: 1. Xalqlar iqtisodiy masala deganda nimani tushunadi? Ular iqtisodiy sohada nimalarga erishganliklarini amalda ko`rsatish; 2. Faqat zamonaviy iqtisodiy munosabatlarni kuzatish bilan cheklanmaslik; 3. Barcha xalqlarga xos iqtisodiy xodisa va harakatlarni taqqoslab tanqid qilish. Bu sohada ayniqsa qadimgi xalqlarga e'tibor berish; 4. Iqtisodiy muassasalarni maqtamaslik va haqorat qilmaslik, chunki ulardan ayrimlarigina barcha xalqlar uchun foydali yoki zararlidir. Shunday qilib, tarixiy maktab vakillari tarixiy rivojlanish, evolutsiya va bosqichlar ketma-ketligini e'tirof etib, iqtisodiy qonunlarni e'tibordan chetda qoldirdilar. Tarixiy maktab faoliyati barcha kamchiliklardan qat'i nazar katta e'tiborga loyiq bo`ldi. Bu maktabning o`ziga xos usulini nemis iqtisodchilarining keyingi avlodi o`z ijodi bilan davom ettirdi. XIX asrning 70-yillarida iqtisodiy ta'limotlar tarixi fanida bir nechta nazariy maktablar vujudga keldiki, ular o`z maqsad, vazifalari va uslubiyatlari bilan o`zaro farq qilar edilar. Germaniyadagi yangi tarixiy maktab ham xuddi ana shunday ya'ni yangi yo`nalishni ilmiy asoslashga harakat qilgan va klassik nazariyotchilarni ayovsiz tanqid qilgan nazariy maktablardan biri edi. Ushbu maktab iqtisodchilari klassiklar fikricha qarshi iqtisodiy qonunlarning nisbiy ekanligi, tarixiylik nuqtayi nazaridan vaqtincha ekanligini hamda itimoiy va tabiiy faktorlargi mos ravihda shartli ekanligini ko`rsatib berdilar. Shuningdek klassiklarning "iqtisodiy inson" g`oyalari ham tanqid qilinib, undagi insonlarning xo`jalik faoliyati - xulqiga xos kechinmalari (ijtimoiy manfaat, oilaviy g`amxo`rlik, mehribonlik, burchni his etish, urf-odatlar va boshqalar) e'tibordan chetda qolmaganligini alohida ta'kidladilar. Va nihoyat, ular klassik maktabga xos bo`lgan abstraksiya va deduksiya uslublaridan keng foydalanish o`z navbatida ilmiy kuzatish va induksiya uslublaridan yetarli foydalanmaslikka asosiy sabab ekanligini ko`rsatib berdilar. haqiqatan ham, yangi tarixiy maktab olimlari qo`llagan va iqtisodiyot fanidagi yangicha tarixiy usullar ushbu maktab erishgan ijobiy yutug`larga asosiy sababchi edi. Chunki bir qancha marotaba nashrdan chiqqan fundamental tarixiy-iqtisodiy monografiyalar na faqat oddiy ilmiy ishlar sifatida, balki 276 bu izlanishlar natijasi, qator ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etishda o`z o`rnini topdi. Shu o`rinda taniqli iqtisodchi olim Ya.S.Yadgarovning yozishicha, tarixiy maktab xo`jalik hayoti evolutsiyasini ilmiy o`rgangan yangi tarixiy maktabning o`tmishdoshi bo`lgan bo`lsa, o`z navbatida bu maktab hozirgi zamon iqtisodiyot fanidagi institutsional yo`nalish ya'ni amerika ijtimoiy- institutsional maktablari shakllanishiga ijobiy ta'sir ko`rsatgan edi (Ядго- ров А.С история экономических учений. М., 1999,с.149). Download 2.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling