Iqtisodiy taraqqiyot modeli


Xo‘sh, «Aqlli tartibga solish» modelini oson tilda qanday tushuntirish mumkin?


Download 222.86 Kb.
bet4/7
Sana30.04.2023
Hajmi222.86 Kb.
#1412307
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Документ Microsoft Word (2)

Xo‘sh, «Aqlli tartibga solish» modelini oson tilda qanday tushuntirish mumkin?
Daniyel Sigankov, Oliy Iqtisodiyot maktabi (Rossiya) qoshidagi tartibga solish ta’sirini baholash markazi direktori «Aqlli tartibga solish» modelining bosqichlarini quyidagicha belgilaydi: Muammoning bayoni va tavsifi, baholash maqsadini belgilash, maqsadga erishishning mumkin bo‘lgan variantlari tavsifi, taqdim etilgan muqobillarni tahlil qilish, maslahatlashuvlar, xulosa va natijalar, tavsiya etilgan variantni taqdim etish,tanlangan muqobilni amalga oshirish, keyingi monitoring.
Bir qator mamlakatlarda tartibga solishni tahlil qilish tizimi (TST) qabul qilingandan keyin qo‘llanilsa, to‘liq hisoblanadi. 
Masalan tartibga solishni tahlil qilishga misol keltiramiz. Ya’ni dori vositalaridan bolalarning zaharlanish holatining ko‘payishi bilan bog‘liq hujjatning qabul qilinish mexanizmini ko‘rib chiqamiz.
Muammoning ta’rifi: tabletkalarni qabul qilgan bolalarda zaharlanish keltirib chiqaradi.
Qonunning maqsadi: 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘rtasida tabletkalarni qo‘llash natijasida zaharlanish holatlarini kamaytirishdir.
Muammo tartibga solish bilan hal qilindi: dori idishlarini juda oson ochish.
Yechim: qiyin ochiladigan flakon qopqoqlarini ishlab chiqish — bolalardan himoyalangan qopqoqlar, ya’ni ochilishi qiyin bo‘lgan qopqoqlar.
Endi, nima uchun xorijda avtoulov boshqarilayotganda telefondan foydalanish ta’qiqlansada, halokatlar kamaymadi, degan savolga javob izlasak. Bunda muammo to‘liq o‘rganilmagan, balki jamoatchilik nazorati bo‘lmagan — muhokamaga qo‘yilmagandir.
Balki yo‘llarning ahvoli e’tibordan chetda qolgandir.
Tezlik oshishi sabab bo‘lgandir. Bunga jarimalarning pastligi sababdir. Buni mutaxassislar o‘rganishmoqda. Har holda telefondan foydalanish avtohalokatlarning ko‘payishiga sabab bo‘lmagani o‘z isbotini topgan. Ya’ni bunda to‘liq tartibga solish tahlili amalga oshirilmagan. Bizda ham bu borada yechimini kutayotgan muammolar ko‘p. Shunchalik ko‘pki, ba’zi qonunlar, qonun osti hujjatlari, qaror va farmonlar iqtisodiyotga, biznesga, tadbirkorlikka va hatto inson hayotiga zarar keltirsada qabul qilingan. Shu boisdan chalkashliklar, tushunmovchiliklar, adolat qaror topmasligi ba’zi noroziliklarni keltirib chiqarmoqda. Demak bizga ham «Aqlli tartibga solish», ya’ni tartibga solish tahlili o‘ta muhim va shart.
B.Sultonova

Download 222.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling