Iqtisodiy taraqqiyot modeli
O‘zbekistonda ta’lim sifatini oshirishga nimalar to‘siq bo‘lmoqda?
Download 222.86 Kb.
|
Документ Microsoft Word (2)
O‘zbekistonda ta’lim sifatini oshirishga nimalar to‘siq bo‘lmoqda?Dunyoning yetakchi iqtisodchilaridan iborat ekspertlarni birlashtirgan Jahon iqtisodiy Forumi har yili dunyo iqtisodiyotidagi eng muhim tendensiyalarni tahlil qilib keladi. Bu tahlillar orqali yaqin va uzoq kelajakda jahon davlatlari iqtisodiyotida ro‘y berishi mumkin bo‘lgan prognozlar ishlab chiqiladi. Forum dunyodagi ta’lim masalalarini ham o‘rganadi. Xususan, undagi ekspertlarning o‘rganishlari bo‘yicha har yili dunyoning eng zo‘r universitetlari ro‘yxati e’lon qilinadi.Bunda dunyo davlatlarining oliy ta’limdagi muvaffaqiyati asosida tuzilgan xarita och yo to‘q sarg‘ish va qizg‘ish ranglar bilan belgilangan.Rang qanchalik to‘q bo‘lsa, o‘sha mamlakat universitetlari dunyoda oldi o‘rinlarda. Och qizg‘ish yo sarg‘ish ranglar esa oliy ta’lim darajasi o‘rtacha degani. BBC ma’lumotiga ko‘ra, oxirgi yillar tahlili bo‘yicha ham ushbu xaritada ikkita mintaqa rangsiz, ulkan oppoq dog‘ kabi ko‘zga tashlanadi. Bittasi - Qora Afrika, ikkinchisi esa - Markaziy Osiyo. Biz uchun qanchalik yoqimsiz bo‘lsa-da, bu oliy ta’lim muassasalari reytingi borasida xalqaro ekspertlar xulosasi. Xalqaro reytinglardagi natijalar bo‘yicha tahlillarni shu yerda to‘xtatamiz-da yana O‘zbekistonga qaytamiz. 2017 yil 20 aprelda prezident Shavkat Mirziyoyev qarori bilan O‘zbekistonda Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tuzilgan edi.O‘sha paytda yangi inspeksiyaga ta’lim sifatida tub burilish yasash, oliy ta’limni tamomlayotgan kadrlar sifatini oshirish kabi ko‘pgina vazifalar belgilandi. Oradan, 3 yilga yaqin vaqt o‘tdi. Xo‘sh, inspeksiya O‘zbekistonda ta’lim sifatini oshirish borasida qanday ishlarni amalga oshirdi? Oliy ta’lim muassasalariga ta’lim sifati borasida xalqaro reytinglarda yuqorilashi uchun nimalar to‘siq bo‘lmoqda? O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalari qaysi jihatlarga ko‘ra reyting qilinadi? Kun.uz muxbiri shu va boshqa savollarga javob olish maqsadida Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi raisi o‘rinbosari Asliddin Odilov bilan suhbatlashdi.
O‘zbekistonda Ta’lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi faoliyat boshlaganiga 3 bo‘ldi. Bu muddat esa har qanday yangi organ faoliyatiga nisbatan xulosalar chiqarishga yetarli muddat. Keling, ochig‘ini aytaylik, bu tashkilot hali ham haqiqatda ta’lim sifatini nazorat qiluvchi organga aylana olgani yo‘q. — Bizda qaysidir tizimni o‘zgartirishni istashsa, uni faqat shaklda qilishadi. Masalan, bir vazirlik tugatiladi, boshqasi tuziladi. Shaklni o‘zgartirish – qaror qabul qiluvchilar uchun eng oson yo‘l. Lekin biz mazmunni o‘zgartirishimiz kerak. Mana gap qayerda. Oliy ta’lim vazirliklari nega yo‘q? To‘g‘ri, AQSHda Ta’lim bo‘yicha davlat departamenti deyiladi. Janubiy Koreya va Yaponiyada Ta’lim vazirliklari bor. Shu bilan birga ularda ta’lim sifatini nazorat qiluvchi tashkilotlar ham bor.
Download 222.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling