Iqtisodiy taraqqiyot modeli


Download 222.86 Kb.
bet7/7
Sana30.04.2023
Hajmi222.86 Kb.
#1412307
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Документ Microsoft Word (2)

— 100dan ortiq.
— To‘g‘ri, lekin bu filiallar bilan hisoblaganda. Asosiy bosh universitetlarni sanasangiz ularni soni 70tadan oshmaydi. Xo‘sh, bu yerda biz qanday raqobat haqida gapirishimiz mumkin?

Viloyatlarga borsangiz nechta OTM bor, hammasi Toshkentda yig‘ilib qolgan-ku. Nega viloyatda ochilmaydi? Viloyatlar bo‘yicha reyting qilamiz desak, ma’no qayerda qoladi? Qashqadaryoga boring, Qarshi davlat universiteti va Qarshi davlat muhandislik instituti bor. Ularni bir-biri bilan qanday solishtiramiz, biri davlat universiteti, biri muhandislik yo‘nalishida-ku. Shuning uchun ham inspeksiya tinimsiz bong urib kelyapmiz, oliy ta’lim tizimida raqobat muhitini yarataylik, deb.

Nega viloyatlarda universitetlar ochilmasligi kerak, nega faqat Toshkentda ochilishi kerak? Nega xususiy sektor kirib kelishiga bunchalik tish-tirnog‘imiz bilan qarshi turamiz? Yo‘l beraylik axir ularga ham. Xorijiy OTMlar kelyapti, ularni ham viloyatlarga yo‘naltiraylik. Shunda raqobat tizimi shakllanadi.

Biz siz aytganday talabni hududlar bo‘yicha qo‘ysak, ikki- uchta OTMni nimasini baholaymiz? Siz aytgan tizim ham bizda bor edi, lekin bizdagi muhit, sharoitlar uni joriy qilishga yo‘l bermayapti.



Sohalar bo‘yicha reyting tizimini olib ko‘raylik. Bizda ta’limdagi ayrim tizimlar monopoliya. Ayrim yo‘nalishlarda o‘qitish faqat bitta OTMga vakolat bor. Nima boshqalari o‘qitolmaydimi? Masalan, yuridik sohani oling. Men bu tizimda qanday reyting chiqaraman? Nega tizimlarda monopoliya bor? Raqobatni xohlasak boshqalarga ham imkoniyat berishimiz kerak emasmi? Yuridik soha bo‘yicha boshqalar ham kadr chiqarsin va biz ularni reyting qilib baholaylik. Biz qancha sharoit qilsak ham monopoliya oyog‘imizdan tortyapti.

Monopoliya — eng yomon narsa. Bizda iqtisodiyotda monopoliya shakllanayapti. Unda monopoliyaga qarshi kurashilyapti. Oliy ta’lim tizimi esa mana shu o‘zgarishlardan orqada qolyapti. Hali ham markazlashgan boshqaruv. Raqobat muhitini yaratish desa hamma o‘zini olib qochadi. Biz oliy ta’lim tizimining mehnat bozori talablariga javob berishini xohlasak jamiyatdagi o‘zgarishlar bilan moslashishimiz kerak. Bu tizim esa jamiyatdan orqada.
Download 222.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling