Iqtisodiy tarix faniga kirish


 Yevropada kapitalistik ishlab chiqarish kurtaklarining


Download 1.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/41
Sana03.02.2023
Hajmi1.83 Mb.
#1151939
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   41
Bog'liq
1-Mavzu boyicha (1)

3.4. Yevropada kapitalistik ishlab chiqarish kurtaklarining 
vujudga kelishi 
IX asrning ikkinchi yarmida Buyuk Karl imperiyasi tarkibidan 
ajralib chiqqan Italiya bir nechta alohida, feodal yakka qismlarga 
bo‘linib ketdi. Shimoliy Italiyada bir necha boy shahar-respublika-
lar - Venetsiya, Genuya va Florensiya tashkil topdi. Xo‘jalik rivojla-
nishi jihatidan ular Italiyaning boshqa rayonlarini ancha orqada 
qoldirib ketishdi. Aslida ular sanoat ishlab chiqarishi va savdo-
sotiqning dunyo markazlari edilar. 
◄ Venetsiya 
o‘sha davr me’yorlari bo‘yicha juda katta shahar bo‘lib, 200 
ming aholisi bor edi. Venetsiya movutlari va shoyi matolari, shisha, 
qurollar, qahrabodan tayyorlangan buyumlari butun Yevropaga 
tarqalar, sharq mamlakatlarida katta talabga ega edi. 
◄ Genuya 
Venetsiyaning doimiy raqobatchisi Genuya edi. Ular orasida 
O‘rta Yer dengizi basseynida savdo-sotiq bo‘yicha birinchilik uc-
hun to‘xtovsiz kurash borardi. Genuyaliklar Qora dengizning shi-
moliy qirg‘oqlarida bir qator faktoriyalar tashkil qildilar. Ulardan 
eng ahamiyatlilari Kafa va Soldayya edi. XIV asrning ikkinchi yar-
mida (1380 y.) Venetsiya floti Genuya flotini kuchli mag‘lubiyatga 
uchratdi va shundan keyin O‘rta yer dengizi hududida birinchilik 
uzil-kesil Venetsiya tomoniga o‘tdi. 
◄ Florensiya 
Dengizdan ancha uzoqda joylashgan Florensiyada sanoat, 
ayniqsa movut va shoyi ishlab chiqarish katta ahamiyatga ega 
bo‘ldi. Bank ishlari ham gullab-yashnadi. Florensiya savdogar-
lari va sanoatchilari o‘z kapitallarini Rim papasi, qirollar va feodal 
zodagonlarga qarzga berar edilar. 
Florensiya boyligining ortishi bilan shahar aholisining mulkiy 
va ijtimoiy tabaqalanishi kuchaya bordi. Shahar xokimiyati “katta 
sexlar” deb atalmish korporatsiyalar qo‘lida bo‘lib, ularga boy 
savdogarlar, sanoatchilar, bankirlar, vrachlar va yuristlar kirar edi. 
Qolgan sexlar “kichik sexlar” deb atalardi. 
XVI asr va XVII asrning so‘nggi uchdan biri jahon xo‘jaligida 
feodal munosabatlarning emirilishi va feodal jamiyat asosida 
kapitalistik ishlab chiqarishning paydo bo‘lish davri hisoblanadi. 
48


3-MAVZU. O‘RTA ASRLARDA YEVROPANING IQTISODIY RIVOJLANISHI 
Bu jarayonning boshlanishiga G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida 
XVI asrda yuz bergan moddiy ishlab chiqarish sohasidagi, ishlab 
chiqarish kuchlarining ahvoli va xususiyatlaridagi o‘zgarishlar, 
ichki va tashqi bozorning kengayishi sabab bo‘ldi. 
XVI asr boshiga kelib sanoat ishlab chiqarishining barcha so-
halarida ish qurollari va ishlab chiqarish texnologiyalari ancha 
takomillashgan edi. Takomillashgan sohalar qazib olish va qayta 
ishlash sohalari edi. Shaxtalarda o‘z davri uchun ancha murakkab 
qurilmalar paydo bo‘ldi. Bunday mexanizmlar chuqurroq shaxta-
lar qurish va avvallari yetib bo‘lmagan qatlamlardan ruda olish 
imkoniyatini berdi. 
Metallurgiya sanoatida kichik o‘choqlar o‘rniga domna 
o‘choqlar qurildi va cho‘yandan temir va po‘lat olish usuli topildi. 
Bu usulning asosiy qirralari hozirgi kungacha saqlanib qolgan. 
O‘sha davrda eng keng tarqalgan sanoat sohasi hisoblangan 
to‘qimachilik sohasida ham texnika va texnologiyaning rivojlani-
shi kuzatildi. Movutsozlik texnikasi ancha o‘zgardi. Shoyi va pax-
tadan ip-gazlama ishlab chiqarish rivoj topdi. 
Texnika rivojlanishi faqat sanoatda yuz berib qolmadi. Harakat-
lanish vositalarida, ayniqsa dengiz transportida katta o‘zgarishlar 
yuz berdi. XVI asrda o‘q otar qurollar harbiy sohada haqiqiy inqi-
lobga olib keldi. 
Qishloq xo‘jaligida ham sanoatdagiday tez bo‘lmasa ham tex-
nika va texnologiya yuksalishi kuzatildi: 
● Botqoqliklarni quritish va o‘rmonlarni qo‘porib tashlash 
natijasida haydaladigan yerlar ancha kengaydi. 
● XVI asrda dehqonchilikning ko‘proq takomillashgan tizimlari 
- ko‘p dalalik almashlab ekish va o‘t o‘stirishga o‘tish boshlandi. 
● O‘g‘itlardan foydalanish kengaydi, qishloq xo‘jalik asbob-
uskunalari soni ko‘paydi. 
● Metallurgiya yutuqlari metalldan ishlangan qurollarning 
ko‘payishi va ularning sifati oshishiga olib keldi. 
Sanoat va qishloq xo‘jaligining mahsuldorligi oshishi bilan 
birga: 
● ichki bozor kengaydi, 
● tashqi bozorga mahsulot yetkazib berish tez o‘sa boshladi, 
● savdogar asosiy shaxsga aylana bordi, 
● pul munosabatlari murakkablashdi, 
49



● savdo shartnomalari va bitimlarining yangi ko‘rinishlari ildiz 
ota boshladi, 
● birja mahsulot va qimmatbaho qog‘ozlar ayirboshlash joyi-
ga aylandi, 
● qarz berish va bank ishi rivojlandi. 

Download 1.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling