Iqtisodiy tebranishlar. Mehant bozori va ishsizlik. Inflyasiya nazariyasi. Ishsizlik va inflyasiya 1 Iqtisodiy davrning mohiyati uning bosqichlari va ularning tavsifi


Download 27.5 Kb.
bet5/5
Sana19.06.2023
Hajmi27.5 Kb.
#1604276
1   2   3   4   5
Bog'liq
семинар 9 (1)

Testlar:
1. Iqtisodiyotning davriyligiga sabab bo’lgan ichki omillarga quyidagilardan qaysi birini kiritish mumkin?
a) asosiy kapitalning jismoniy yemirilishi;
b) ishlab chiqarish vositalariga xususiy egalik qilish;
d) urushlar, stixiyali holatlar;
e) markaziy rejalashtirishning mavjud emasligi.
2. Elektr energiyasi bahosining oshishi natijasida:
a) talab inflyatsiyasi;
b) taklif inflyatsiyasi;
d) balanslashmagan inflyatsiya;
e) mo’tadil inflyatsiya vujudga keladi.
3. Ta’lim olayotgan talaba:
a) bandlilar kategoriyasiga kiradi;
b) to’liq band bo’lmaganlar guruhiga kiradi;
d) ishsizlarga kiradi;
e) ish kuchi tarkibiga kiritilmaydi.
4. Iqtisodiy o’sish davrida quyidagilardan qaysi biri antitsiklik tartibga solishda qo’llaniladi?
a) soliq stavkasi kamaytiriladi;
b) hisob stavkasi pasaytiriladi;
d) hisob stavkasi oshiriladi;
e) davlat xarajatlari oshiriladi.
5. Inflyatsiya aholining ma’lum bir qatlamlariga nafli bo’lishi mumkin. Ular kimlar?
a) ko’p miqdorda qarzi bo’lgan fermer;
b) nafaqaxo’r;
d) o’qituvchi;
e) metropoliten ishchisi.
6. O’tgan yili baholar indeksi 120, joriy yilda 132% bo’lgan. Joriy yildagi inflyatsiya darajasini aniqlang:
a) 5%; b) 10%;
d) 12%; e) 32%.
7. Inflyatsiyaning ijtimoiy oqibatlari nimada ifodalanadi?
a) jamg’arishga bo’lgan ishtiyoq so’nadi;
b) milliy daromad qayta taqsimlanadi, ya’ni nominal ish haqining o’sish sur’ati baholarning o’sish darajasidan orqada qola boshlaydi;
d) mehnatkashlarning jamg’armalari qadrsizlanadi;
e) soliq tushumlarining kelib tushishi ta’minlanadi.
8 Joriy yilda ishsizlik darajasi to’la bandlilik sharoitida 5%ni tashkil etdi. (haqiqiy ishsizlik darajasi 9%) RYaMM= 500mlrd.doll. Ishsizlik natijasida YaMMning qancha qismi qoladi?
a) 5%(25mlrd.doll.) b) 4%(20mlrd.doll.)
d) 10%(50mlrd.doll.) e) 15%(30mlrd.doll.)
9. Joriy yilda real YaMM miqdori 55mlrd.doll.ni tashkil etgan. O’tgan yili bu ko’rsatkich 50 mlrd.doll. bo’lga. Iqtisodiy o’sish sur’atlarini aniqlang:
a) 5% b) 10% d) 110% e) 5 mlrd.doll.
10. To’liq bandlilik – qanday ma’noda tushuniladi?
a) ishsizlikning mutlaq mavjud bo’lmasligi;
b) friksion ishsizlikning mavjud bo’lishi;
d) tarkibiy ishsizlikning mavjud bo’lishi;
e) ishsizlikning tabiiy darajasining mavjud bo’lishi.
11. Ish kuchi 6,7 mln. kishini, ishsizlar 0,5 mln. kishini tashkil qilsa, ishsizlik darajasi necha foizni tashkil qiladi?
a) 7,2%
b) 6,5%
d) 7,5%
e) 8,0%



T

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

J

a

b

e

d

a

b

b

b

d

e

d

Download 27.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling