Iqtisodiy tebranishlar. Mehant bozori va ishsizlik. Inflyasiya nazariyasi. Ishsizlik va inflyasiya 1 Iqtisodiy davrning mohiyati uning bosqichlari va ularning tavsifi


Download 27.5 Kb.
bet4/5
Sana19.06.2023
Hajmi27.5 Kb.
#1604276
1   2   3   4   5
Bog'liq
семинар 9 (1)

Topshiriqlar:
1.Quyidagilarning to’g’ri yoki noto’g’ri ekanligini aniqlang:
- ishlab chiqarishning «Buyuk turg’unlik» kabi holda bo’lishi qonuniyat emas;
- xarbiylashtirish yuqori darajadagi iqtisodiiy o’sishga olib keladi;
- yashirin inflyatsiyaning sababi – davlatning baholarini tartibga solish va kamomad bo’lishi mumkin;
- iqtisodiy o’sish jarayonida tabiiy resurslarning cheklanganligi yanada oshadi;
- YaMMning kishi boshiga taqsimlanishini o’sishi – aholi turmush darajasining o’sishining asosiy ko’rsatkichi;
- talab inflyatsiyasi – mahsulot bahosining ishlab chiqaruvchilar tomonidan oshirilishi natijasida vujudga kelgan inflyatsiya hisoblanadi;
- yuksalish fazasida iqtisodiyotda baholar darajasi pasayadi, ishsizlik darajasi oshadi;
- friksion ishsizlik bo’lishi jamiyatning maqsadiga muvofiq bo’ladi;
- inflyatsiya aholi turmush darajasining pasayishiga sabab bo’ladi;
- jonlanish fazasida ishsizlik va baholar darajasi eng yuqori darajada bo’ladi;
- ishsizlik darajasida band bo’lganlarning umumiy sonini ishsizlar soniga bo’lgan nisbati bilan o’lchanadi;
- taklif inflyatsiyasi ish haqining oshishi natijasida vujudga keladi.
2. Quyidagi jarayonlar ishlab chiqarish fazalarining qaysi biriga ta’luqli. (1 jonlanish, S ishlab chiqarish hajmining qisqarishi)
- foiz stavkasining ko’tarilishi;
- foydaning pasayishi;
- soliq tushumlarining o’sishi;
- mehnatga bo’lgan talabning o’sishi;
- aksiya kursining pasayishi;
- baholarni ko’tarilishi;
- xususiy sektorda investitsiyalar miqdorining o’sishi;
- soliq tushumlarining pasayishi;
- uzoq muddatli foydalaniladigan tovarlar ishlab chiqarishni ko’payishi;
- ishsizlik uchun to’lanadigan nafaqalar miqdorining ko’payishi;
- mehnatga bo’lgan talabning pasayishi;
- foiz stavkasi darajasining pasayishi.
3. Quyidagi ma’lumotlar mavjud: Band bo’lganlar soni 100 mln. kishi. Ishsizlar soni 10 mln.kishi.
a) ishsizlik darajasini hisoblang;
b) bir oydan so’ng ish bilan band bo’lgan 100 mln. kishidan:
1 mln.kishi ishdan bo’shatildi;
0,5 mln.kishi chet elga ketdi.
1) Band bo’lganlar soni qancha bo’ladi?
2) Ishsizlar soni, ishsizlik darajasini aniqlang.
4. Quyidagilarning qaysi guruhga kirishini aniqlang band bo’lganlar, ishsizlar, band bo’lmaganlar)
- o’z hoxishi bilan ishdan bo’shagan ishchi;
- shtat qisqarishi natijasida ishdan bo’shagan ishchi;
- kunduzgi o’qishda o’qiydigan talaba;
- sirtqi o’qishda o’qiydigan talaba;
- uy va oila ishlari bilan band bo’lgan uy bekasi;
- qisman kutubxonada ishlaydigan uy bekasi;
- uzoq muddat ish qidirishdan charchagan va ish qidirmay qo’ygan ishchi;
- kollej talabasi;
- tijorat magazini sotuvchisi;
- dividend hisobiga kun ko’radigan shaxs;
- to’liqsiz ish kuniga o’tkazilgan ishchi;
- sog’lig’i yomonligi sababli ishlay olmagan o’qituvchi.
5. Nominal YaMM 4060 mlrd. so’mga teng. Ishsizlikning tabiiy darajasi 5%, haqiqiy darajasi 10%.Mamlakatda qancha mahsulot ishlab chiqarilmay qolgan.
6. Akselerator 2 ga teng. Akselerator formulasidan foydalangan holda, milliy daromad hajmini qancha bo’lganini belgilangan yillar uchun aniqlang.

14-jadval



T

2008

2009

2010

2011

2012

2013

2014

V

100



















I

0

120

-60

-30

30

21

150

Jadvalda yuqoridagi yillar uchun baho indeksi belgilangan:


15-jadval

yillar

Baholar indeksi

Inflyatsiya darajasi

1

100




2

120




3

146




4

150




a) Har bir yil uchun inflyatsiya darajasini aniqlang;


b) 70 qoidaga asoslangan holda baholarning 2 marta oshishi uchun necha yil kerak bo’lishini hisoblang.
7. Quyidagilarga kutilmayotgan inflyatsiya qanday ta’sir etishini aniqlang: maktab o’qituvchisiga; xizmatchiga; foizsiz qarz olgan kishiga; talabaga; bankda jamg’armaga ega bo’lganga?
8. Agarda 1 oydan so’ng inflyatsiya darajasi 2%ga, bir haftadan so’ng 2%ga oshsa, bugunchi bir so’mning qadri qanday bo’ladi?
9. A davlatda Filips eguruhi chizig’i o’ngga va yuqoriga suriladi. Bu surilish nimani anglatadi?
a) deputat ishsizlik ko’paygan deb hisoblaydi.
b) ikkinchi deputat eguruhi chiziq baholarning oshishi natijasida surilgan deb hisoblaydi.
d)vazir eguruhi chiziq surilishiga qaramasdan davlat ishsizlik va inflyatsiya darajasini pasaytirishga erishadi deb hisoblaydi.
10.Quyida keltirilgan kasb egalarining har biriga inflyatsiyaning 10 foizga oshishi qanday ta’sir ko’rsatadi:
-supermarket xizmatchisiga;
- qarzi bor fermerga;
- kichik shaharchadagi xususiy do’kon egasiga;
- nafaqadagi temir yo’l ishchisiga.
11. Quyida keltirilganlardan qaysi biri iflyatsiya natijasida yutadi:
- faqat nafaqa hisobiga yashovchilar;
- foizsiz ssuda olgan xizmatchi;
- jamg’arma bankida jamg’armasi bo’lgan student;
- obligatsiya egasi.
12. Quyidagi jumlalarda tushirib qoldirilgan so’zlarni o’rniga qo’yib, to’g’ri javob topganingizni tekshirib ko’ring:
a) iqtisodiy o’sishning sikli bo’lishiga asosiy sabab …..
b) Iqtisodiy sikllar ikki turga bo’linadi:
1) ……….2)………..
13. Quyidagi savolga keltirilgan javoblardan to’g’risini tanlang:
Ishsizlikning sababi nima? – mehnat unumdorligini ortishi; iqtisodiy tanglik; tovarlarni o’tmay qolishi; ishlab chiqarishdagi tarkibiy o’zgarishlar; ish joyini almashtirish; noto’g’ri javob yo’q.
14. Ouken qonuniga binoan ishsizlik darajasining 1 foizga oshishi YaMMning:
a) 0,5 foizga kamayishiga; b) 1,0 foizga kamayishiga; d) 1,5 foizga kamayishiga; e) 2,5 foizga kamayishiga; f) 3 foizga kamayishiga olib keladi.
15. Ishsizlik darajasi qanday aniqlanadi?
a) ID = (MSxIFA)x100; b) ID = (IFAxIS)x100;
d)ID = (IS/IFA)x100; e) ID = (IFA/IS)x 100;
f) ID = (IFA-IS)x100.

Download 27.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling