Iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning fanining tadqiqot usullari referat


Download 22.71 Kb.
bet3/7
Sana25.09.2023
Hajmi22.71 Kb.
#1687548
1   2   3   4   5   6   7
Kartografikusul orqali o’rganilayotgan hodisa va voqeliklar umumlashtirilib, kartaga tushiriladi. Bu esa geografiya fanining o’ziga xos mezoni ham hisoblanadi.
Chunki, hudud obyekt sifatida ko’rilmasa va uni karta yoki karta-sxemalarda aks ettirish imkoni bo’lmasa, u holda bunday tadqiqotning o’zi ham geografiyaga tegishli emas. Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya doirasida kartalar, asosan, ijtimoiyiqtisodiy mazmunga ega: sanoat, qishloq xo’jaligi tarmoqlari, transport, aholi, uning milliy va hududiy tarkibi, shaharlar va qishloqlar to’ri va tizimi kabi kartalar va hokazo.
Geografik taqqoslash usuli – bu usul taqqoslanayotgan obyektlar uchun umumiy va o’ziga xos tomonini ochib beradi. Ammo taqqoslash usulida, eng avvalo, ikki jihatga e’tibor qaratish lozim. Birinchidan, taqqoslanayotgan obyektlarning katta-kichikligi, o’z ko’lami jihatidan bir-biriga ma’lum darajada teng bo’lishi shart. Masalan, Toshkent bilan Chust shahrini yoki Ukraina respublikasining xo’jaligi bilan Farg’ona vodiysi xo’jaligini taqqoslash ilmiy nuqtai nazardan natija bermaydi. Ikkinchidan, taqqoslashda sinxron prinsipdan yoki ayni paytda, ikkala taqqoslanayotgan obyekt ko’rilsa, bu usul unumli va sermazmun bo’ladi.
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya fani tadqiqotlarida tarixiy usul keng qo’llaniladi. Mazkur usul ayni vaqtda barcha ijtimoiy-gumanitar fanlar tizimida va tabiiy fanlar tizimida ham muhim tadqiqot usuli hisoblanadi. ―Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya‖ fanida tarixiy usul orqali ishlab chiqarish kuchlarining turli tarixiy bosqichlarda rivojlanishi, iqtisodiy aloqalar, xalqaro mehnat taqsimotining rivojlanishi va shakllanishi, xo’jalik va aholining hududlar bo’yicha joylashishi, tabiiy resurslarning o’zlashtirilishi, hududlarning aholi tomonidan o’zlashtirilish holati, iqtisodiyot tarmoqlarining rivojlanishi va joylashish xususiyatlari o’rganiladi. Shuningdek, tarixiy usuldan ishlab chiqarish kuchlarining yaqin va olis istiqboldagi rivojlanish yo’nalishlarini belgilashda ham foydalaniladi.

Download 22.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling