Iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning fanining tadqiqot usullari referat


Download 22.71 Kb.
bet5/7
Sana25.09.2023
Hajmi22.71 Kb.
#1687548
1   2   3   4   5   6   7
Tizim-tarkib usuli, aslini olganda, falsafiy qarashlarning mahsuli bo’lib, u o’rganilayotgan hodisa yoki borliqning o’zinigina emas, balki uni boshqa undan kattaroq doirada, birgalikda va o’zaro aloqadorlikda tahlil qilishni talab qiladi. Masalan, ma’lum viloyat xo’jaligini yaxlit tizim sifatida o’rganishda, ayni paytda, bu viloyat Respublika, yirik iqtisodiy rayon va O’zbekistonning yagona xalq xo’jalik kompleksining uzviy bir qismi, bo’lagi ekanligini unutmaslik lozim. Tizim-tarkib usulida yana bir nazariy tushuncha mavjud. I.M.Maergoyzning fikricha, iqtisodiy va sotsial geografiya xalq xo’jaligining hududiy tarkibini o’rganishi lozim. Bu tarkib 4 xil bo’ladi: moddiy ishlab chiqarish, aholi va aholi punktlarining hududiy joylanishi, ularning o’zaro munosabati, tabiiy sharoit va boylik hamda ishlab chiqarish infrastrukturasi. O’z navbatida, bu bo’laklar o’zining hududiy tarkibiga ega. Jumladan, moddiy ishlab chiqarish hududiy tarkibi bu hududiy ishlab chiqarish majmuasi, tabiiy sharoit va boyliklar tarkibida esa tabiiy hududiy kompleks (landshaft). Xuddi shunday infrastrukturada hududiy infrastruktura kompleksi, aholi geografiyasida aholi joylashuvining hududiy tizimini ko’rish mumkin.
Sotsiologik so’rov usuli tadqiqotlarda keng qo’llaniladigan usullardan bo’lib, aniq sharoitda hududlar, tarmoqlar bo’yicha keng ma’lumotlar olish imkonini beradi. Bu usul, ayniqsa, hududlardagi mavjud ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik muammolar majmuasini aniqlashda, ishlab chiqarishni tashkil qilishning turli shakllarida yuzaga kelgan muammolarni o’rganishda, qolaversa, aholi va mehnat resurslari bilan bog’liq jarayonlarni tadqiq qilishda zarur bo’lgan muhim ma’lumotlar yig’ish imkonini beradi.
Aerokosmik tadqiqotlar usuli samarali tadqiqot usullaridan biri bo’lib, Iqtisodiy va ijtimoiy geografiyada kenglik bo’yicha, ya’ni katta hududlarda (kichik masshtabli) tabiat, xo’jalik, aholi, atrof-muhit majmuasini tadqiq qilishda keng foydalanilmoqda. Ayni vaqtda, aniq hududlarda ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi, hududiy tashkil qilish, xo’jalik va aholi joylashuvi, shaharlar, aglomeratsiya va iqtisodiy rayonlar chegaralari, atrof-muhit holati to’g’risida aniq va yangi ma’lumotlar olish imkonini beradi. Bu usul orqali kerakli hududni tanlab olib o’rganish va natijalarni boshqa hududlarga tatbiq qilish ham mumkin.
So’nggi yillarda geografiya fanining notabiiy tarmoqlari ilmiy tadqiqotlarida Klasterliyondashuvdan keng foydalanilmoqda. Klaster modelini joriy etishning tarafdori M.Porterning fikricha, klasterlar geografik jihatdan o’zaro bog’langan kompaniyalar, firmalar, tashkilotlar (korxonalar, agentliklar, markazlar, universitetlar va hokazolar)ning mujassamlashuvidir.
Klasterlar, aslida, ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish haqidagi nazariy qarashlar va amaliyotning evolutsiyasi natijasidir. Xususan, XIX asr va XX asr birinchi yarmida ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish shtandortlari, rayon kombinatlari, energiya ishlab chiqarish sikllari kabi nazariy qarashlar ostida sanoat o’sishi qutblari, sanoat rayonlari, hududiy ishlab chiqarish majmualari tashkil etildi. O’tgan asrning 70-yillaridan esa jahonda ishlab chiqarish aloqalarida o’zaro bog’langan turli bo’g’inlarning yuqori kooperatsiyasi va mujassamlashuvini o’zida qamrab olgan klasterlar joriy etila boshlandi. Rivojlangan mamlakatlarda hozirgi kunda iqtisodiyotning turli sohalarida minglab klasterlar faoliyat yuritmoqda.
Professor A.Soliyev ta’biri bilan aytganda, qo’yilgan maqsad va vazifalarni yechish ushbu masalani moliyaviy, ashyoviy, tashkiliy va boshqa tomondan uyushtirilishini taqozo etadi. Bu tadbirlar majmui esa dasturni tashkil qiladi. Shu bois, mazkur usul maqsadga dasturli yondashuv deb nomlanadi. Uni, ayni vaqtda, hozirgi zamon tili bilan aytganda, klaster usuli deb ham belgilash mumkin.
Shuningdek, ―Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya‖ fanida olib boilayotgan tadqiqotlarda SWOT-tahlil, guruhlashtirish, ekspert baholash, prognoz qilish, faktlar tahlili, balans va boshqa usullardan ham foydalaniladi.

Download 22.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling