Iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning fanining tadqiqot usullari referat
Download 22.71 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hududiy takror ishlab chiqarish yondashuvi
- Megaiqtisodiyot
Geosiyosiy yondashuv – hududiy jihatdan yaqin va chegaradosh mamlakatlarning iqtisodiy integratsiya asosida umumiy bozor (bojxona, valyuta ittifoqlari va boshq.) tuzish uchun intilishi bilan xarakterlanadi (Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi, MDH doirasida Yevrosiyo iqtisodiy hamkorligi va boshqalar).
Hududiy takror ishlab chiqarish yondashuvi – mustaqil davlatlarning hududiy umumiyligini ifodalaydi. Mintaqaning hududiy ishlab chiqarishi ikki xil talqin qilinadi. Birinchi talqin sof iqtisodiy-geografik yondashuv bo’lib, buning asosi hududiy mehnat taqsimotidan (tarmoq mehnat taqsimoti bilan) iborat bo’lib, iqtisodiy rayonlar deb ham yuritiladi. Ikkinchi talqin takror ishlab chiqarish nuqtai nazaridan, hudud uchun birbirini to’ldiruvchi ishlab chiqarish-taqsimlash-ayrboshlash-iste’moldan iborat bosqichlarni o’z tarkibiga olgan yagona jarayondir. Bu holatda, bozor bog’lovchi vazifasini bajaradi va bir mintaqa doirasida (ishlab chiqarish va iste’mol), shuningdek, ishlab chiqarish bir mintaqada, iste’molchi esa ikkinchi mintaqada bo’lishi ham mumkin. Megaiqtisodiyot – makromintaqa uchun umumiy bo’lgan tabiiy sharoit va resurslar, mamalakatlarning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti, ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanganlik darajasi, aholi hayotining sifat ko’rsatkichlari (turmush darajasi, aholi daromadlari, intellektual salohiyat), ijtimoiy taraqqiyot va gumanitar rivojlanganlik umumbashariy muammolarni o’z tarkibiga olgan yaxlit hududga xos yondashuvlarni ifoda etadi. Yirik suveren davlat milliy-ma’muriy tuzilmalari (umumiy tabiiy, ijtimoiyiqtisodiy, diniy-etnik va boshqa yaxlitlik xos hududlar), ya’ni avtonom respublika, viloyat va okrug, shuningdek, alohida olingan joy, shahar, tumanlarga ham ―mintaqa‖ tushunchasini qo’llash va mikrotahlilni amalga oshirish mumkin. Bugungi g’oyat murakkab va ko’p qutbli dunyo xo’jaligining rivojlanishida ―qutbli mintaqa‖ tushunchasi nafaqat yaxlit tabiiy-geografik hududlarga, balki ijtimoiy-iqtisodiy hamjamiyatlarga nisbatan ham qo’llanilmoqda. Chunki turli bosqichdagi mintaqalar, o’z navbatida, mintaqalar tizimining quyi bosqichi yoki elementi hisoblanadi. Demak, keng ko’lamda mintaqa deganda, umumiy tabiiy-geografik, tarixiy, milliy-madaniy birlik va diniy-etnik yaqinlik, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish (xo’jalik ixtisoslashuvi va iqtisodiy rivojlanish, demografik vaziyat, aholi turmush darajasi va b.) darajasi, turli bosqichda takomillashmagan boshqaruv tizimi hamda ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik muammolarni yechishdagi ma’muriy-hududiy organlar faoliyatining mushtarakligini taqozo qiluvchi yaxlit hududiy birlikni tushunish maqsadga muvofiq. Dunyoning yirik makromintaqalarga bo’linishi – megaiqtisodiyot shu makromintaqa uchun umumiy bo’lgan – tabiiy sharoit va resurslar, mamlakatlarning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti, ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanish darajasi, aholi hayotining sifat ko’rsatkichlari (turmush darajasi, aholi daromadlari, intellektual salohiyat), ijtimoiy taraqqiyot va gumanitar rivojlanish, mintaqaviy va umumbashariy muammolar va boshqa ko’rsatkichlar majmuasini o’zida mujassamlashtiradi. Bugungi kunda ilmiy adabiyotlarda va amaliyotda dunyodagi mamlakatlarni turli tamoyillar asosidagi tipologik belgilarga bo’lib o’rganish nafaqat ilmiy, balki muhim amaliy yo’nalishga ham ega bo’lib, mavjud mamlakatlar joylashgan yirik mintaqalarning uzoq muddatli rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish, murakkab tabiiy-geografik va ijtimoiy-iqtisodiy, harbiy-siyosiy va ekologik muammolar yechimlarini aniqlash imkonini beradi. Hozirgi davrda, ―Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya‖ fanining asosiy obyekti, hududiy ishlab chiqarish va ijtimoiy tizimlar bo’lib, ularning hududiy joylashishi, shakllanishi, rivojlanish qonuniyatlari va xususiyatlari fanning predmetini tashkil etadi. Tabiat va jamiyat o’rtasidagi aloqadorlik va ijtimoiy-iqtisodiy tizimlarni hududiy tadqiq qilish g’oyat murakkab jarayon hisoblanadi. Ushbu masalalarni o’rganishda Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya, asosan, quyidagi usullarga tayanadi: kartografiya usuli; geografik taqqoslash usuli; tarixiy usul; rayonlashtirish usuli; statistik tahlil usuli; iqtisodiy-matematik modellashtirish usuli; tizim-tarkib usuli; sotsiologik so’rov usuli; aerokosmik tadqiqotlar usuli; klaster va boshqalar. Download 22.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling