Iqtisodiy xafsizlik” ta’lim yo‘nalishi 3-kurs ix-51-2 guruhi talabasi ravshanov rustamning
Download 105.49 Kb.
|
IX 51-2 Ravshanov Rustam MENEJMENT mustaqil ish (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Pasayayotgan talab.
1.Mavjud bo‘lmagan talab. Iste’molchilar tovar bilan qiziqmasliklari va e’tibor bermasliklari mumkin. Bu holda marketingning vazifasi - xaridorlarda ushbu tovarga nisbatan qiziqish uyg‘otishdir.
2.Yashirin talab. Ko‘pgina iste’molchilar bozorda mavjud bo'lgan tovarlar va xizmatlar bilan qondirilishi mumkin bo‘lmagan talabga ega boiadilar. Bu holda marketingning vazifasi - potensial bozor hajmini aniqlash va talabni qondirishga qodir bo‘lgan samarali tovarlar yaratishdan iborat. 3. Pasayayotgan talab. Ertami-kechmi, har qanday korxonaning bir yoki bir necha tovariga boigan talabning pasayishiga duch keladi. Bu sharoitda konyunkturaning pasayish sabablarini tahlil qilish lozim va yangi maqsadli bozorlar topish yo‘li bilan, tovar xususiyatlarini o‘zgartirish yoki yanada samarali aloqalar (kommunikatsiya) o'matish bilan tovar yetkazib berishni rag‘batlantirish mumkinligi aniqlanadi. Bu yerda marketingning vazifasi - pasayib borayotgan talabning oldini olish uchun, tovami taklif qilishga ijodiy yondashish lozimligini unutmaslikdir.Marketing konsepsiyasi tadbirkorlik faoliyati rivojlanishining har xil bosqichlarida uning yo‘nalishini belgilaydigan qarashlar tizimidan iboratdir. Shu bilan birga, marketing konsepsiyasi deganda, korxona yoki tashkilotning iste’molchilarga mo jallangan, integratsiyalangan maqsadli yo‘nalishi tushuniladi. Marketing konsepsiyasi rejalashtirilayotgan va amalga oshirilayotgan korxona yoki tashkilot faoliyatining strategik tahlili asosida ishlab chiqiladi. Marketing konsepsiyasini ishlab chiqish, odatda, quyidagi bosqichlami qamrab oladi: • ichki va tashqi muhit strategik tahlilini amalga oshirish; • marketing faoliyati va korxonaning maqsadlarini aniqlash; • marketing strategiyasini aniqlash; • rejalashtirilayotgan natijalarga erishish maqsadida marketing faoliyati elementlarini tanlash. Marketing evolutsiyasining birinchi yirik bosqichini XX asming boshidan 30-yillaming o ‘rtasigacha deb hisoblash qabul qilingan. Bunda marketing tashkilotlar, korxonalar va shaxslar o ‘rtasidagi tovar va xizmatlar harakatining nazariyasi yoki mahsulotni sotish bo‘yicha korxonaning ftmksiyasi deb tushunilardi. Shu vaqtda ketma-ket ikkita konsepsiya paydo bo‘ldi: ishlab chiqarish konsepsiyasi va tovar konsepsiyasi. Ishlab chiqarish konsepsiyasi - mahsulot ustunligi tarzida belgilanadi, bunda eng muhim masala yaxshi tovar ishlab chiqarish va uni xaridorga arzon narxlarda sotish deb hisoblanadi. Xulosa: Marketing — bozor, bozordagi harakat, faoliyat) — korxonaning tovarlar ishlab chiqarish va sotishini tashkil etish hamda boshqarish shakli. Marketing atamasi isteʼmolga 19-asrning 60-yillarida Makkovern tomonidan kiritilgan. Marketing nazariy konsepsiya va tijorat faoliyatining oʻziga xos hodisasi tarzida 20-asr boshlarida Amerika Qoʻshma Shtatlarida ilk bor qoʻllanildi. Ishlab chiqarish va kapitalning yuksak darajada toʻplanishi, iqtisodiyot tarmoqlarida monopoliyalar hukmronligining, xalqaro bozorda keskin raqobatning vujudga kelishi mahsulot sotish muammosini obʼyektiv tarzda birinchi oʻringa chiqardi. 1908-yilda AQShda marketing muammolarini oʻrganadigan birinchi ixtisoslashgan firma paydo boʻldi. 1911-yilda esa oʻsha davrdagi bir qator yirik kompaniyalar tijorat tadqiqotlari bilan shugʻullanadigan dastlabki boʻlimlarni ochdi. Kompaniyalar huzurida bozorni oʻrganish,, haridorlarga xizmat koʻrsatish va boshqarishning boshqa vazifalari bilan shugʻullanadigan marketing boʻlimlari taʼsis etila boshlandi. 1931-yilda Amerika Marketing jamiyati, 1937-yilda esa Amerika Marketing milliy uyushmasi tuzildi. 20-asrning 50—60-yillarida xalqaro Marketing federatsiyasi, jamoatchilik fikri hamda marketing boʻyicha Yevropaa jamiyati va Yevropa marketing akademiyasi kabi xalqaro marketing tashkilotlari tuzildi.Bozorni bilish bozorga moslashish, bozorga taʼsir oʻtkazish marketingning asosiy tamoyillaridir. Shuningdek, marketingni qoʻllash bilan bogʻliq masalalarni kompleks ravishda oʻrganish; mahsulot assortimentini rejalashtirish; talabni va savdoga ragʻbat beradigan tadbirlarni shakllantirish; savdo va taqsimot; boshqarish va nazorat qilish marketing faoliyatining mazmunini belgilaydi. Mutaxassislar marketingning 9 ta asosiy vazifasini koʻrsatib oʻtadilar: 1) rejalashtirish va mahsulotni yaratish; 2) mahsulotning navi va standartlarini belgilash; 3) mahsulot xaridi va uni guruhlashtirish; 4)sotish; 5) omborga joylash; 6)transport xizmati; 7) marketing faoliyatini moliyalash; 8)xatarlar va bozorga oid axborotlar toʻplash. Oʻzbekistonda 1980-yillardan boshlab iqtisodiyot oʻquv yurtlarida marketing kurslari oʻqitila boshlandi. Shu yillari marketing masalalari bilan S.Salimov, S. Fylomov, A. Bekmurodov, J. Jalolov, M. Qosimova, D. Muhitdinov, M. Nasreddinova, X. Raimov kabi olimlar ilmiy tadqiqot ishlari olib bordilar. 1986-yilda „SovplastItal“ qoʻshma korxonasida birinchi boʻlib marketing boʻlimi tuzildi. Keyingi yillarda „Toshkent toʻqimachilik mashinasozlik zavodi“ aksiyadorlik jamiyati, „V. P. Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi“ davlat-aksiyadorlik birlashmasi, „Toshkent qishloq xoʻjaligi mashinasozligi“ aksiyadorlik jamiyati kabi korxonalarda ham marketing boʻlimlari ochildi. Hozir mamlakatimizda faoliyat koʻrsatayotgan tijorat banklari, yirik ishlab chiqarish korxonalarining aksariyatida marketing boʻlimlari ish olib boradi. Download 105.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling