Iqtisodiy xavfsizlik” fanidan kurs ishi mavzu: Inson resurslaridan oqilona foydalanish orqali iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash yo‘nalishlari. Bajardi: Iqtisodiyot fakulteti i-53-2 guruhi talabasi Raxmatov Farid Tekshirdi: Sobirova Malika


Download 49.23 Kb.
bet7/9
Sana16.06.2023
Hajmi49.23 Kb.
#1519005
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Иктисодий хавфсизлик курс иши Рахматов Фарид

6681,4

7767,0

9509,6

10737,3

13325,8

o‘tgan yilga nisbatan, % da

107,7

108,8

107,5

106,2

104,2

98,6

109,9



  1. Iqtisodiy xavfsizlikni ta'minlashda inson resurslaridan oqilona foydalanishning ustuvor yo'nalishlari.

Oʼzbekistonda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar bozor munosabatlari shakllanishi mamlakat iqtisodiyoti tarmoqlari rivojlanishi va mavqeini tubdan oʼzgartirmoqda. Turli xil mulk, hajmi va faoliyati turlicha boʼlgan korxonalarning mavjud boʼlishi yangi iqtisodiy, va huquqiy munosabatlar shakllanishiga sabab boʼlmoqda. Bu holat insonlar oʼrtasidagi munosabatlarga ham oʼz taʼsirini koʼrsatmoqda, ularning mulkka, olinayotgan natija va uning samaradorligiga boʼlgan qarashi tubdan oʼzgarib bormoqda. Bu jarayonlar aholini ish bilan taʼminlash va bu orqali ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotga erishish, eng avvalo, mavjud mehnat resurslaridan samarali foydalanishga bogʼliq.
Mustaqillik yillarida toʼplangan tajriba va oxirgi yillardagi ijtimoiy-iqtisodiy jaryonlarni chuqur ilmiy tahlil qilish asosida uning obyektiv qonuniyatlarini tadqiq qilish, shulardan kelib chiqqan holda aniq xulosalar chiqarish hamda amaliy tadbirlar belgilash mumkin. Vaholanki, barqaror rivojlanib boruvchi mehnat resurslaridan samarali foydalanish tom maʼnoda oʼziga xos tamoyillarga asoslangan mehnat resurslarini hududiy taqsimlash, tabiat bilan jamiyatning qonun va qonuniyatlarini anglash, ushbu jarayonlarni chuqur tahlil qilish, ilmiy ishlanmalar ishlab chiqish va ularni amaliyotga qoʼllashni nazarda tutadi.
Taʼkidlash joizki, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining «Oʼzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʼyicha harakatlar strategiyasi toʼgʼrisida»gi farmonning maqsad-mohiyati ham mamlakatimiz mehnat resurslaridan samarali va oqilona foydalanish orqali milliy iqtisodiyot taraqqiyotini taʼminlash, pirovardida aholi turmush tarzini yanada yaxshilashdan iboratiii.
Mazkur strategiya ijtimoiy-iqtisodiy hayotning barcha jabhalarini beshta ustuvor yoʼnalish doirasida qamrab olganligi va “ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni jadallashtirish, xalqning turmush darajasi va daromadlarini oshirish, har bir hududning tabiiy, mineral-xomashyo, sanoat, qishloq xoʼjaligi, turizm va mehnat salohiyatidan kompleks va samarali foydalanishni taʼminlash”ga qaratilganligi bilan amaliy ahamiyat kasb etadi. Mamlakatimizda mehnat resurslari samarali foydalanish bugungi kunning dolzarb vazifasi boʼlib, bu borada ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib borish zaruratini keltirib chiqaradi. Ilmiy manbalarda mehnat resurslari va ularni oqilona shakllantirish va samarali foydalanish yuzasidan turli ilmiy talqinlar va qarashlar mavjud.
Mehnat resurslari bugungi mamlakat iqtisodiyotini modernizatsiya qilish va tubdan yangilash sharoitda muhim ahamiyat kasb etadi, uning ijtimoiyiqtisodiy taraqqiyotdagi ahamiyatini mikro-, mezo- va makro- darajalarda yaqqol namoyon boʼladi.
Mehnat resurslarining mikro darajadagi ahamiyati ularning korxona (tashkilot) faoliyatidagi oʼrni hamda ishlab chiqarishdagi ishtiroki bilan belgilanadi. Maʼlumki, mehnat resurslari ishlab chiqarishning asosiy omili boʼlib, uni yuzaga keltiruvchi barcha resurslar bevosita mazkur omil orqali boshqariladi. Hudud va mintaqalar iqtisodiyotida mehnat resurslarining roli uning mezo darajadagi ahamiyatini koʼrsatadi. Mamlakatning qaysi hududida mehnat resurslari yuqori koʼrsatkichga ega boʼlsa, u yerda ishlab chiqarish, sanoat, ijtimoiy-iqtisodiy infratuzilma va kommunikatsiya rivojlanadi.
Mehnat resurslarining makro darajadagi ahamiyati uning mamlakat yalpi iqtisodiyotidagi oʼrni va asosiy boylik sifatida eʼtirof etilishi bilan asoslanadi. Аynan mehnat orqaligina mamlakatda moddiy va nomoddiy boyliklar yaratiladi. Mazkur mehnatning subʼekti esa bevosita inson, yaʼni mehnat resurslaridir. Demak, mehnat resurslarining barcha darajadagi ahamiyati uni tadqiq etishning ham ilmiy, ham iqtisodiy dolzarbligini belgilab beradi.
Shu oʼrinda, mehnat resurslari va ularning shakllanishi yuzasidan iqtisodchi olimlarning nazariy qarashlarini tahlil qilamiz. Maʼlumki, yurtimizda iqtisodchi olim Q.X.Аbduraxmonov mehnat resurslari, ularning shakllanishi va oʼziga xos xususiyatlari, ulardan oqilona va samarali foydalanishning nazariy jihatlarini keng asoslab bergan. Jumladan, uning fikricha, mehnat resurslari mamlakat aholisining oʼz ruhiy-fiziologik va aqliy sifatlari bilan moddiy neʼmatlar ishlab chiqarishga (xizmat koʼrsatishga) qodir mehnatga layoqatli qismi hisoblanadi. Ular tarkibiga faqat iqtisodiy faol aholigina emas, shu bilan birga hozirgi paytda ishlamayotgan va ish qidirayotgan mehnatga layoqatli shaxslar, shu jumladan, ishlab chiqarishdan ajralgan holda taʼlim olayotganlar ham kiritiladiiv. Demak, mehnat resurslari iqtisodiyotda mehnat bilan band boʼlgan, band boʼlmasa ham mehnat qilishlari mumkin boʼlgan shaxslarni qamrab oladi.
Eʼtirof etish kerakki, mehnat resurslari oʼz xususiyatlariga qarab oʼzaro farqlanadi. Buning muhim belgilari quyidagilardan iborat:
Birinchidan, mehnat resurslari maʼlum yoshdagi insonlardan iborat. Ular malakasi, aqliy salohiyati, tajribasi, bilim saviyasi bilan farq qiladi. Ushbu farq ularning ishlab chiqarish (ish bajarish, xizmat koʼrsatish) salohiyatiga taʼsir etadi;
Ikkinchidan, mehnat resurslari faqat moddiy neʼmatlarni yaratibgina qolmay, ularni isteʼmol ham qiladi. Isteʼmol darajasi uning mehnati samarasiga bogʼliq. Chunki qancha samarali ishlasa, shuncha koʼp haq oladi va mos ravishda koʼp isteʼmol qilish imkoniyatiga ham ega boʼladi.
Uchinchidan, insonlarning moddiy va maʼnaviy ehtiyojlari jihatidan ham oʼzaro farqlanadi. Chunki mehnat resurslarining jinsi, yoshi, sogʼligʼi, oilaviy ahvoli, maʼlumot darajasi va boshqa ijtimoiy, ruhiy-fiziologik sifatlari turli boʼlganligi tufayli isteʼmol darajasi ham turlicha boʼladi.
Toʼrtinchidan, mehnat resurslarining yaratuvchanlik imkoniyatlari hamda ehtiyojlari cheksiz. Shuning uchun ulardan samarali foydalanish maqsadida turli ragʼbatlarni qoʼllagan holda faoliyat yuritish lozimligini taqozo qiladi. Bu, oʼz navbatida, oʼta murakkab jarayon. Buni toʼliq anglash uchun ushbu jarayonlarni tahlil qilish talab etiladi.
Beshinchidan, mehnat resurslarining oʼzaro farqlanishi tufayli har bir shaxsga individual tarzda yondashish lozim. Bunda insonlar muhim ehtiyojlarining roʼyobga chiqavermasligini inobatga olib, ular mehnatidan samarali foydalanish uchun har birining shaxs sifatidagi talablarini qondirishga harakat qilish muhim. Boshqacha aytganda, iqtisodiyotning muvaffaqiyatli rivojlanishi murakkab xoʼjalik mexanizmining samarali faoliyat yuritishini taʼminlash uchun amalga oshiriluvchi barcha jarayonlarda inson va iqtisodiyot manfaatlarining uygʼunligiga erishishni taʼminlash lozim.
Yuqoridagi xususiyat va vazifalarni amalga oshirish uchun butun dunyoda iqtisodiyotni insonparvarlashtirish gʼoyasi ilgari surilmoqda. Ushbu gʼoyaning mohiyati va mazmunida insonga asosiy eʼtibor qaratiladi. Zero, jamiyatni rivojlantiruvchi ham, uning taraqqiyotiga toʼsiq boʼluvchi ham insonlardir. Bu insonlarning oʼz ehtiyojlarini qondirib borishi uchun qilinadigan ishlardir.
Shu oʼrinda, inson oʼz hayotiy ehtiyojlarini qondirish uchun tabiatga taʼsir koʼrsatadi, ishlab chiqarish jarayonini tashkil etadi va buning oqibatida turli shakldagi moddiy, maʼnaviy va boshqa noz-neʼmatlarni yaratadi va ularni isteʼmol qiladi. Barcha noz-neʼmatlar maʼlum turdagi va muayyan miqdordagi resurslarni sarflash, ulardan foydalanish evaziga amalga oshiriladi. Tabiiy resurslarsiz hech qachon hech narsa ishlab chiqarib boʼlmaydi. Iqtisodiyot nazariyasi fani ishlab chiqarish jarayonida foydalaniluvchi barcha zarur resurslarni ishlab chiqarish omillari sifatida koʼrib chiqadi. Umuman bularga yer, ishchi kuchi, kapital, tadbirkorlik faoliyati omillari kiritiladiv. Shuningdek, zamonaviy yondashuvlarda axborotlar ham ishlab chiqarish omili sifatida koʼzda tutiladivi.
Ishlab chiqarish omillarining yuqorida nomi zikr etilgan barcha turlari orasida mehnat resurslari alohida oʼrin tutadi. Mehnat resurslariga keng maʼnoda: mehnatni hosil qilish, ayirboshlash va undan foydalanishni taʼminlovchi ijtimoiy munosabatlar, ijtimoiy meʼyor va institutlar tizimi sifatida qarashlar ham mavjud. Jumladan, N.А.Volgin, Yu.G. Odegov va ayrim boshqa iqtisodchi olimlar mehnat resurslari sohasiga faqat mehnatni ayirboshlashni (mehnat oldi-sotdisini) emas, balki, mehnat salohiyatini hosil qilish (taʼlim va kasbiy tayyorgarlik), shuningdek, mehnatdan foydalanish (ishlab chiqarishda personalni boshqarish) jabhalarini kiritish lozimligini koʼrsatmokdalar.
Vaholanki, mehnat resurslarini boshqarishning asosiy tarkibiy qismi sifatida mehnat resurslarining shakllanishi va ulardan samarali foydalanish jarayonlarini koʼrish mumkin.
"Mehnat resurslarining shakllanishi" tushunchasi ancha vaqtlardan buyon iqtisodiy adabiyotlar va statistik amaliyotda qaror topgan boʼlib, oʼziga xos tor kasbiy atama sifatida qoʼllab kelinadi. "Mehnat resurslarini shakllantirish" deganda mehnat resurslarining doimiy ravishda yangilanib turishi tushuniladi.
Mehnat resurslari qanday shakllanishini aniqlash uchun biz birinchidan, mehnat resurslarini uchta yirik yosh guruhlari boʼyicha – mehnatga layoqatli kishilar, mehnatga layoqatli kishilardan yoshroq va mehnatga layoqatli yoshdan kattaroq kishilarni, ikkinchidan, har bir guruh aholi soniga, uning oʼzgarishiga taʼsir qiluvchi omillarni, uchinchidan, mehnat resurslari va aholining tabiiy va mexanik oʼzgarishdagi umumiy va oʼziga xos tomonlarni koʼrib chiqishimiz lozim.
“Mehnat resurslari” atamasidan rejali iqtisodiyot sharoitida markazlashgan usulda boshqarish muhitida keng foydalanilgan. Ushbu atama inson resurslarini boshqarish va ulardan samarali foydalanishda qulay dastak sifatida qoʼllanillgan. Mehnat qonunchiligiga binoan xar bir mehnatga layoqatli mamlakat fuqarosining mehnat qilish va ishlab chiqarishdan ajralgan holda oʼqishi qonun yoʼli bilan mustahkamlangan sharoitda uzrsiz sabablar bilan uzoq muddat ishlamay yurgan shaxslar qonuniy taʼqib qilingan va ozodlikdan mahrum etib, jazolanishi mumkin boʼlgan.
Mehnatga layoqatli aholi – mehnat resurslarini tashkil etib, u tabiiy, moddiy va moliyaviy resurslari bilan bir qatorda qatʼiy statistik hisob va hisobotda ifodalangan. Chunki mehnat resurslari iqtisodiyotni markazlashgan usulda boshqarish va rejalashtirishning muhim elementlaridan biri edi.
Rivojlangan mamlakatlar bilan birga Oʼzbekiston Respublikasida ham mustaqillik yillarida Xalqaro Mehnat Tashkiloti (XMT) tavsiya etgan aholini tasniflash tizimiga oʼtildi, unga koʼra aholini tizimli taqsimlashda mamlakat mehnat resurslari ikki guruh, yaʼni iqtisodiy faol va iqtisodiy nofaol qismlarga ajratiladigan boʼldi.
Iqtisodiy faol aholi asosan mahsulot ishlab chiqarish, ish bajarish va xizmat koʼrsatishda ishtirok etadi. Iqtisodiy faol boʼlmagan aholi asosan isteʼmolchi hisoblanadi. Demak jamiyat barcha aʼzolarining ehtiyojini qondirishda mehnat resurslarining ham faqat faol qismigina xizmat qiladi. Shu tufayli mehnat resurslaridan samarali foydalanish korxonadan tortib, to davlat miqyosigacha muhim ahamiyatga ega.
Mehnat resurslari mazmunining oʼzgarishini quyidagi holatlarda koʼrish mumkin.
Birinchidan, Oʼzbekistonning maʼmuriy-buyruqbozlik davri iqtisodiyotidan bozor munosabatlariga asoslangan erkin iqtisodiyotga oʼtishi munosabati bilan majburiy mehnatdan erkin tanlash usuliga oʼtildi.
Ikkinchidan, mehnat resursi atamasining mazmuni ilgarigi talqinda qoʼllanishi zamon talablariga toʼgʼri kelmay qoldi. Chunki insonni faqat majburlash yoʼli bilangina mehnatga jalb qilish asosida uni ish bilan band qilish va ularni mehnat resurslariga kiritish mantiqan toʼgʼri yoʼl emas.
Uchinchidan, mehnat resurslari mamlakat aholisining bir qismi boʼlib, oʼz bilim va intellektual saviyasi, tajribasi va aqliy sifatlari bilan moddiy neʼmatlarni ishlab chiqarish yoki xizmatlar koʼrsatishga qodir boʼlgan mehnatga layoqatli qisminigina oʼz ichiga oladi.
Shunday qilib, "mehnat resurslari" oʼz mazmuniga koʼra, "iqtisodiy faol aholi" tushunchasidan kengroqdir. Iqtisodiy faol aholidan tashqari mehnat resurslari yana mehnatga layoqatli yoshdagi oʼquvchilarni ham, shuningdek, ana shu yoshdagi uy bekalari va mamlakatning qolgan barcha aholisini, yaʼni ishsiz boʼlmasa ham, maʼlum sabablarga koʼra, mamlakat xoʼjaligida ish bilan band boʼlmagan aholini ham oʼz ichiga oladi.
Koʼrib turibmizki, “mehnat resurlari” va “iqtisodiy jihatdan faol aholi” atamalari oʼzaro farq qiladi. “Iqtisodiy jihatdan faol aholi” tushunchasi “mehnat resurslari” tushunchasidan oʼz mazmuni boʼyicha torroqdir. Mehnat resurslari toifasiga ishsizlardan tashqari, maʼlum sabablarga koʼra mamlakat xoʼjaligida ish bilan band boʼlmagan mamlakatning muayyan yoshdagi barcha boshqa fuqarolari kiritiladi.
Hozirgi paytda xalqaro integratsiya jarayonlari jadallik bilan rivojlanib bormoqda. Bunday jarayon xalqaro miqyosda foydalanadigan koʼrsatkichlarni taqqoslashni taqozo etmoqda. Bu esa, oʼz navbatida, ularni bir xil oʼlchamga keltirish zaruratini keltirib chiqarmoqda. Bunday holatlarni hisobga olib, bizda ham “iqtisodiy jihatdan faol aholi” tushunchasini qoʼllash maqsadga muvofiq, deb oʼylaymiz. Chunki ushbu koʼrsatkich dunyo miqyosidagi statistik koʼrsatkichlarga ham toʼgʼri keladi.
Mamlakat iqtisodiyotini modernizatsiya qilish va iqtisodiyotni tubdan yangilash sharoitida mehnat resurslaridan samarali foydalanishni quyidagi yoʼnalishlarda amalga oshirish maqsadga muvofiq:
- barqaror oʼsib kelayotgan mehnat resurslaridan yanada samarali foydalanish uchun mehnat bozorini modernizatsiya qilish;
- mamlakat mehnat bozorini bozor printsiplariga asoslangan holda takomillashtirish, bunda samarali bandlik hamda yuqori malakali, yuqori ish haqi bilan taʼminlangan yangi ish oʼrinlarini tashkil qilish siyosatiga oʼtishga alohida eʼtibor berish;
- mahalliy ijro hokimiyati organlari, davlat va xoʼjalik boshqaruvi organlari, taʼlim muassasalari, fuqarolarning oʼzini-oʼzi boshqarish organlari va keng jamoatchilik oʼrtasida mehnat integratsiyasini yaratish;
- korxona va tashkilotlarda kadrlarni tayyorlash, malakasini oshirish, ularni moddiy va maʼnaviy ragʼbatlantirishni bozor printsiplari asosida takomillashtirish va hokazo.

Download 49.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling