«iqtisodiy xavfsizlik» kafedrasi «iqtisodiy xavfsizlik» fanidan kurs ishi mavzu: Iqtisodiy xavfsizlik va iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish. Bajardi


Download 136.95 Kb.
bet3/9
Sana17.06.2023
Hajmi136.95 Kb.
#1523158
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Iqtisodiy xavfsizlik

Foydalanilgan tadqiqot usuli. Mazkur kurs ishini bajarish jarayonida iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish qo‘llaniladigan iqtisodiy instrumentlar, jumladan, bilvosita va bevosita, monetar, fiskal va investitsion faoliyati normativ va pozitiv, analiz va sitiz usullaridan foydalanilgan holda tahlil etildi. Shuningdek, ilmiy abstraksiya va mantiqiylik va tarixiylik uslublaridan o‘z o‘rnida foydalanildi.


1. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning asosiy usullari va shakllari. Ularning rivojlanish bosqichlari.
Bozor iqtisodiyotiga oʻtayotgan va rivojlangan mamlakatlarda iqtisodiyotni tartibga solishning ikki mexanizmi yuzaga keldi: davlat va bozor mexanizmlari. Fanning maqsadi - davlat va bozor mexanizmlarining oʻziga xos xususiyatlarini yoritishdir. Ular hayotda aralash va oʻzaro aloqadorlikda uchraydi. Ularning optimal aloqadorlikda boʻlishi maqsadga muvofiqdir.
Fanning vazifasi iqtisodiyotni boshqarishda bozor munosabatlari bilan birgalikda davlat mexanizmini qabul qilgan sohalarni va shakllarini koʻrsatish, iqtisodiyotni boshqarishda davlatning oʻrni haqidagi turli kontseptsiyalarni tahlil etishdir.
Bozor – insoniyat taraqqiyotining buyuk yutuqlaridan biridir. Uning rivojlanishi uzoq yoʻlni bosib oʻtgan: bu jarayon kichik-kichik ishlab chiqaruvchilar bilan isteʻmolchilar oʻrtasidagi aloqalar sifatidagi oddiy shakllaridan boshlab to zamonaviy ishlab chiqarish faoliyatining barcha shakllari, jamiyat iqtisodiy subʻektlari oʻrtasidagi rivojlangan iqtisodiy munosabatlari, ijtimoiy maxsulotni yaratishdan to uni isteʻmol etishgacha boʻlgan davrni qamrab oladi.
Bozor – bu turli ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish koʻrinishidagi faoliyatlarni muvofiqlashtiruvchi murakkab mexanizmdir. Bunda ijtimoiy mehnat taqsimoti va xususiy mulkchilik bozorni hal etuvchi shartlari boʻlib hisoblanadi.
Bozor iqtisodiyotida tadbirkorlik faoliyatining erkinliklari, ishlab chiqaruvchilarning moddiy manfaatdorliklari raqobatga undovchi asosiy kuch boʻlib hisoblanadi.
Maʻlumki, bozorning muxim elementi bu narx va uning darajasi boʻlib, bu ishlab chiqaruvchi uchun ham, tadbirkor uchun ham va xaridor uchun ham muhim koʻrsatkich hisoblanadi. Bozor tizimi ishlab chiqaruvchilar va haridorlarni qaror qabul qilishlarida egiluvchanlik va moslashuvchanlik jixatlarini yuqori ekanligi bilan tavsiflanadi. Bozor ishlab chiqaruvchi va isteʻmolchi oʻrtasidagi aloqalarni bogʻlaydi. Tarmoqlar oʻrtasida resurslarni samarali taqsimlanishida, talab va taklif mutanosibligini taʻminlashda bozor mexanizmi qulaydir.
Jamiyat iqtisodiyotining rivojlanishida, ijtimoiy mehnat taqsimotida, davlatlararo aloqalarning kengayishida, iqtisodiyotning tarkibiy qismlari oʻrtasidagi aloqalarni tartibga solish kabi iqtisodiy jarayonlarda bozor mexanizmining tartibga solish imkoniyatlari chegaralanganligi namoyon boʻladi. Bunga iqtisodiyotda yuzaga kelgan iqtisodiy inqiroz davri qarama-qarshiliklarini misol keltirish mumkin. 1929-1933-yillarda sodir boʻlgan jahon iqtisodiy inqirozi yaqqol misol boʻla oladi.
Bozor mexanizmi bajara olmaydigan va tartibga sola olmaydigan ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonining vazifalari mavjud. Sanaot rivojlanishda erkin raqobat asosida ishlab chiqarish kuchlari nafaqat yakka tartibdagi xususiy mulk doirasida oʻsmoqda, balki jamoa (aktsionerlik)va boshqa mulkchilik shakllarining oʻrni ham oshib bormoqda. Biroq, davlat iqtisodiyotning yirik tarmoqlarini oʻz zimmasiga olishga, ularni rivojlantirishga va tartibga solishga majbur boʻlmoqda. Masalan: temir yoʻl, telegraf, pochta, mudofaa va h.k. Bozor mexanizmi bajara olmaydigan ijtimoiy vazifalar ham mavjud. Bundan tashqari, bozor munosabatlari asosidagi baʻzi faoliyat natijalariga davlatning aralashuvi ehtiyoji tugʻiladi.
Bu, avvalam bor, iqtisodiyotni makro darajada tartibga solishda, aholining maʻlum qismini ijtimoiy himoya qilish va ularga yordam koʻrsatishda (ishsizlarga, tugʻma nogironlarga), pensiya taʻminotida, mudofaani taʻminlashda, ekologik muammolarni xal etishda, ijtimoiy tartibni saqlashda, pul muomalasini tartibga solishda, iqtisodiy takror ishlab chiqarish tsikliga taʻsir etishda, fundamental ilmni rivojlantirishda davlat aralashuviga zarurat tugʻiladi. Tashqi iqtisodiy aloqalarni davlat aralashuvisiz tartibga solib boʻlmaydi. Bozor mexanizmi jamiyat manfaatlarini himoya etish, uzoq davrli ijtimoiy muammolarni va mamlakatlarning oʻzaro aloqalarida yuzaga keladigan muammolarni bartaraf eta olmaydi.
Davlat bozor mexanizmi bajara olmaydigan bir qator iqtisodiy vazifalarni bajaradi. Ular quyidagilardir:
1. Mamlakatning ijtimoiy - iqtisodiy xavfsizligini va milliy iqtisodiyotni raqobatbardoshligini taʻminlash;
2. Barqarorlashtirish vazifalari (pul muomalasini tartibga solish, inflyatsiyani oldini olish va h.);
3. Qonuniy tartibga solish vazifasi;
4. Muvofiqlashtirish vazifasi;
5. Ijtimoiy yoʻnaltirilgan vazifasi;
6. Taqsimlash;
7. Nazorat va boshqalar.
Yuqoridagilarning barchasi hozirgi zamon iqtisodiyotida bozor mexanizmi orqali iqtisodiyotni tartibga solish qanchalik zarur boʻlsa, davlat mexanizmini shunchalar zarur ekanligini koʻrsatadi. Eng muhimi, iqtisodiy jarayonlarni tartibga solishda xar ikkala mexanizmlarni afzal jixatlarini birlashtirishdir. Bu esa iqtisodiyotni ratsional boshqarishdagi muhim vazifalardan biri hisoblanadi.
Iqtisodiyot oʻzini-oʻzi tartibga solish davrida bozor mexanizmi uzoq vaqt mobayinida iqtisodiyotni tartibga solishning yagona mexanizm boʻldi. Iqtisodiyotni davlat tomonidan taribga solish zarurati va uni bozor bilan uygʻunlashtirish biroz keyinroq yuzaga keldi.
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning rivojlanishini ikki yirik bosqichga boʻlish mumkin: 1. Ikkinchi jahon urushiga qadar; 2. Ikkinchi jahon urushidan keyin.
Birinchi bosqichda davlat xususiy kapitalni takror ishlab chiqarilishi uchun qulay shartsharoitlar yaratib berdi: mehnat, soliq, savdo va ijtimoiy qonunchilik asoslari ishlab chiqildi. Erkin raqobat davrida davlat xarbiy zavodlar va temir yoʻl qurilishida xususiy kapitalni kengaytirish yoʻli bilan xoʻjalik jarayonida ishtirok etishni boshladi. Shu bilan birga davlat alohida sohalarni tartibga solishni boshlaydi (agrar soha, pul-kredit …).
Ikkinchi bosqichda bir qator davlatlar tarmoqlarni rejalashtirishga, milliy va hududiy rivojlanishni dasturlashtirishga, davlatning byudjet-kredit sohasida iqtisodiyotni tartibga solish faolligini oshirishdi. Iqtisodiy rivojlanishda davlat aralashuvi umum iqtisodiy xususiyatga ega boʻlib, davlat uzoq muddatli strategik maqsadlarni ishlab chiqdi. Bu bosqich integratsion ittifoqlar doirasida xalqaro darajadagi oʻrta muddatli umumdavlat kelishuvlari boʻyicha davlat faoliyatlarini tavsiflaydi. (EI, OʻIXT va b. ).
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish xususiy kapitalni takror ishlab chiqarilishi uchun qulay sharoit yaratishdan to iqtisodiy hamkorlik doirasida oʻrta muddatli umumdavlat dasturini xalqaro kelishuvlar darajasigacha boʻlgan yoʻli bosib oʻtildi.
Hozirgi kunda davlat iqtisodiy tizimda iqtisodiy indikatorlarga faol taʻsir etuvchi yagona va asosiy tartibga soluvchi, muvofiqlashtiruvchi markaziga aylanmoqda, iqtisodiy oʻzgarishlarga qulay sharoit yaratmoqda. Bozor iqtisodiyotini barcha jabxalarni tartibga solishda davlat boshqaruviga zaruriy elementi sifatida qaraladi.
Umumiy holda iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning asosiy maqsadi - 1. Iqtisodiy va ijtimoiy barqarorlikka erishish; 2. Bozorni amal qilishi uchun qulay sharoit yaratish; 3. Iqtisodiy oʻsishning barqaror darajasini taʻminlash; 4. Iqtisodiyotda tarkibiy oʻzgarishlarni boshqarish; 5. Ijtimoiy taraqqiyotni taʻminlash; 6. Ekologik va demografik muammolarni xal etish hisoblanadi.
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solinishi turli uslublar bilan amalga oshiriladi. Ulardan: iqtisodiy, qonuniy-maʻmuriy va sudlov. Ushbu uslublar turli vositalardan foydalangan holda turli usullar orqali amalga oshiriladi. U umumiy koʻrinishda 1-chizmada keltirilgan.

Download 136.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling