«iqtisodiy xavfsizlik» kafedrasi «iqtisodiy xavfsizlik» fanidan kurs ishi mavzu: Iqtisodiy xavfsizlik va iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish. Bajardi


 Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning neoklassik modeli


Download 136.95 Kb.
bet7/9
Sana17.06.2023
Hajmi136.95 Kb.
#1523158
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Iqtisodiy xavfsizlik

5. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning neoklassik modeli
Neoklassik yoʻnalishdagi iqtisodchilar, asosan, davlatning jamiyatdagi daromadlarni odilona taqsimlash va allokatsion, yaʻni iqtisodiyotdagi resurslarni samarali joylashtirish maqsadidagi vazifalarni tadqiq qiladilar. Bozor iqtisodiyotini mikroiqtisodiy tahlil qilish neoklassik modelning tadqiqot obʻekti hisoblanadi. Bunda iqtisodiyotning alohida isteʻmolchilar va firmalarning oʻzaro aloqadorlikdagi faoliyatining aniq holati oʻrganiladi. Neoklassiklar rivojlangan bozor iqtisodiyotiga ega boʻlgan mamlakatlarda davlat mulkini uning tasarrufidan chiqarish, uning iqtisodiyotni tartibga solishini cheklashni talab qiladilar. Ammo ular umuman iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solinishini butunlay inkor etmaydilar. Ularning fikricha, bozorning baho mexanizmi, regulyatori koʻp hollarda resurslarning optimal, samarali ishlatilishini taʻminlaydi. Ammo baʻzi holatlarda bozor ulardan samarali foydalanishga erishishni taʻminlay olmaydi. Xuddi ana shunday holatlarda davlat allokatsiya (taqsimlash)ni yaxshilab, iqtisodiy resurslardan samarali foydalanishni taʻminlashda ijobiy rol oʻynashi mumkin ekan.
Ushbu neoklassik modelning asosini ratsional kutish nazariyasi tashkil qiladi. Unga koʻra kishilar oʻzlarini ratsional tarzda tutadilar. Ular oʻzlarining pulli manfaatlariga muvofiq keladigan narsalar bilan bogʻliq kutishlarining shakllanishidagi axborotlarni yigʻadilar va ularni oʻrganadilar. Ushbu axborotlarga muvofiq ravishda oʻz hayotlarini yaxshilashga qaratilgan qarorlar qabul qiladilar. Kutish bozor talabining kengayishiga (yoki qisqarishiga) olib keladi. Bu oʻzgarishlar, oʻz navbatida, tovarlar va xizmatlar baholarining ular hali ishlab chiqarilmasdan va sotilmasidan oldin oʻsishi (yoki pasayishi)ni belgilab beradi.
Ratsional kutish nazariyasi yangi axborotlarning talab va taklif egri chiziqlarida tezda oʻz aksini topishini, shuning uchun ham muvozanat baholari va ishlab chiqarish hajmlarining bozordagi yangi holatlarga, davlat iqtisodiy siyosatidagi oʻzgarishlarga tezda moslashuvchan boʻlishini ifodalaydi.
Bu oʻzgarishlar mohiyati Paretoning samaradorlik kriteriyalari asosida tushuntirilishi mumkin. Unga koʻra jamiyat biron-bir aʻzosining farovonligi boshqasining turmushini yomonlashuvi hisobiga yaxshilanishi mumkin boʻlmaydigan holatni vujudga keltiradigan resurslarning taqsimlanishi optimal hisoblanadi. Ayirboshlash munosabatlariga erkin kirishish imkoniyati bozorda muvozanat holatiga erishishni taʻminlaydi.
Bu muvozanatda mavjud baho darajasida tovarlarga talab miqdori ularning taklifi miqdoriga tenglashadi. Bu shunday holatki, bironta ham subʻekt yangi ayirboshlash operatsiyalari natijasida bir-birlari hisobiga yutuqqa erisha olmaydi. Bunda resurslarning taqsimlanishi optimal boʻladi, chunki iqtisodiyotda muvozanatlashuv sodir boʻladi.
Demak, mukammal bozor resurslarning samarali alokatsiyani (taqsimlanishini) yaxshi taʻminlay olmaydi. Xuddi shu hol neoklassiklar nazarida bozor mexanizmiga davlatning aralashuvi uchun potentsial imkoniyatlar yaratadi.
Ushbu oqim tarafdorlari jamoatchilik neʻmatlarini ishlab chiqarishni tashkil etishni davlatning eng muhim iqtisodiy vazifasi deb qaraydilar. Bu neʻmatlarga milliy mudofaa, jamoatchilik tartibotini saqlash, atrof-muhitni nazorat qilish, taʻlim, sogʻliqni saqlash va boshqalar uchun zarur boʻlgan tovar va xizmatlar kiradi. Bunday neʻmatlarni ishlab chiqarish davlat korxonalarida toʻplanishi yoki ularni isteʻmol qiluvchilardan soliq olish orqali toʻplangan mablagʻlarni xususiy korxonalarga buyurtma berishga, ularni ishlab chiqarishni subsidiyalashtirishga yoʻnaltirilishi mumkin.
Iqtisodiyotda bozor munosabatlariga bogʻliq boʻlmagan, undan tashqarida boʻlgan atrofmuhitning yomonlashuvi bilan bogʻliq munosabatlar ham neoklassiklar nuqtayi nazariga koʻra davlat tomonidan tartibga solinishi lozim.
Neoklassik yoʻnalish tarafdorlari kapitalning erkin oqib turishi uchun ham toʻsiqlarni bartaraf etish maqsadida davlatning tartiblash mexanizmi zarur ekanligini taʻkidlaydilar. Ularning nuqtayi nazarlariga koʻra davlat kichik biznes, fermer xoʻjaliklari hamda qoʻshma korxonalarni rivojlantirish uchun qulay sharoitlarni yaratish; yangi tashkil topgan firmalarga imtiyozli kreditlar, subsidiyalar berish, imtiyozli soliq solish, litsenziya, patentlar, iqtisodiy faoliyatning maʻlum turi bilan shugʻullanish uchun mutlaq huquqlar berish; iqtisodiy yakkahokimlikka qarshi kurash mexanizmlari orqali davlat kapitalining erkin harakat qilishi uchun toʻsiqlarni bartaraf qilib iqtisodiyotda raqobat mexanizmining yaratilishini tartibga soladi.

Xulosa
Bizning nazarimizda, birinchidan jamiyatni ijtimoiy sogʻlomlashtirishga aholini ijtimoiy himoyalash tizimi va tamoyillarini amalga oshirishda barcha ijtimoiy - siyosiy institutlar, tashkilotlar, boshqaruv organlari faol ishtirok etishlari zarur.
Ikkinchidan, mamlakatimizda ijtimoiy soxani samarali boshqarishda ilgʻor yutuqlarga erishgan xorijiy mamlakatlar tajribalaridan foydalanish hamda uning ijobiy jihatlarini qoʻllash maqsadga muvofiq boʻlur edi.
Uchinchidan, ijtimoiy sohaning ayrim lokal va aholi uchun eng zarur boʻlgan sohalariga uzoq muddatli investitsiyalarni jalb etish hamda bunda davlat va xususiy sherikchilik munosabatlarini yoʻlga qoʻyish. Sohada bir biriga manfaatli boʻlgan tizim mexanizmini yaratish va uning davlat tomonidan nazoratini olib borish zarur
Ijtimoiy sohaning rivojlanishi koʻpgina omillarga bogʻliq. Ulardan biriga rioya qilmaslik shakllanayotgan jamiyat turmush farovonligi tizimini izdan chiqishiga hamda turli koʻngilsiz voqealarning vujudga kelishiga olib keladi. Umumdavlat va mintaqa ijtimoiy siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishda yuqorida sanab oʻtilgan hamda boshqa tashqi, ichki omillarning hisobi - aholining barcha qatlamlari manfaatlarini, ularni turli mulk shakllariga munosabatini hisobga olgan holda shakllantirishdan iborat. Bunda davlat hokimiyat organlari barcha mulk shakllarining rivojlanishi uchun munosib shart - sharoitlarni yaratishlari kerak. Chunki, qanchalik davlatimiz iqtisodiyoti rivojlanib taraqqiyotga erishsa, mamlakat aholi turmush farovonlik darajasi shunchalik yuqori boʻladi.

Download 136.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling