«iqtisodiy xavfsizlik» kafedrasi «iqtisodiy xavfsizlik» fanidan kurs ishi mavzu: Iqtisodiy xavfsizlik va iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish. Bajardi
Download 136.95 Kb.
|
Iqtisodiy xavfsizlik
Adabiyotlar tahlili. Iqtisodiy tafakkur tarixidan birinchi marta davlatning iqtisodiyotdagi o‘rni masalasi A.Smit tomonidan ilmiy asosda ko‘rib chiqilgan. Uning “Xalqlar boyligining tabiati va sabablarini tadqiq qilish haqida” (1776 yil) nomli kitobida bozor usullari orqali iqtisodiyotning o‘z-o‘zini tartibga solish zarurligi ta’kidlab o‘tilgan. A.Smitning fikricha xususiy tovar ishlab chiqaruvchilar bozori davlat nazoratidan to‘liq ozod bo‘lishi zarur.
Fransuz iqtisodchisi J.B.Sey (1767-1832 yy.) birinchi bo‘lib, ishlab chiqarish jarayonida “tadbirkorlik qobiliyati” (layoqati) va ishchi kuchi o‘rtasidagi farqni ish haqi darajasida deb ko‘rsatadi. Darhaqiqat, tadbirkor mehnati uchun oladigan ish haqi, yollanma ishchiga nisbatan yuqoriligi, ularning bajaradigan vazifalari, iqtidorligi, faolligi, qobiliyati, intizomi va boshqarish qobiliyatida namoyon bo‘lishi bilan izohlanadi. Keynsning o‘tmishdoshlari bo‘lmish A. Pigu va K.Viksell ham iqtisodni davlat tomonidan boshqarish zarurligini ilmiy asoslab berdilar. Ushbu nazariyaning asoschilaridan biri G. Xaberler o‘zining «Ravnaq va turg‘unlik» nomli kitobida davriylik nazariyasini tahlil qilib berdi, inqirozni kapitalning haddan tashqari jamg‘arilishi bilan yoki etarlicha iste’mol qilinmaslik bilan izohladi va davriylik tebranishlari amplitudasini kamaytirish maqsadida bu ikki kulfatdan qanday qutulish choralari to‘g‘risida o‘z fikrlarini bayon qildi. J.M.Klark tomonidan multiplikator va akselerator mexanizmi ishlashining tadqiq qilinishi ham iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish nazariyasini ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etdi. «Davlat, - deb yozgan edi J.Keyns, - iste’molga bo‘lgan moyillikka nisbatan o‘zining rahbarlik ta’sirini qisman mos tizim yo‘li bilan, qisman foiz me’yorini belgilash bilan va qisman, ehtimol, yana boshqa usullar bilan ro‘yobga chiqarishi lozim bo‘ladi»1. Monetarchilar pulni xo‘jalik tuzilmasining muhim qismi, pul-kredit siyosati esa iqtisodiyotni boshqarishning eng samarali usuli, deb hisoblaydilar. Fridman keynscha konsepsiyaga mantiqiy muqobil bo‘lgan nazariya yaratish maqsadida pulning miqdor nazariyasi asosiy qoidalariga yangicha ta’rif berdi va asosiy e’tiborni inflyasiyaga qaratdi. U inflyasiyani sof pul muammosi sifatida ko‘rib chiqdi. Uning fikricha, bu muammoni monetar tadbirlar tizimi yordamida hal qilish mumkin. Neoklassik maktab vakili A.Marshall (1842-1924) tomonidan iqtisodiy o‘sish uchun tadbirkorlikning hal qiluvchi ijodiy ahamiyati tan olinib, A.Smitning ishlab chiqarish omilining uchta mumtoz toifasiga: er, haq, kapitaldan tashqari mehnat to‘rtinchi, deb qaraydi. Mehnat bu - “ishonchli tadbirkorlik qobiliyatini va kapitalini talab qiluvchi yaxlit birlashgan tashkilotdir”2. SHu bilan birga A.Marshall tadbirkorlik qobiliyatini korxonalarning boshqarish shakli bilan bog‘lagan holda talqin etib, tadbirkorlik qobiliyatini kapital qo‘yilmalarning hajmiga, ishlab chiqarish tarmoqlari va xizmat ko‘rsatish sohalariga hamda korxonalarning katta - kichiklik jihatlariga bog‘liqlikda o‘rganadi. Iqtisodchi A.Fon Xayek (1899-1992) birinchi bo‘lib, xususiy tadbirkorlikni insonning mustaqilligi bilan uzluksiz bog‘liqligini va aloqadorligini talqin qiladi. Insonga berilgan shaxsiy mustaqillik, uning harakati va iqtisodiy salohiyati bilan yuqori samarani ta’minlashini ta’kidlaydi. Tadbirkorlikning mohiyatini u yangi iqtisodiy imkoniyatlarini izlashda va tadqiq etishda ko‘radi3. Download 136.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling