«iqtisodiy xavfsizlik» kafedrasi «iqtisodiy xavfsizlik» fanidan kurs ishi mavzu: Iqtisodiy xavfsizlik va iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish. Bajardi


 Iqtisodiy rivojlanishni tartibga solishda davlatning roli haqida zamonaviy nazariyalar


Download 136.95 Kb.
bet5/9
Sana17.06.2023
Hajmi136.95 Kb.
#1523158
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Iqtisodiy xavfsizlik

3. Iqtisodiy rivojlanishni tartibga solishda davlatning roli haqida zamonaviy nazariyalar.
Iqtisodiyotga davlat aralashuvining keynscha nazariyasi 1929-1933-yillardagi jahon iqtisodiy inqirozidan soʻng keynschilik nazariyasi iqtisodiyot fanida yangi oqim sifatida yuzaga keldi. Ingliz iqtisodchisi Jon Meynard Keyns ushbu iqtisodiy maktabning asoschisi edi. U mazkur nazariyani oʻzining 1936-yilda nashrdan chiqqan “Bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi” nomli asarida bayon qilib berdi. Shu oʻrinda taʻkidlash joizki, soha mutaxassislari orasida Keyns iqtisodiyotga davlat aralashuvi zaruriyatini dalillab bergan dastlabki iqtisodchi hisoblanmagan. Keynsning oʻtmishdoshlari boʻlmish A. Pigu va K.Viksell ham iqtisodni davlat tomonidan boshqarish zarurligini ilmiy asoslab berdilar. Ushbu nazariyaning asoschilaridan biri G. Xaberler oʻzining “Ravnaq va turgʻunlik” nomli kitobida davriylik nazariyasini tahlil qilib berdi, inqirozni kapitalning haddan tashqari jamgʻarilishi bilan yoki yetarlicha isteʻmol qilinmaslik bilan izohladi va davriylik tebranishlari amplitudasini kamaytirish maqsadida bu ikki kulfatdan qanday qutulish choralari toʻgʻrisida oʻz fikrlarini bayon qildi. J.M.Klark tomonidan mul tiplikator va akselerator mexanizmi ishlashining tadqiq qilinishi ham iqtisodiyotni davlat tomonidan boshqarish nazariyasini ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etdi. Uning tadqiqotlari Keyns tadqiqotlari bilan bir vaqtda oʻtkazilgan edi. Ammo Keyns nazariyasi uning oʻtmishdoshlari va zamondoshlari nazariyalaridan shu bilan farq qiladiki, u ishsizlik va ortiqcha ishlab chiqarish inqirozlari tasodifiy, oʻz-oʻzidan yuzaga keladigan hodisalar emas, balki kapitalistik bozor mexanizmi harakati tufayli roʻy beradigan hodisalar ekanligini isbotlagani holda, birinchi marta iqtisodiyotni davlat hokimiyati tomonidan doimiy, muntazam ravishda tartibga solib turish zarurligini eʻlon qildi. Keyns nazariyasining asosiy xususiyati shundan iboratki, u iqtisodchilardan birinchi boʻlib, makroiqtisodiy davlat tartiblashi foydasiga asosiy dalillarni bayon qilib berdi, bunda u oʻzigacha hukmron boʻlgan tartiblashning mikroiqtisodiy yondashuvini rad etdi.
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartiblashning keynscha nazariyasi uch asosiy holatni oʻz ichiga oladi: birinchidan, unda oʻz-oʻzidan harakatga keladigan bozor mexanizmiga baho beriladi; ikkinchidan, iqtisodiyotning boshboshdoqlik asosida rivojlanishi jarayonida paydo boʻladigan qiyinchilik va ziddiyatlarning sabablari talqin qilinadi; uchinchidan, kamchiliklarni bartaraf qilish maqsadida iqtisodiyotni tartiblash tadbirlari tizimi belgilanadi.
Keyns oʻzining dastlabki tadqiqotlarida Sey qonunini inkor etgan holda samarali talab1 nazariyasini asoslab berdi. Keynsgacha boʻlgan davrda klassiklar tomonidan Sey qonuni qabul qilingan boʻlib, unga muvofiq taklif oʻz talabini yuzaga keltirar edi. Keyns esa, aksincha, jami talab oʻz taklifini yuzaga keltirishi gʻoyasini ilgari surdi.
Samarali talab nazariyasiga muvofiq mahsulot (yoki mehnat) muayyan miqdori taklifning bahosi deb daromadning shunday miqdoriga aytilganki, bu miqdor tadbirkorlarning ushbu mahsulot (yoki mehnat)ni taklif qilishga boʻlgan ragʻbati uchun yetarlidir. Jami talab bahosi va mahsulot (yoki mehnat) hajmi oʻrtasidagi nisbat jami talab funktsiyasi deb ataladi. Bu yerda shuni aytib oʻtish lozimki, tadbirkorlar daromadni faqat muayyan miqdordagi mahsulotni sotganlaridan soʻnggina olishlari mumkin. Kutilayotgan daromad va mahsulot (yoki mehnat) hajmi oʻrtasidagi nisbat jami talab funktsiyasi deb ataladi. Agar ishlab chiqarilgan mahsulotning muayyan hajmida koʻzda tutilgan daromad jami taklif bahosidan oshsa, unda tadbirkorlar yanada yuqori foyda olish maqsadida mahsulot hajmini (va bandlikni) oshiradilar va agar kutilayotgan daromad taklif bahosidan past boʻlsa, u holda tadbirkorlar mahsulot hajmini (va bandlikni) kamaytiradilar. Faqat koʻzda kutilayotgan daromad va taklif bahosi oʻrtasida tenglik bajarilgan sharoitdagina optimal holatda boʻladilar, shuning uchun ular mahsulot ishlab chiqarishni ushbu darajada ushlab turishga intiladilar. Demak, tadbirkorlar uchun qulay boʻlgan ishlab chiqarish darajasi jami talab funktsiyasi bilan jami taklif funktsiyasi kesishgan nuqta bilan belgilanadi, ushbu nuqtadagi jami talab funktsiyasining qiymati samarali talab deb ataladi. Jami talab esa daromad darajasini belgilab beradi:
U Keyns nazariyasida quyidagi tenglama bilan ifodalangan:
Y = C = I
bu yerda: Y - milliy daromad;
C - isteʻmol;
I - jami investitsiyalar.
Keyns tomonidan kashf qilingan asosiy psixologik qonun uning isteʻmol funktsiyasini tadqiq qilinishida yoʻnaltiruvchi omil boʻlib xizmat qildi. “Asosiy psixologik qonun shundan iboratki, - deb yozgan edi. J. Keyns, - kishilar, odatda, daromadlari ortishi bilan oʻz isteʻmolini koʻpaytirishga moyildirlar, lekin bunda isteʻmol daromad ortgan darajada oshmaydi”.

Download 136.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling