«iqtisodiy xavfsizlik» kafedrasi «iqtisodiy xavfsizlik» fanidan kurs ishi mavzu: Iqtisodiy xavfsizlik va iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish. Bajardi


Sxema 1. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning uslubi, usuli va vositalari


Download 136.95 Kb.
bet4/9
Sana17.06.2023
Hajmi136.95 Kb.
#1523158
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Iqtisodiy xavfsizlik

Sxema 1. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning uslubi, usuli va vositalari



Davlat tomonidan tartibga solish turlari: mutloq davlat monopoliyasi (sobiq ittifoq va boshqa davlatlar) va iqtisodiy erkinlik darajalari, yaʻni bu darajalar oʻrtasida bir qator oraliq koʻrinishlari mavjud boʻladi (Xitoyda bozor sotsializmi, Germaniya va Avstriyada ijtimoiy yoʻnaltirilgan bozor iqtisodiyoti, Shvedtsiya aralash iqtisodiyot modeli va h.k.).
Taʻkidlab oʻtilgan davlat tomonidan tartibga solish usullari toʻgʻri va egri usullarga boʻlinadi. Toʻgʻri usullarga: davlat subsidiyasi, davlat tadbirkorligi, iqtisodiyotni davlat boshqaruvi tizimi taaluqlidir. Egri usullarga: soliq, jarima, kvotalar, bojxona bojlari va boshqalar taaluqlidir.
Indikativ rejalashtirish va davlat dasturlari iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning muhim shakli hisoblanadi.
2. Iqtisodiyotning davlat sektori va uning butun iqtisodiyotni tartibga solishdagi roli.
Davlat sektori – bu mulk egasi davlat boʻlgan jaʻmi korxonalar va tashkilotlar majmuidir. Uning bir qismi milliylashtirishdan va ikkinchi qismi esa davlat mablagʻlari hisobidan shakllanadi. Kapital talab etuvchi yangi tarmoqlarni yaratish (kosmik sanoat ishlab chiqarish va boshqalar) hisobiga iqtisodiyotning davlat sektori oshib boradi.
Turli mamlakatlarning ijtimoiy ishlab chiqarishida davlat sektori ulushi turlicha boʻlib, u asosiy kapitalning 2% dan 50% gachasini tashkil etadi. MDX davlatlarida bozor iqtisodiyotiga oʻtish va iqtisodiyotni isloh qilishdan soʻng davlat sektori ulushi sezilarli darajada qisqardi. Misol uchun: Rossiya Federatsiyasi sanoatida davlat sektori ulushi 5%dan kamni tashkil etdi, Oʻzbekiston Respublikasida – 30%.
sektori ishlab chiqarish maqsadlariga koʻra nodavlat sektoridan farqlanadi. Ishlab chiqarishdan asosiy pirovard maqsad - bu foyda olish, lekin davlat sektorining asosiy maqsadi – bu investitsiyani, bandlikni tartibga solish, nodavlat sektoriga yordam koʻrsatish va ijtimoiy jarayonlarni tartibga solish hisoblanadi. Davlat sektori maqsadlari milliy iqtisodiyot manfaatlaridan kelib chiqadi. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish vazifalarini amalga oshirish uchun soliqqa tartish va yigʻimlar yoʻli bilan davlat byudjeti resurslari tashkil etiladi va davlat sektorining moddiy bazasi shakllantiriladi. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish – bu takror ishlab chiqarish jarayonining tarkibiy qismi va jamiyat iqtisodiyotii rivojlantirishdir.
Iqtisodiyotni tartibga solishning davlat mexanizmi bozor mexanizmi bilan uzluksiz bogʻlangan. Bundan hulosa qilsak, “Samarasiz davlat boshqaruvi bilan iqtisodiy barqaror rivojlanib boʻlmaganidek, ijtimoiy rivojlanib ham boʻlmaydi”. Bu borada taniqli iqtisodchi P.Samuel son shunday deydi – “Iqtisodiyotni u yoki bu mexanizmisiz boshqarish – bu bir qoʻlda qarsak cholish bilan barobardir”.
Markazlashgan-rejali iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga oʻtishda iqtisodiyotni tartibga solish borasida davlatning roli mazmun va shakli jihatdan oʻzgaradi. Bozor iqtisodiyotiga oʻtishda mulkchilik munosabatlari tizimini shakllantirish vazifasi yuzaga keladi. Bunday sharoitda davlatning aralashuvisiz ijtimoiy yoʻnaltirilgan bozor iqtisodiyotiga oʻtib boʻlmaydi.
Oʻtish davrida davlat islohatlarni amalga oshirish, yoʻnaltirish va javobgarliklarni oʻz zimmasiga oladi. Davlat bozor munosabatlariga oʻtishda quyidagi vazifalar asosiy etib belgilaydi:
1. Monopoliyadan chiqarish, raqobatli muxitni yaratish va tadbirkorlikni rivojlantirish uchun huquqiy bazani yaratish va qulay sharoitni taʻminlash;
2. Aralash iqtisodiyotda yangi mulkchilik munosabatlarini va bozorning barcha elementlarini shakllantirish;
3. Inflyatsiyaga qarshi siyosat olib borishda, pul va moliya-kredit sohasida nazorat vazifalarini saqlab qolish va takomillashtirish.
Hozirgi kunda davlat, asosan rivojlangan mamlakatlarda iqtisodiyotni tartibga solishda va jamiyatni rivojlantirishda muhim rolni oʻynaydi. Iqtisodiy rivojlanishda davlatning rolini alohida olib koʻrsatish juda murakkabdir.
Iqtisodiy rivojlanishni boshqarishda davlat tomonidan tartibga solishning sifat oʻzgarishlari yuzaga keladi. Gap shundaki, davlat va bozorning oʻzaro aloqalari, yaʻni oʻtish davrida bozor mexanizmi bajara olmaydigan nafaqat davlat vazifalari nazarda tutiladi, balki davlatning zamonaviy fuqarolik jamiyati boʻgʻinlari vazifalarini bajarish ham nazarda tutiladi. Bunda ishlab chiqaruvchilar, tadbirkorlar uyushmasi, inson huquqlarini himoya qilish jamiyati, istemolchilar huquqi, hayriya va boshqa fondlar nazarda tutiladi.
Iqtisodiyotni tartibga solishda davlatning roli haqida Merkantilizm va Fiziokrat maktablari namoyondalarining nazariy qarashlari.
Dastlabki iqtisodiy nazariyalar kapitalizmning boshlangʻich davriga toʻgʻri keladi (XVXVII asrlar). Bu davrda merkantilistlar jamiyat boyligi muomala sohasida yaratiladi, millat boyligi esa pul miqdori bilan aniqlanadi degan fikrni ilgari surishadi. Merkantilizm – bu iqtisodiy nazariyadagi birinchi maktab boʻlib, uning mashhur namoyondalaridan biri Tomas Men hisoblanadi (1571-1641-y.).
Merkantilizm kapitalni dastlabki jamgʻarilishi davriga xos boʻlib, savdo burjuaziya manfaatlarini ifoda etadi. Merkantilizmga ikki xususiyat xosdir: 1) boylik pul bilan ifodalanadi (davlat qancha koʻp pulga ega boʻlsa, u shuncha badavlat hisoblanadi) 2) davlat xokimiyati yordamida pul boyliklarini jamgʻarishga erishish mumkin. Ushbu maktab namoyondalari mamlakatga olib kirilgan va olib chiqilgan tovarlar oʻrtasidagi farqning (aktiv savdo balansi) yuqoriligi bilan davlat boyligi oshadi va davlat aktiv savdo balansida siyosiy ishlarni olib borishi zarur deb hisoblashadi. Davlat mamlakatdan tovarlarni olib chiqishni ragʻbatlantirish va mamlakatga tovarlar olib kirishni cheklash, baʻzi tovarlarni esa olib kirilishini taʻqiqlash bilan protektsionizm siyosatini yuritishi lozim. Bunda quyidagi tamoyil olgʻa suriladi: chet eldan arzon bahoga sotib olish, boshqa davlatlarga qimmatroq sotish.
Merkantilizm maktabi “Siyosiy iqtisod” atamasining paydo boʻlishi bilan bogʻliq. U frantsuz merkantilisti A.Monkrettonning 1615-yilda chiqqan “Siyosiy iqtisod traktlari” kitobiga kiritilgan edi. Merkantilistlar birinchi boʻlib isteʻmol qiymatini emas, balki almashinuv qiymatini boylik deb eʻlon qildilar.
Keyingi iqtisodiy maktab fiziokratlar edi. Ushbu maktabning eng koʻzga koʻringan namoyondasi – F.Kene (1694-1774-y.). Uning xizmati: fiziokratlar muomala sohasini taxlil etishdan ishlab chiqarishni taxlil etishga tomon burilish yasadi. Faqat ular qishloq xoʻjaligi bilan chegaralanishdi. Kene ekvivalent ayirboshlash taʻlimini olgʻa surdi va savdodagi ayirboshladan xech qanday boylik yaratilmasligini va ayirboshlash xech narsa ishlab chiqarilmasligini isbotladi.
F.Kene “tabiiy tartiblanish” holatini, yaʻni bozor narxining beqaror tebranishi, erkin raqobat va baʻzi hollarda davlat aralashuvi asosida iqtisodiyotni rivojlatirishni olgʻa surdi. Fiziokratlar iqtisodiy rivojlanish oʻzida tabiiy jarayonni namoyon qilishi, qonunlarga amal qilinishi va odamlar taʻsiridan holi boʻlishini lozim deb bilishdi. Bu ularning mutloq yutuqlari edi.
Bozor munosabatlarining rivojlanishi tadbirkorlar sinfini vujudga kelishi va mustaxkamlanishi bilan tavsiflanadi. Iqtisodiyotni rivojlanishida davlatning aralashuvi ushbu maktab nuqtayi nazarida, yaʻni merkantilizmni iqtisodiy liberalizm gʻoyasi bilan almashinish oqibatida tadbirkorlik faoliyatini cheklangan va iqtisodiyotga davlatning aralashuvini salbiy baholagan. Bu gʻoya A.Smit va D.Rikardolarning ilmiy ishlarida asoslangan. Ular klassik siyosiy iqtisod maktabi asoschilari boʻlib, qiymatining mehnat nazariyasini yaratdi, kapitalning mazmunini va qoʻshilgan qiymat nazariyasini yoritib berdi.
Iqtisodiyotni rivojlanishida davlatning roli xususidagi ularning qarashlari davlatning aralashuvi iqtisodiy rivojlanishni sekinlashtiradi degan fikrdan kelib chiqadi. Masalan, Smit gʻoyasi quyidagicha: “Bozor iqtisodiyoti oʻzini-oʻzi boshqarishga moslashgan, uning asosida qanday qilib koʻproq fayda olishga harakat qilish bilan bogʻliq “koʻrinmas qoʻl” - shaxsiy manfaat yotadi”. Smit xulosasiga koʻra, iqtisodiyotni tartibga solishda davlatning aralashuvi olib tashlansa, iqtisodiyot samarali amal qiladi va bozor butunlay erkin boʻlmogʻi lozim.
D.Rikardo, J.B.Sey, D.Mil , A.Marshallar A.Smit gʻoyasining davomchilari boʻlib, ular iqtisodiy liberalizm gʻoyasi ilgari surishdi va hozirgi kunga qadar zamonaviy iqtisodchilar tomonidan ijobiy baholanmoqda (neoklassik yoʻnalish).
Klassiklar jaʻmi talab va jaʻmi taklif mutanosibligini oʻzlariga xos talqin etishdi. Ular: jaʻmi taklifning oʻzgarishi unga mos jaʻmi talabni oʻzgarishini yuzaga keltiradi degan fikrdan kelib chiqishadi. Bu Sey qonunida oʻz aksini topadi, yaʻni taklif etilgan tovar unga mos ravishda talabni keltirib chiqaradi, bu esa talab va taklif oʻrtasidagi yuzaga keladigan farqlarni bartaraf etadi. Oldindan ishlab chiqarishning oʻrni yoʻqoladi. Tovar ishlab chiqarishning oʻsishi, ish haqlarini oshishiga olib keladi, buning natijasida taklifga mos ravishda talab ham oshadi.
Haqiqatda esa barcha daromadlar tovarlarga ayirboshlanilmadi. Jamgʻarish yuzaga keladi va jamgʻarilgan pul miqdori investitsiyaga har doim ham teng boʻlmaydi. Klassikchilar jaʻmi talab va jaʻmi taklifga bogʻliq holda narxning tebranishi barcha bozorlarni, shu oʻrinda mehnat bozorini ham, resurslar bozorini ham barqarorlashtiradi deb hisoblashdi. Bogʻlanish: bozorda narxning pasayishi ish haqini pasayishiga olib keldi yoki ish haqi avvalgiday qolsa u holda ishsizlik yuzaga keldi.
Biroq iqtisodiy inqirozlarning keskinlashuvi oqibatida asosan 1929-1933-yillardagi, klassik iqtisodiy liberalizm nazariyasini zaif ekanligini koʻrsatdi.
1929-1933-yillardagi jahon iqtisodiy inqirozi saboqlari va iqtisodiyotni rivojlanishida davlatning roli haqidagi iqtisodiy liberalizm nazariyasining inqirozi.
Iqtisodiy inqiroz bozor mexanizmining oʻzi iqtisodiyotni tartibga soluvchi va barqarorlashtiruvchi yagona mexanizm boʻla olmasligini koʻrsatdi. Iqtisodiy liberalizm kontseptsiyasining taʻsiri zaiflashdi. 1929-1933-yillarda boʻlib oʻtgan iqtisodiy inqiroz davrida ishlab chiqarish surʻati 45% ga pasaydi, ishsizlik darajasi oshib ketdi va h.k. Asosan 1929-1933-yillardagi inqiroz oʻzgaruvchan sharoitda bozor davlatning aralashuvisiz ishlab chiqarishni tartibga solishga va resurslardan samarali foydalanishni taʻminlash imkoniyatiga ega emasligini koʻrsatdi.
Ingliz iqtisodchisi Dj.M.Keyns(1883-1946) taklif etgan kontseptsiya iqtisodiyotni tartibga solishda davlatning roli haqidagi qarashlarning rivojlanishida yangi va muhim bosqichi hisoblanadi. U bozor iqtisodiyotida davlatning roli haqidagi klassik qarashlarda keskin burilish yasadi. U tartibga solishning bozor mexanizmi bilan uygʻunlashtirilgan iqtisodiyotda davlatning aralashuvisiz iqtisodiyot samarali rivojlana olmasligini koʻrsatib berdi. Keyns kontseptsiyasi oʻsha davrdagi xoʻjalik tizimini xalokatli larzalardan saqlab qolishga qaratilgan edi. U iqtisodiyotni tartibga solishda davlatning oʻrniga klassik(iqtisodiy liberalizm) qarashlarda burilish yasadi. Iqtisodiyotni rivojlanishida bozor va davlatning roli, iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning zarurati haqidagi Keyns qarashlari iqtisodiy rivojlanishda davlatning roli haqidagi qarashlarda keyns inqilobi nomini oldi.
Keyns iqtisodiy modelning mazmunini “Bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi”(1936-y.) asarida yoritib berdi. Bu tartibga solinadigan bozor iqtisodiyoti doktrinasi edi. U bozor iqtisodiyoti “kasal” uni davolash lozim deb hisoblaydi.
“Keyns inqilobi” jarayonida olgʻa surilgan gʻoya klassik siyosiy iqtisodchilarni qarashlarida bozor iqtisodiyotiga qarashlarida burilish yasadi. Keyns yalpi talab va taklifni takomillashtirishda davlat siyosatidan foydalanmasdan turib ishlab chiqarish inqirozidan chiqish mumkin emasligini koʻrsatib berdi.
Jaʻmi talabni pul-kredit va moliya mexanizmlari orqali davlat tomonidan tartibga solish - Keyns gʻoyasining asosini tashkil etadi. Keyns taʻlimotidagi asosiy tezis: - talab taklifni belgilaydi.
Ishsizlikni va resurslardan toʻliq foydalanilmaslikni qisqartirish uchun esa davlat oʻzning harajatlarini kengaytirish yoʻli bilan talabni ragʻbatlantirishi, kam foizli soliq tizimi orqali xususiy investitsiyani ragʻbatlantirishi lozim.
Keyns modeli narxlar va ish haqlari qisqa davr ichida sekin oʻzgarishi bilan klassik modeldan farqlanadi. Keyns Seyning taklif shaxsiy talabni yuzaga keltiradi degan qonunini rad etdi. Keyns jaʻmi talab jaʻmi taklifni yuzaga keltiradi, degan fikrni ilgari suradi.

Download 136.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling