Iqtisodiy xavfsizlik
Download 0.49 Mb. Pdf ko'rish
|
Корхона-иқт.хавф-1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Keys: Hozirgi zamonda inson qalbi va ongi uchun kurash Maqsad
- Topshiriqni bajarish
Savollar:
1. Bu holda globallashuv va integratsiya qanday jarayonlar tasvirlangan? 2. Globallashuv va integratsiya jarayonlari Evropa Ittifoqi va Liviya iqtisodiyotlarining o'zaro ta'sirini qanday tushuntiring. 3. Xalqaro sanoat kooperatsiyasi Evropaning iqtisodiy siyosatiga qanday ta'sir qiladi? 4. Liviya iqtisodiyotiga sarmoyalarning Evropa Ittifoqi mamlakatlari uchun ahamiyati nimada? 5. Globallashuv jarayonlari jahon iqtisodiy munosabatlarini tartibga solishning yangi mexanizmlarini shakllantirishga qanday ta'sir qiladi? Keys: Hozirgi zamonda inson qalbi va ongi uchun kurash Maqsad: olgan bilimlarni amaliy vaziyatda foydalanish Keys bilan ishlash bosqichlari - talabalarni ish matni bilan tanishtirish; - ishlarni tahlil qilish; - ish muhokamasini, muhokamani, taqdimotni tashkil etish; - munozara ishtirokchilarining bahosi; - munozara natijalarini sarhisob qilish. Topshiriqni bajarish: guruh bilan ishlashga mo’ljallangan, amaliy mashg'ulot darsida Bajarish muddati: 30 daqiq Kirish. “Mafkuraviy jarayonlarning umumbashariy va mintaqaviy ko‘rinishlari” mavzusi “Milliy istiqlol g‘oyasi” fanidan muammoli vaziyatlarni hal etish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotda Keysga asoslangan o‘qitish texnologiyasi asosida ishlab chiqilgan. XX asr so‘ngida ro‘y bergan ulkan ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar, ikki qutbli dunyoning barham topishi natijasida nisbiy muvozanatning buzilishi jahonning mafkuraviy manzarasini tubdan o‘zgartirib yubordi. Inson qalbi va ongini egallash uchun kurash xilma-xil g‘oyalar bilan qurollangan, turli manbalardan oziqlanadigan mafkuralarning asosiy maqsadiga aylanmoqda. Bugungi kunda odamzod ma’lum bir davlatlar va siyosiy kuchlarning manfaatlarigagina xizmat qiladigan, olis-yaqin manbalardan tarqaladigan, turli ma’nomazmundagi mafkuraviy kuchlarning ta’sirini doimiy sezib yashamoqda. Hozirgi zamonda inson ongi va qalbini egallashga qaratilgan harakatlar haqidagi bilimlarni o‘quvchilar ongiga singdirish, muammoli vaziyatlarni hal etish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotda Keysga asoslangan o‘qitish texnologiyasining asosiy maqsadi hisoblanadi. Ushbu texnologiya amaliy vaziyatlarni hal etish jarayonida o‘rganilgan o‘quv mavzusi bo‘yicha bilimlarni mustahkamlashga, muammolarni tahlil qilish va qirralarni yakka tartib yoki guruhlarda qabul qilish ko‘nikmalarini egallashga, ijodiy va o‘rganish qobiliyatlari, mantiqiy fikrlash, nutq va muhit sharoitlariga moslashish qobiliyatlarini rivojlantirishga hamda qarorlarni mustaqil qabul qilishga va o‘z-o‘zini nazorat qilishga yordam beradi. Ushbu keys - o‘quvchilarni Markaziy Osiyoda ro‘y berayotgan mafkuraviy jarayonlar haqida mustaqil fikrlash, erkin tafakkurni shakllantirish asosida yovuz g‘oyalarga qarshi javob bera olish, “O‘zbekiston - yagona Vatan” degan tushunchani shakllantirish bilan birga jamiyat taraqqiyotida uchraydigan to‘siqlarni engishga imkon yaratadi. Ushbu keysni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun mavzu bo‘yicha o‘quvchilar dunyoning mafkuraviy manzarasi va globallashuv jarayonlari haqida bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi zarur. Keys-stadidagi asosiy muammo dunyo mafkuralari o‘rtasida bo‘layotgan axborot jangi vamafkuraviy immunitetni kuchaytirish - yoshlar ongini zararli g‘oyalardan himoya qilish omili. Vatanimizning butun kuch-qudrati, yaratuvchilik iste’dodi yurtimizni yanada ravnaq toptirish, tinchlik-osoyishtalikni mustahkamlash, shu muborak zaminda yashayotgan barcha insonlar uchun farovon hayot poydevorini yaratishga qaratilgan. SHu bilan birga, bugungi tajovuzkor millatchilik, shovinizm, neofashizm, irqchilik va diniy ekstremizm kabi zararli mafkuralar taraqqiyotga moslashib, yangi shakllarda bosh ko‘tarmoqda. Masalan, qo‘shni davlat Afg‘oniston hududida uya qurib olgan diniy ekstremistik kuchlar bunga misol bo‘la oladi. Diniy ekstremizm dinni niqob qilib olib, zo‘ravonlik asosida konstitutsion tuzumga tajovuz qiluvchi, uni o‘zgartirishga urinuvchi jinoyatkor hatti-harakatdir. U bugungi kunda ko‘plab mintaqa va mamlakatlarda uchrab turibdi. Hozirgi davrda mafkuraviy jarayonlar o‘ziga xos qator xususiyatlar kasb etmoqda. Bunda mafkuraviy jarayonlarning, bir tomonidan, demokratiyalashuvi, insonparvarlashuvi, ya’ni fikrlar xilmaxilligi va rang-barang siyosiy kuchlarning tolerantligi namoyon bo‘lmoqda. Ikkinchi tomondan mafkuraviy jarayonlar siyosiylashish, inson va jamiyat hayotining barcha sohalariga umumiy ta ’sir ko‘rsatish xususiyatiga ega bo‘lmoqda. Uchinchidan, mafkuraviy jarayonlarning milliy davlatlar chegarasida qolib ketmaslik, globallashuv, integrallashuv va differensiallashuv kabi xususiyatlari ko‘zga tashlanmoqda. Bugungi kunning mafkuraviy manzarasiga ijtimoiy jarayonlarning globallashuvi ham kuchli ta’sir ko‘rsatmoqda.. Bu hol axborot tarqatish tizimining, jumladan, internet tarmog‘ining butun er yuzini qamrab olishi bilan ham bog‘liqdir. Endilikda dunyoning bir burchagida qandaydir yangilik paydo bo‘lsa, u darhol mafkuraviy maqsadlarga bo‘ysundirilgan holda, butun jahonga tarqaladi. Masalan, dunyoning biron-bir mintaqasida texnik sabab yoki tabiat hodisalari natijasida baxtsizlik sodir bo‘lsa, bir mafkuraviy markaz o‘ziga dushman bo‘lgan boshqa markazni ayblashga tushadi. YA’ni “bu fojiada falon markazning qo‘li bor”, deb butun dunyoga jar soladi. Bu jarayonda qaysi markazning axborot tarqatish imkoniyati ko‘p bo‘lsa, odamlarga nima ta’sir etishini, ular nimaga muhtoj ekanini kim oldindan yaxshiroq bilsa, dastlab o‘sha kuch ularning qalbi va ongiga o‘z nuqtai nazarini singdiradi va axborot jangida engib chiqadi. Shuning uchun bugungi kunda dunyodagi turli kuch va markazlar o‘rtasida axborot jangi etakchi o‘ringa chiqmoqda. Aslida turli mafkuralar ba’zi odamlarning soddaligidan foydalanib, mana shunday kurashlar orqali siyosiy maqsadlarni ko‘zlaydi, ya’ni jahon maydonlarini mafkuraviy jihatdan bo‘lib olishga urinadi. Masalan, vahhobiylar sobiq ittifoq hududidagi musulmon xalqlarning mustabid tuzum davrida ancha vaqt diniy ma’rifatdan uzilib qolganidan foydalanib, dinni o‘rgatish bahonasida o‘zlarining zararli g‘oyalarini odamlarning qaldi va ongiga singdirmoqchi bo‘ldi. Bu hol bizning mintaqamizda, xususan, O‘zbekiston hududida ham ko‘zga tashlandi. Lekin o‘zining qadimiy an’analariga, mumtoz qadriyatlariga ajdodlarining boy merosi va ma’naviyatiga ega bo‘lgan xalqimiz bunday “da’vat”larga uchmadi, milliy va umumbashariy qadriyatlar, mustaqil taraqqiyotimiz tajribalari va bugungi sivilizatsiya yutuqlari asosida o‘z mafkurasini ishlab chiqishga kirishdi. Bunday xavf-xatarga qarshi turish uchun xalqimizda, avvalo, yosh avlod qalbida mafkuraviy immunitetni shakllantirish taqozo etiladi. Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling