Iqtisodiy xavfsizlik
Download 0.49 Mb. Pdf ko'rish
|
Корхона-иқт.хавф-1
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3-MAVZU: REAL SEKTOR MAMLAKAT IQTISODIY XAVFSIZLIGINING ASOSI. INVESTITSIYALARNING IQTISODIY XAVFSIZLIKDAGI ROLI Maqsad
- Keys bilan ishlash bosqichlari
- Topshiriqni bajarish
Savollar:
1. Sizning fikringizcha ushbu maqolada muallif qanday muammoni ko‘tarib chiqqan? 2. Maqolada muammoni tasdiqlovchi qanday dalillar mavjud? 3. Vaziyatdagi beparvolik, loqaydlik tufayli vujudga kelgan salbiy illatlarni ajratib oling hamda ushbu muammoning kelib chiqish sababi nimada deb uylaysiz? 4. Muallif o‘z maqolasida muammoni oldini oldish yo‘llarini qanday bayon etgan? 5. Sizning fikringizcha ushbu muammoni qanday echish mumkin? 3-MAVZU: REAL SEKTOR MAMLAKAT IQTISODIY XAVFSIZLIGINING ASOSI. INVESTITSIYALARNING IQTISODIY XAVFSIZLIKDAGI ROLI Maqsad: olgan bilimlarni amaliy vaziyatda foydalanish Keys bilan ishlash bosqichlari - talabalarni ish matni bilan tanishtirish; - ishlarni tahlil qilish; - ish muhokamasini, muhokamani, taqdimotni tashkil etish; - munozara ishtirokchilarining bahosi; - munozara natijalarini sarhisob qilish. Topshiriqni bajarish: guruh bilan ishlashga mo’ljallangan, amaliy mashg'ulot darsida Bajarish muddati: 30 daqiqa Berilgan vaziyat Subsidiya (lot. subsidium — yordam, nafaqa, qo‘llab-quvvatlash) — davlat byudjeti, mahalliy byudjetlar mablag‘lari yoki maxsus fondlardan jismoniy va yuridik shaxslarga, mahalliy organlarga, boshqa davlatlarga beriladigan pul mablag‘i yoki natural shaklidagi yordam. Mablag‘lar ko‘rinishidagi aniq manzilli subsidiyalar, bevosita subsidiyalar, soliq yoki boshqa imtiyozlarni joriy etish bilvosita subsidiya deb ataladi. Subsidiyalar davlat tomonidan qaytarib olmaslik sharti bilan ajratiladi. Subsidiyalar iqtisodiyotni diversifikatsiyalash (tarkiban o‘zgartirish), eksportimportni muvozanatlab turish, fantexnika yangiliklarini o‘zlashtirishni yo‘lga qo‘yish, milliy sanoatni o‘stirish, ayrim hududlarni rivojlantirish, konversiya va boshqa maqsadlarda ajratiladi. Jahon bozoridagi narxni ushlab turish uchun bozorga qo‘shimcha tovarlarni chiqarmaslik zarur bo‘lganda davlat o‘z tovarlarini zaxiraga o‘tkazib turgan firmalarga subsidiya berib, tovarlarni saqlab turish harajatlarini qoplaydi. Davlatning iqtisodiy dasturlarida ishtirok etadigan korxonalar ham subsidiyaoladi. A davlat bir yilda 70 ta yengil sport samolyotini ishlab chiqaradi. Ulardan 20 tasi ichki iste'molga, 50 tasi esa eksportga chiqariladi. Erkin savdo sharoitlarida 1 ta samolyotning bahosi - 6000 doll. Hukumat tarmoqni rag‘batlantirish maqsadida har bir samolyotning qiymatidan 15% miqdorida subsidiya ajratadi. Natijada samolyotning ichki narxi 6450 doll.gacha oshdi, eksport narxi esa 5550 doll.ga kamayadi. Eksport hajmi 70 ta samolyotgacha o‘sdi. Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling