Iqtisodiy xavfsizlik
Keys “Shaxs iqtisodiy xavfsizligi'
Download 0.49 Mb. Pdf ko'rish
|
Корхона-иқт.хавф-1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Topshiriqni bajarish
Keys “Shaxs iqtisodiy xavfsizligi'
Maqsad: olgan bilimlarni amaliy vaziyatda foydalanish Keys bilan ishlash bosqichlari - talabalarni ish matni bilan tanishtirish; - ishlarni tahlil qilish; - ish muhokamasini, muhokamani, taqdimotni tashkil etish; - munozara ishtirokchilarining bahosi; - munozara natijalarini sarhisob qilish. Topshiriqni bajarish: guruh bilan ishlashga mo’ljallangan, amaliy mashg'ulot darsida Bajarish muddati: 30 daqiqa Berilgan vaziyat Shaxsning iqtisodiy xavfsizligi uning shaxsiy farovonligi, boyligi darajasidan, jamiyat va davlat miqyosida tutgan o’rnidan qat'iy nazar har bir inson hayot faoliyatining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Shaxsning iqtisodiy xavfsizligi shaxsning ijtimoiy jihatdan rivojlanishi, kamol topishi va hayotiy manfaatlarining kafolatli himoyalanishini ta'minlaydigan holatidir. Shu boisdan shaxsning iqtisodiy xavfsizligi har bir inson uchun hayotda muvaffaqiyat, farovonlikka erishganligining hamda jamiyatda barqaror mavqega ega bo’lganligining muhim ko’rsatkichi bo’lib xizmat qiladi. Shaxs iqtisodiy xavfsizligining ob'ekti shaxsning o’zi, uning huquq va burchlari, ayniqsa, iqtisodiy sohadagi manfaatlari hisoblanadi. Shaxs iqtisodiy xavfsizligining sub'ektlari quyidagilar hisoblanadi: - shaxs, ya'ni har bir insonning o’zi. Bunga sabab inson hayot faoliyatiga rahna, xavf soluvchi tahdidlarning asosiy qismi sub'ektiv tavsifga ega bo’lib, ularni shaxsning o’zi bartaraf etishi mumkin; - jamiyat. Jamiyatning ijtimoiy institutlari shaxsning ba'zi huquqlarining davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining aralashuvisiz ham kafolatli amalga oshirilishini ta'minlash imkoniyatiga ega bo’ladi; - davlat. Davlat o’zining har bir fuqarosini mamlakat hududida va undan tashqarida ham himoya qilishni kafolatlaydi. Shaxs manfaatlari, xavfsizligiga tahdidlar ko’p qirrali bo’lib, ular eng umumiy tarzda quyidagi guruhlarga bo’linadi: - shaxsning o’z oldiga noto’g’ri maqsadlarni qo’yishi, uni belgilashda xatoga yo’l qo’yishi; - boshqa, tashqi ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar tahdidi; - ichki ijtimoiy-iqtisodiy tizimda vujudga keladigan tahdidlar; - tabiiy tavsifdagi tahdidlar. Shaxs iqtisodiy xavfsizligining tarkibiy elementlari (komponentlari) va ularga xavf soluvchi tahdidlarning birmuncha keng qamrovli klassifikatsiyasi O.A.Stepicheva, V.V.Chernova, M.A.Kotelnikovalar tomonidan ishlab chiqilgan. Ular shaxsning iqtisodiy xavfsizligining oziq-ovqat va uy-joy bilan ta'minlanish, aholini takror ishlab chiqarish, huquqbuzarlik, sog’liqni saq’lash, ekologiya, mehnat munosabatlari, madaniyat va ta'lim, axborot bilan ta'minlanish, daromadlar bo’yicha tabaqalanish va moliyaviy xavfsizlik sohalaridagi shakllarini hamda ularning har biriga xavf soluvchi tahdidlarni tavsiflaganlar. Masalan, mualliflarning fikricha, oziq-ovqat ta'minotidagi shaxsning iqtisodiy xavfsizligiga asosiy oziq-ovqat mahsulotlari bo’yicha iste'molning haqiqiy holatining me'riy miqdoriga mos kelmasligi hamda ocharchilik, ya'ni oziq-ovqatlarga aholining ko’pchilik qismining iqtisodiy jihatdan ega bo’la olmaslik tahdidlari mavjud. Aholini takror ishlab chi?arish jarayonlaridagi shaxsning iqtisodiy xavfsizligiga aholi umumiy sonining kamayishi, ular sonida boqimandalar, ishlab chiqarishda band bo’lmagan aholi ulushining ko’payishi, ajralishlar va abortlarning hamda alkogolizmga (ichkilikka) huruj qo’ygan aholi sonining ko’payishi tahdidlar hisoblanadi Topshiriqni bajaring. 1. Quyida berilgan jadvalni tahlil qiling Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling