Topshiriqni bajarish: guruh bilan ishlashga mo’ljallangan, amaliy mashg'ulot
darsida
Bajarish muddati:
30 daqiqa
Berilgan vaziyat
Bojxona ittifoqi. Iqtisodiy integratsiyaning
bu shakli erkin savdo
hududlarining faoliyat qilishi bilan birga yagona tashqi savdo tariflari o‘rnatishni
va uchinchi mamlakatga nisbatan yagona tashqi savdo
siyosati yuritishni taqozo
qiladi. Ushbu integratsiya shakli turli mamlakatlarga turlicha ta'sir qiladi.
Muommoli vaziyat
A mamlakat B mamlakat bilan bojxona integratsiyasiga kirishgandan so‘ng
A mamlakatdan B mamlakatga avtomobil'eksporti bir yilda 1000 birlikka yetdi.
Avtomobillarning A mamlakatdagi bahosi 7000 doll.
Bojxona integratsiyasidan
so‘ng mamlakatdagi narx 6000 dollarga tushdi. Bojxona
integratsiyasidan avval
avtomobillar ishlab chiqarishning ichki hajmi bir yilda 1200
birlikni, undan so‘ng
esa bir yilda 1400 birlikni tashkil etdi. Bojxona integratsiyasidan
avval ichki
iste'mol bir yilda 2200 birlikni, undan so‘ng esa bir yilda 2400 birlikni tashkil etdi.
Keys bo‘yicha savollar va topshiriqlar:
a) kvota joriy qilinishidan ishlab chiqaruvchilarning yutug‘i aniqlang.
b) ushbu chora qo‘llanganda iste'molchilar yo‘qotishlari aniqlang.
v) davlat byudjeti daromadlari tahminiy o‘zgarishlarini aniqlang.
g) bunday integratsiyani qo‘llab-quvvatlaysizmi?
Do'stlaringiz bilan baham: