Iqtisodiy xavfsizlik
Download 0.49 Mb. Pdf ko'rish
|
Корхона-иқт.хавф-1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Keys: Pokiston xududiy xavfsizligi Maqsad
- Topshiriqni bajarish
Keys bo’yicha topshiriq
1. Sizningcha bo’lajak 10 yillikda xufyona iqtisodiyotni engib o’tish mumkinmi? 2. Turli xalq marosimlari xufyona iqtisodiyotga sabab bo’ladigan bo’lsa, uni engishda qanday qonunlar ishlab chiqqan ma'qul? 3. “Baliq skeleti” texnologiyasi asosida xufyona iqtisodiyotni tahlil qiling. Keys: Pokiston xududiy xavfsizligi Maqsad: olgan bilimlarni amaliy vaziyatda foydalanish Keys bilan ishlash bosqichlari - talabalarni ish matni bilan tanishtirish; - ishlarni tahlil qilish; - ish muhokamasini, muhokamani, taqdimotni tashkil etish; - munozara ishtirokchilarining bahosi; - munozara natijalarini sarhisob qilish. Topshiriqni bajarish: guruh bilan ishlashga mo’ljallangan, amaliy mashg'ulot darsida Bajarish muddati: 30 daqiqa Har qanday katta yoki kichik daryo bir qancha mamlakatlar hududidan oqib o‘tadi. Hozirgi paytda suv resurslari keskin qarama-qarshiliklarning ob’ektiga aylanmoqda. Pokiston hududidan oqib o‘tadigan ko‘pchilik daryo suvlari, shu jumladan asosiy suv havzasi bo‘lgan Hind daryosi Hindiston nazorati ostidadir. Mazkur mamlakatlar mustaqilligi e’lon qilingan 1948 yildan bir yil o‘tgach, Hindiston Pokistonning Panjob provinsiyasi dalalarini sug‘orishda foydalaniladigan kanallarni suv bilan ta’minlashni to‘xtatib qo‘ydi. Lekin, 1960 yilda Dehli va Islomobod Hind daryosi xavzasini rivojlantirish borasida kelishuvga erishdilar. Unga ko‘ra Hind daryosiga kelib quyiluvchi 3 ta g‘arbiy daryolar suvidan foydalanish huquqi Pokistonga, 3 ta sharqiy daryolardan foydlanish huquqi Xindistonga berildi. Dehli tomonining 2005 yil Chinob daryosida gidroinshoot qurilishi to‘g‘risida qabul qilingan qarori suv muammosini yana keskinlashuviga sabab bo‘ldi. Pokiston tomoni bunda 60-yildagi kelishuvni buzilganligini ko‘rdi. Bu muammoni hal qilish uchun ish xalqaro vositachi tashkilotga berildi va u o‘z qarorini chiqardi. Qarorning mazmuni sir saqlandi, lekin ayni paytda ikkala tomon ham bu qarorni o‘zining g‘alabasi deb baholadi. Aytish kerakki, ushbu mamlakatlar aloqalarida suv muammosi haligacha dolzarb bo‘lib qolmoqda. Mustaqil taraqqiyot yillarida Hindistonda aholi jon boshiga chuchuk suv miqdori deyarli uch marta, ya’ni 5 ming kub metrdan 1,8 ming kub metrga, Pokistonda esa deyarli 4 barobarga kamayib, 5,6 ming kub metrdan 1,2 ming kub metrga tushib qoldi. Ushbu ko‘rsatkichning xavfli chegarasi 1 ming kub metr. Ushbu ko‘rsatkich xavfli chegaradan tushib ketmasligi uchun qanday chora - tadbirlar ko‘rish kerak deb hisoblaysiz? |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling