Iqtisodiy xavfsizlik


Download 0.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/17
Sana27.10.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1726132
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
Корхона-иқт.хавф-1

Keys bo’yicha topshiriq
1. Sizningcha bo’lajak 10 yillikda xufyona iqtisodiyotni engib o’tish 
mumkinmi?
2. Turli xalq marosimlari xufyona iqtisodiyotga sabab bo’ladigan bo’lsa, uni 
engishda qanday qonunlar ishlab chiqqan ma'qul?
3. “Baliq skeleti” texnologiyasi asosida xufyona iqtisodiyotni tahlil qiling.
Keys: Pokiston xududiy xavfsizligi 
Maqsad: olgan bilimlarni amaliy vaziyatda foydalanish 
Keys bilan ishlash bosqichlari
- talabalarni ish matni bilan tanishtirish;
- ishlarni tahlil qilish;
- ish muhokamasini, muhokamani, taqdimotni tashkil etish;
- munozara ishtirokchilarining bahosi;
- munozara natijalarini sarhisob qilish.
Topshiriqni bajarish: guruh bilan ishlashga mo’ljallangan, amaliy mashg'ulot 
darsida
Bajarish muddati: 30 daqiqa
Har qanday katta yoki kichik daryo bir qancha mamlakatlar hududidan oqib 
o‘tadi. Hozirgi paytda suv resurslari keskin qarama-qarshiliklarning ob’ektiga 
aylanmoqda.
Pokiston hududidan oqib o‘tadigan ko‘pchilik daryo suvlari, shu jumladan 
asosiy suv havzasi bo‘lgan Hind daryosi Hindiston nazorati ostidadir. Mazkur 
mamlakatlar mustaqilligi e’lon qilingan 1948 yildan bir yil o‘tgach, Hindiston 
Pokistonning Panjob provinsiyasi dalalarini 
sug‘orishda foydalaniladigan 
kanallarni suv bilan ta’minlashni to‘xtatib qo‘ydi.
Lekin, 1960 yilda Dehli va Islomobod Hind daryosi xavzasini rivojlantirish 
borasida kelishuvga erishdilar. Unga ko‘ra Hind daryosiga kelib quyiluvchi 3 ta 
g‘arbiy daryolar suvidan foydalanish huquqi Pokistonga, 3 ta sharqiy daryolardan


foydlanish huquqi Xindistonga berildi. Dehli tomonining 
2005 yil Chinob 
daryosida gidroinshoot qurilishi to‘g‘risida qabul qilingan qarori suv muammosini 
yana keskinlashuviga sabab bo‘ldi. Pokiston tomoni bunda 60-yildagi kelishuvni 
buzilganligini ko‘rdi. Bu muammoni hal qilish uchun ish xalqaro vositachi 
tashkilotga berildi va u o‘z qarorini chiqardi. Qarorning mazmuni sir saqlandi, 
lekin ayni paytda ikkala tomon ham bu qarorni o‘zining g‘alabasi deb baholadi. 
Aytish kerakki, ushbu mamlakatlar aloqalarida suv muammosi haligacha dolzarb 
bo‘lib qolmoqda. Mustaqil taraqqiyot yillarida Hindistonda aholi jon boshiga 
chuchuk suv miqdori deyarli uch marta, ya’ni 5 ming kub metrdan 1,8 ming kub 
metrga, Pokistonda esa deyarli 4 barobarga kamayib, 5,6 ming kub metrdan 1,2 
ming kub metrga tushib qoldi. Ushbu ko‘rsatkichning xavfli chegarasi 1 ming kub 
metr.
Ushbu ko‘rsatkich xavfli chegaradan tushib ketmasligi uchun qanday chora -
tadbirlar ko‘rish kerak deb hisoblaysiz?



Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling