Iqtisodiy xavfsizlik


Download 0.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/17
Sana27.10.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1726132
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
Корхона-иқт.хавф-1

Savollar:
1.Sizning fikringizcha ushbu maqolada muallif qanday muammoni ko‘tarib 
chiqqan?
2.Maqolada muammoni tasdiqlovchi qanday dalillar mavjud?
3.Vaziyatdagi beparvolik, loqaydlik tufayli vujudga kelgan salbiy illatlarni 
ajratib oling hamda ushbu muammoning kelib chiqish sababi nimada deb uylaysiz?
4.Muallif o‘z maqolasida muammoni oldini oldish yo‘llarini qanday bayon 
etgan?
5.Sizning fikringizcha ushbu muammoni qanday echish mumkin?
5-MAVZU: MOLIYAVIY TIZIM VA UNING DAVLAT IQTISODIY 
XAVSIZLIGIDAGI ROLI. DAVLAT QARZI VA IQTISODIY 
XAVFSIZLIK. XUFYONAIQTISODIYOT: MOHIYATI VA KELIB 
CHIQISH SABABLARI VA BARTARAF ETISH YO‘LLARI
Maqsad: olgan bilimlarni amaliy vaziyatda foydalanish 
Keys bilan ishlash bosqichlari
- talabalarni ish matni bilan tanishtirish;
- ishlarni tahlil qilish;
- ish muhokamasini, muhokamani, taqdimotni tashkil etish;
- munozara ishtirokchilarining bahosi;
- munozara natijalarini sarhisob qilish.
Topshiriqni bajarish: guruh bilan ishlashga mo’ljallangan, amaliy mashg'ulot 
darsida
Bajarish muddati: 30 daqiqa 
Berilgan vaziyat


Kuchli ijtimoiy siyosat respublika iqtisodiyotini isloh qilishning eng muhim 
tamoyillaridan va mamlakat iqtisodiy xavfsizligini yo’nalishlaridan biridir. 
Ijtimoiy siyosat orqaligina shaxsning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlari ro‘yobga 
chiqishini ta'minlashga, oilalarning, har bir alohida insonning faravonligini 
yaxshilashga doir chora-tadbirlarning keng majmuasi amalga oshiriladi.
Barqaror jamiyat uchun bozor iqtisodiyotining ijtimoiy yo‘nalishi zaruriy 
holatdir. Bu inson manfaati, himoyasi, uning turmush darajasi, muammosidan 
kelib chiqib, jamiyat bozor munosabatlari kommunikatsiyalariga, ular yuzaga 
keltiradigan salbiy oqibatlarga befarq bo‘la olmaydi. O ‘zbekistonda aholini 
ijtimoiy 
himoyalash 
iqtisodiy 
islohotlar 
dasturidagi 
uzluksiz 
ustivor 
yo‘nalishlardan biriga, ya'ni islohotlarning hamma bosqichlarida ustivor 
hisoblanadigan vazifalar qatoriga kiradi. Shu tufayli O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son 
Farmoni bilan tasdiqlangan 2017-2021 yillarda O ‘zbekiston Respublikasini 
rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasining 
ustuvor yo‘nalishidan biri ijtimoiy sohani rivojlantirishdir.
Bugungi kunda oldimizga qo‘ygan buyuk maqsadlarimizga ezgu 
niyatlarimizga 
erishishimiz, 
jamiyatimizning 
yangilanishi, 
hayotimizning 
taraqqiyoti va istiqboli amalga oshirilayotgan islohotlarimiz, rejalarimizning 
samarasi taqdiri bularning barchasi, avvalambor, zamon talabiga javob beradigan 
yuqori malakali, ongli mutaxassis kadrlar tayyorlash muammosi bilan chambarchas 
bog‘liqligini barchamiz anglab yetmoqdamiz.
1997 yilda O ‘zbekistonda kadrlarni tayyorlash milliy dasturi qabul qilindi, 
mazkur dasturning maqsadi ta'lim sohasini tubdan isloh qilish uni o‘tmishdan 
qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to‘la xalos qilish, rivojlangan 
demokratik davlatlar darajasida yuksak ma'naviy talablarga javob beruvchi yuqori 
malakali kadrlar tayyorlash milliy tizimini yaratishdir. Ushbu maqsadni ro‘yobga 
chiqarish quyidagi vazifalar hal etilishini nazarda tutadi: - «Ta'lim to‘g‘risida» 
O‘zbekiston Respubliksi qonuniga muvofiq ta'lim tizimini isloh qilish davlat va 
nodavlat ta'lim muassasalari hamda ta'lim sohasida raqobat muhitini shakllantirish 
negizida ta'lim tizimini rivojlantirishni ta'minlash.Shuni aytib o‘tish kerakki, 
davlatning iqtisodiy rivojlanishida ijtimoiy omillarning rivojlanishi ustuvorligiga 
e'tibor qaratishi, aholining turmush farovonligini oshirishni ta'minlashi, ijtimoiy 
xizmatlar sohasida islohotlarning qonuniy asoslarini yaratishi kerak.
“Ijtimoiy himoyaning asosiy tamoyili har bir individumga yoki oilaga faqat 
ularning daromadi, farovonlik darajasi, ijtimoiy foydali mehnat sifati va 
davomiyligini baholash asosida yordam ko‘rsatishdir. Tizim kambag‘allik 
chegarasidan tashqarida yashovchilarni qo‘llab-quvvatlashi, ularga yordam 
ko‘rsatishi va ayni bir vaqtda fuqarolikning keksayganda va mehnat qobiliyatini 
yo‘qotganda o‘z ijtimoiy muhofazalarini ta'minlashga intilishlarini rag‘batlantirishi 
kerak”.
“Aholi farovonligini oshirish maqsadida joriy (2018) yilda ish haqi, pensiya, 
stipendiya va ijtimoiy nafaqalar miqdori o‘tgan yillarga nisbatan sezilarli ravishda 
oshirildi. Xususan, pedagog xodimlarning ish haqi so‘nggi 10 yilda birinchi marta 
50 foizgacha ko‘paytirildi.


Ko‘rilgan chora-tadbirlar tufayli aholining real umumiy daromadlari 2017 
yilga nisbatan 12 foizga oshdi”
Keysning ta'limiy maqsadi: loyiha davlatning ijtimoiy siyosatini bilish 
yuzasidan ko‘nikma va malakalarni rivojlantirish. Talabalap o‘tilgan mavzuni 
muctahkamlash maqcadida amaliy dapclapda ijtimoiy cohadagi ko‘rsatilayotgan 
manzilliylik ta'moilini va ijtimoiy xizmat ko‘pcatkichlapini yaxshilashdagi acociy 
vaziyatlapni tahlil qilishni o‘pganishdan ibopatdip.
Bepilgan keycni echish natijacida quyidagi o‘quv natijalapiga epishish 
mumkin:
>
davlat ijtimoiy soha tarmoqlarini rivojlantirish dasturlarini baholash va 
tahlil etish tushunchalapini pivojlantipish;
>
milliy daromad va milliy boylikni qayta taqsimlash dinamikacining taxlil 
etish.
>
rivojlangan bozor iqtisodiyoti mamlakatlarida ijtimoiy soha tarmoqlarida 
davlatning roli bo‘yicha ko‘nikmaga ega bo‘ladilap;
>
statistik ma'lumotlarni iqtisodiy tahlil qila olish;
>
aholining ijtimoiy muhofazaga muhtoj bo‘lgan toifalarini moddiy 
qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qaror qabul qilishni.
Olgan bilimlapi amaliy ish yopdamida muctahkamlanadi va amaliyotga 
bopganda qo‘llash ko‘nikmaci hocil bo‘ladi.
O‘zbekistonda ijtimoiy sohada amalga oshiralayotgan ishlar holatini aks 
ettiruvchi ma'lumotlar.
O‘zbekiston Resbulikasida davlat byudjeti xarajatlarida ijtimoiy sohalarni 
saqlash va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash xarajatlarining salmog‘i yuqori 
bo‘lmoqda. Xususan, bu turkum xarajatlar 2015-2020 yillarda jami byudjet 
xarajatlarining 58-57 foizini tashkil etgan. 2020 yilda ushbu xarajatlarning davlat 
byudjeti xarajatlaridagi ulushi 60,4 foiz bo‘ldi. Demak, ushbu sohaga qilinayotgan 
xarajatlar nominal miqdorlarda, shuningdek, umumiy xarajatlar salmog‘ida ham 
ortib bormoqda.
Mamlakatimizda davlat byudjetining ijtimoiy maqsadlardagi xarajatlari jami 
xarajatlarning 58-60 foizini tashkil qilsa-da, uning tarkibidagi bevosita aholini 
ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash xarajatlariga oxirgi yillarda davlat byudjetining 
o‘rtacha 6,1-5,4 foizi yo‘naltirilmoqda. Joriy yilda davlat byudjeti xarajatlarining 
tarkibi sifat jihatidan o‘zgardi. Hozirgi paytda davlat xarajatlari tarkibida kuchli 
ijtimoiy siyosat va aholini ijtimoiy himoya qilishni amalga oshirishni 
moliyalashtirish asosiy o‘rin tutdi.
Ijtimoiy ta'minot xarajatlarining ulushi 2015-2020 yillarda barqaror saqlandi, 
davlat byudjeti xarajatlarining 0,7 foizni tashkil qildi, 2017 yilda esa 0,9 foizni 
tashkil qilgan.



Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling