Iqtisodiyatni innavatsion rivojlanishi va uni raqobat bardoshligini oshirish istiqbollari
Fan-innovatsiya-investitsiya-ishlab chiqarish zanjiri va bu jarayonning xorijiy davlatlar tajribasi hamda uning respublikamizda foydalanish mumkin bo‘lgan jihatlari
Download 271.74 Kb.
|
2 5199650325237078761
2.3.Fan-innovatsiya-investitsiya-ishlab chiqarish zanjiri va bu jarayonning xorijiy davlatlar tajribasi hamda uning respublikamizda foydalanish mumkin bo‘lgan jihatlari
Respublikamizda innovatsion iqtisodiyotni taraqqiy ettirish bir qator o‘ziga xos yondoshuvlarni talab etadi. Bunda, ayniqsa, “fan-innovatsiya- investitsiya-ishlab chiqarish” zanjiri mazmunmohiyatini tahlil qilish va bu borada xorijiy davlatlar tajribasidan foydalanish juda ahamiyatlidir. Shunday ekan, “fan-innovatsiyainvestitsiya- ishlab chiqarish” zanjirining mazmun-mohiyatini ko‘rib chiqamiz. 1. Fan – yuqori malakali mutaxassis tayyorlovchi va ulardan foydalanuvchi ilg‘or-pedagogik va axborot texnologiyalarini ishlab chiqaruvchisi sifatida namoyon bo‘ladi hamda kadrlar tayyorlashda ilmiy tadqiqotga asoslangan tarkibiy qismi hisoblanadi. 2. Innovatsiya – (inglizcha innovationyangilik kiritish) bozorda sotilayotgan yangi yoki takomillashtirilgan mahsulot, amaliy faoliyatda foydalaniladigan yangi yoki takomillashtirilgan texnologik jarayon ko‘rinishida amalga oshirilgan innovatsion faoliyatning yakuniy natijasidir. 3. Investitsiya – cheklangan resurslar sharoitida iqtisodiyijtimoiy samara olish maqsadida milliy iqtisodiyotninng u yoki bu sohasiga kapital kiritish hisoblanadi. 4. Ishlab chiqarish – kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni, shuningdek, ularning tayyorgarlik sifati va saviyasiga nisbatan quyiladigan talablarni belgilovchi asosiy buyurtmachi, kadrlar tayyorlash tizimini moliya va moddiy-texnik jihatdan ta’minlash jarayonining qatnashchisidir. Respublikamizda ilm-fan zamonaviy va uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish o‘ta zarur hisoblanadi. Bu borada O‘zbekiston Resupblikasi Prezidenti SH.Mirziyoev aniq vazifalarni belgilab bergan jumladan, “... ilm-fan, zamonaviy va uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish zarur... shu sababli ta’lim sohasidagi davlat siyosati uzluksiz ta’lim prinsipiga asoslanishi...binobarin, inson kapitaliga e’tiborni kuchaytirishimiz, buning uchun barcha imkoniyatlarni safarbar etishimiz zarur.”; “... yuksak malakali mutaxassislar qancha ko‘p bo‘lsa, rivojlanish shuncha tez va samarali bo‘ladi...oliy ta’lim muassasalarida ilmiy salohiyatni yanada oshirish, ilmiy va ilmiypedagogik kadrlar tayyorlash ko‘lamini kengaytirish – eng muhim masalalardan biridir. Har bir ishlab chiqarish sohasida tarmoq ilmiy-tadqiqot muassasalari, konstruktorlik byurolari, tajriba ishlab chiqarish va innovatsion markazlar bo‘lishi maqsadga muvofiqdir. Biz mamlakatimizda investitsiyalarni faqatgina iqtisodiyot tarmoqlariga emas, balki ilmiy ishlanmalar “nou-xau”lar sohasiga ham keng jalb qilishimiz kerak.” “... mamlakatimiz uchun ilm-fan sohasidagi ustuvor yo‘nalishlarni aniq belgilab olishimiz kerak. Har bir davlat ilmfanning barcha sohalarini bir yo‘la taraqqiy ettira olmaydi. Shuning uchun biz ham har yili ilm-fanning bir nechta ustuvor yo‘nalishlarini rivojlantirish tarafdorimiz.” “...ilm-fan yutuqlarini elektron platformasini, mahalliy va xorijiy ilmiy ishlanmalar bazasini shakllantirish lozim. Har bir oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot dargohi nufuzli chet-el universitetlari va ilmiy markazlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishi shart.” Shunday ekan, respublikamizda keng ko‘lamli islohotlarni yanada rivojlantirish uchun innovatsion iqtisodiyotning taraqqiyotini xorijiy davlatlar tajribasida chuqur o‘rganish maqsadga muvofiqdir. Bu borada bugungi kunda xalqaro miqyosida tez va innovatsion asosda fan va texnologiya yutuqlariga asoslanib rivojlanayotgan Xitoy davlati tajribasi ayniqsa, ahamiyatlidir. Davlatning innovatsion siyosatning keng joriy etishi Xitoy iqtisodiy o‘sishining asosiy harakatlantiruvchi kuchiga aylandi. 1978 yildan beri Xitoyda fan va texnologiyalarni rivojlantirish bo‘yicha bir nechta islohotlarning o‘tkazilishi oliy ta’lim tizimining tez rivojlanishiga sabab bo‘ldi. O‘ttiz yil davomida amalga oshirilgan islohotlar o‘rtacha 9foiz iqtisodiy o‘sishga erishishga zamin yaratdi. 2010 yilda Xitoyning yalpi ichki mahsuloti Yaponiyanikidan o‘zib ketdi va Xitoy dunyoning ikkinchi eng yirik iqtisodiyotiga aylandi. 2014 yilga kelib Xitoyning yalpi ichki mahsuloti o‘n trillion dollardan oshib ketdi, jahonda faqatgina AQSH bu natijaga erishgan. Ammo 2008 yildagi moliyaviy inqiroz Xitoyning ishlab chiqarishga asoslangan iqtisodiyoti o‘sishini sekinlashtirdi, chunki u rivojlangan davlatlar texnologiyalarini o‘zlashtirar edi. Inqirozdan keyin Xitoy rivojlangan davlatlardan qaramligini kamaytirish maqsadida o‘z mahalliy innovatsiyalar infratuzilmasini rivojlantira boshladi. Ya’ni mahalliy tadqiqot institutlari va universitetlarning raqobatdoshligini kuchaytirish bo‘yicha islohotlar o‘tkaza boshladi. 2017 yilda Xitoy global innovatsiyalar indeksi bahosi bo‘yicha dunyoda 22o‘rinni egalladi. Global innovatsiyalar indeksining bilim va texnologiyalar natijalari ko‘rsatkichi bo‘yicha 2017 yilda to‘rtinchi o‘rinni egalladi. Xitoyning fan va texnologiyalarni rivojlantirish siyosati 1970 yillarda boshlanib to‘rt bosqichda rivojlandi:tajriba bosqichi; tizimli islohotlar;chuqur islohotlar;uzoq muddatli rejalashtirish;Tajriba bosqichi(1978-1985 yillar). 1980 yillarda Xitoy iqtisodiyoti va fan texnika taraqqiyoti rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotidan va ilm fanidan hali ancha orqada edi. 1960 yillarda o‘zlashtirilgan fan va texnologiyalarni rivojlantirishning Sovet modeli tadqiqot va ishlab chiqarishni birlashtirolmasligi aniq bo‘la boshladi. Islohotlar, avvalambor, tadqiqot institutlarning ba’zi qismlarini xususiylashtirish orqali boshlandi. Bu islohot tadqiqot institutlarini moliyalashtirishni osonlashtirdi va keyinchalik ularda muhim innovatsiyalarni yaratilishiga xizmat qildi. Xitoyning hozirgi ko‘pchilik texnologiya kompaniyalari o‘sha davrda tashkil topdi. Ularga kompyuter xizmatlari va mahsulotlari ishlab chiqaruvchi LenovoGroupLtd. ( avval Legend Computer) – Xitoy fanlar akademiyasi axborot texnologiyalar institutidan ajralib chiqqan korxona, raqamli texnologiyalar ishlab chiqaruvchi FounderGroupLtd. Konglomerati – Pekin universiteti loyixasi asosida yaratilgan korxona hisoblanadi. Tizimli islohotlar(1985-1995 yillar). 1985 yilda qabul qilingan “Fan va texnologiyada tizimli islohot” qonuni Xitoyda “tepadan pastga” ko‘rinishdagi islohotlarni o‘tkazilishiga olib keldi. Bu qonunning birlamchi maqsadi tadqiqot institutlari va tegishli sanoat tarmoqlari o‘rtasida aloqalarni kuchaytirish edi. Shu bilan birga, fan va texnologiyaning iqtisodiy ta’sirini oshirish maqsad qilingan edi. Bu qonunga asoslangan islohotlar natijasida Xitoy tabiiy fanlar jamg‘armasi tashkil etildi. Bu jamg‘arma amaliy tadqiqotlarni moliyalashtirish bilan shug‘ullana boshladi. Ilmiy tadqiqotlarni tijoratlashtirish uchun 863 dasturi(1986 yilda), Uchqun rejasi(1986 yilda), Shu’la rejasi(1988 yilda) va kichik va o‘rta korxonalar uchun mo‘ljallangan Shenjen qimmatli qog‘ozlar birjasi (1990 yilda) ishga tushirildi. Oliy ta’limni rivojlantirish maqsadida 1993 yilda Xitoy hukumati “211 loyixa” dasturini ishlab chiqib, amaliyotga joriy eta boshladi. Hukumat har bir viloyatning eng yetakchi universitetlarini qo‘llab quvvatlash uchun maxsus byudjet mablag‘larini ajrata boshladi. Shu vaqt davomida Xitoy fanlar akademiyasining “100 ta talant” dasturi shakllantirilib, xorijda bo‘lgan malakali milliy kadrlarga ta’lim sohasida ish taklif qilish va ularni vataniga qaytarish vazifasi qo‘yildi. Chuqur islohotlar fazasi(1996-2006 yillar). Besh yillik milliy byudjet rejasi va boshqa qator qarorlar fan va texnologiya sohasidi chuqur tizimli islohotlar fazasini boshlab berdi. Xitoyning asosiy strategiyasi “milliy iqtisodiyotni fan va ta’lim orqali yoshartirish” bo‘ldi. 1996 yilda hukumat “fan va texnologiyada bo‘ladigan ixtirolar va yangiliklar” to‘g‘risida qonun qabul qildi. Bu yangi siyosat uchta asosiy maqsadi: innovatsiyalarni yaratuvchi kuchni tadqiqot institutlaridan sanoat tarmoqlariga ko‘chirish; sanoat tarmoqlarining ilmiy ishlanmalarga investitsiyalarni sanoat tarmoqlarining innovatsion quvvatini kuchaytirish; ilmiy yangiliklarni tijoratlashtirishni yaxshilash; Shu davrda milliy innovatsion infratuzilmada to‘rtta muhim o‘zgarish yuz berdi. Jahon talablariga mos keluvchi Xitoy universitetlarin shakllantirish maqsadida “211 loyiha” dasturining davomi bo‘lgan “985 tashabbus” dasturi ishga tushirildi. Hukumat, shu bilan birga, Xitoy fanlar akademiyasida davlat institutlarida tadqiqot sifatini oshirish maqsadida “Bilim innovatsiya tashabbusi” dasturini ishlab chiqildi. Bundan tashqari davlat ilmiy tadqiqotlarni yanada qo‘llab quvvatlash maqsadida 973 dasturi va Yangzi daryosi olimlar dasturlarini ishlab chiqdi va shu orqali o‘qituvchi professorlarning ish haqini oshirish imkoniyati yaratildi. Uzoq muddatli rejalashtirish fazasi(2006-2014 yillar). 2006 yilda Xitoy markaziy boshqaruv apparati 2006-2020 yillarga mo‘ljallangan “o‘rta va uzoq muddatli milliy rivojlanish rejasi” ni qabul qildi. 2006 yilgi Milliy Rejada fan va texnologiyalarni rivojlantirish bo‘yicha ko‘rsatmalar, mustaqil innovatsiyalarni yaratish, muhim texnologik sohalarini tez rivojlantirish, asosiy infratuzilmani barpo etish kabilar qayd etib o‘tilgan. Bu rejada barqaror iqtisodiy o‘sishga erishish, innovatsiyalarni rivojlantirish strategiyalarini ishlab chiqish, innovatsion faoliyat quvvatini oshirishlarga alohida to‘xtalib o‘tilgan. Shu davrda davlat endi olib borayotgan siyosati samaradorligini baholash va joriy etilishini boshqarishga katta e’tibor qaratdi. Oldin ishlab chiqilan qonunlar va qarorlarning joriy etilishida anchagina kamchiliklar bo‘lib, ularni yagona tushunarli tarzda tizimlashtirishni talab etardi. 2011 yilda Xitoy hukumati qobiliyatli yoshlarni qo‘llab quvvatlash maqsadida “1000 ta iqtidorni ishga olish” dasturini ishga tushirdi. 2016 yilda bu dastur orqali 2000ga yaqin o‘z sohalarida yetakchi bo‘lgan olimlar Xitoyga qaytib keldi. 2012 yilda Xitoy o‘z oldiga 2020 yilgacha “eng innovatsion millat” bo‘lish maqsadini qo‘ydi. 2012 yilning oxirida o‘tkazilgan Kommunistik partiyaning 18 - majlisida milliy iqtisodiy rivojlanishda innovatsiyalar omili strategik ahamiyatga ega deb belgilandi. Xitoyning fan va texnologiyalarni rivojlantirishga qaratilgan oxirgi o‘ttiz yil davomida olib borgan siyosati innovatsion faoliyatni misli ko‘rilmagan darajada rivojlantirdi. 2002 yildan 2012 yilgacha Xitoyning YAIMi deyarli to‘rt barobar o‘sdi. Xitoy fan va texnologiyasi rivojlanishini ilmiy texnik ishlanmalarga yo‘naltirilgan investitsiyalar; innovatsiya natijalari-patentlar, mahsulotlar va ilmiy maqolalar; fan ta’limi hamda texnologik sohalarda iqtidorlarni yetishtirishda ko‘rishimiz mumkin. Fan va texnologiyaga yo‘naltirilgan investitsiyalar 2002 yilda YAIMning 1foiz dan 2012 yilda 2foizga o‘sdi. Sanoat tarmoqlarida ilmiy texnik ishlanmalarga kiritilgan investitsiyalar 2002 yilda jami investitsiyalarning 70foiz tashkil etgan bo‘lsa, 2012 yilda bu ko‘rsatkich 80foizga etdi. Xitoyda oxirgi yillarda patentlar bo‘yicha arizalar soni keskin ortdi. 2012 yildan beri Xitoy global innovatsiyalar indeksida mahalliy patentlar soni bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinni egallab turibdi. Xitoyda fan va texnologiyaning rivojlanishi ta’lim sohasi va malakali kadrlarni yetishtirish bilan birga bordi. Ta’lim sohasida o‘tkazilgan islohotlar ta’lim sifatini sezilarli oshirishga va universitetlarda o‘qiydigan talabalar sonini keskin oshishiga zamin yaratdi. Masalan, universitet va institut bitiruvchilari 2002 yilda 1 mln 300 ming kishini tashkil etgan bo‘lsa, 2012 yilda bu raqam olti millionni tashkil etdi. Universitetlarda iqtidorli talabalar sonining ko‘payishi Xitoyning innovatsion tizimining rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Shu bilan birga bu islohotlar iqtidorli yoshlarni yetishtrishda ham o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Masalan, “1000 ta iqtidor” dasturi xorijda bo‘lgan ko‘plab innovatsiyalarni yaratilishiga hissa qo‘shgan xitoylik iqtidorli olimlar va tadqiqotchilarni qaytarishga erishdi. Innovatsion jarayon bosqichlarini o‘rganishning turli usullari mavjud. Masalan, R.Norman innovatsion jarayonni ikki qismdan tashabbus va ijrodan iborat deb hisoblagan. J.Xeydj va M.Eykenlar esa innovatsion jarayonni to‘rtga bo‘lib o‘rganishni tavsiya etgan, bular: baholash; tashabbus; joriy etish;rutinizatsiya(uzluksiz ishlab chiqarish). Ba’zi olimlar innovatsion jarayonni tashkiliy kontekstda tahlil qilishadi. Masalan, J.Uilson uchta bosqichni ajratib ko‘rsatadi:konseptualizatsiya;taklif kiritish; qabul qilish va joriy etish.Tomsonning fikricha innovatsion jarayonning boshlanishiga quyidagi omillar ta’sir ko‘rsatadi: mavjud maqsadlar o‘rtasida uzilish; haqiqiy vaziyat; rivojlanish uchun qulay imkoniyat izlash.Shu va boshqa qarashlar innovatsion jarayonni turli jihatlarini yoritib beradi. Innovatsiyalarning ko‘p qirraliligi bu tushunchaga yagona universal ta’rif berish imkonini bermaydi. Bundan tashqari vaqt o‘tishi innovatsiyalar tarkibi va xususiyatlar o‘zgarib boradi, bu esa ilmiy tadqiqotlarni yanada qiyinlashtiradi. Xulosa Mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga Murojaatnomasida “Iqtisodiyotda boshqaruv tizimi eskirgani, innovatsion g’oyalarni qo’llab-quvvatlash bo’yicha samarali mexanizmlar o’z vaqtida joriy qilinmagani ham jiddiy muammo bo’lib qolmoqda. Shuningdek, texnologik qoloqlik, resurs va energiyani tejaydigan texnologiyalar, muqobil energiya manbalarini tatbiq etishning sustligi ham iqtisodiy taraqqiyot yo’lida to’siq bo’lmoqda”[1], deya ta’kidlab o’tgan. Shu o’rinda, milliy iqtisodiyotning raqobatdoshligini oshirish va dunyo bozorlariga chiqish, birinchi navbatda iqtisodiyotni izchil isloh etish, yuqori texnologiyalarga asoslangan yangi korxona va ishlab chiqarish tarmoqlarining jadal rivojlanishini ta’minlash hisobidan amalga oshirilishi mumkin. Boshqacha so‘z bilan aytganda, innovatsiya faoliyatini rivojlantirmay turib, iqtisodiyot raqobatbardoshligiga erishib bo’lmaydi. Innovatsiya atamasining mazmunidan kelib chiqib shuni aytish mumkinki, qachonki har qanday kashfiyotlar, yangi voqealar, xizmatlar va usullar turlari tarqalishiga qabul qilinsa, o‘shanda xalq ommasi tomonidan tan olinadi. Bunda yangilikning joriy etilishi yangilikni qo‘llash jarayonini bildiradi va yangilikning tarqatilishiga qabul qilinishi vaqtidan boshlab yangi sifat – innovatsiyaga aylanadi. Demak, innovatsiyani hayotga joriy qilishdan maqsad biror bir ijobiy natijaga erishishdir. Bundan shuni anglash mumkinki, innovatsiya sohasi o‘z-o‘zidan investitsiya sohasi bilan chambarchas bog‘liqdir. Milliy iqtisodiyotni rivojlantirish sharoitida innovatsion-investitsion faoliyatning ustuvor yo‘nalishlari sifatida quyidagilarni ko‘rishimiz mumkin: — korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlashni yanada jadallashtirish, zamonaviy, moslashuvchan texnologiyalarni keng joriy etish; — eksportga mahsulot chiqaradigan korxonalarning tashqi bozorlarda raqobatdosh bo‘lishini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish va eksportni rag‘batlantirish uchun qo‘shimcha omillar yaratish; — ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot tannarxini kamaytirishni rag‘batlantirish hisobidan real sektor korxonalarining raqobatdoshligini oshirish; — elektroenergetika tizimini modernizatsiya qilish, energiya iste’molini kamaytirish va energiya tejashning samarali tizimini joriy etish choralarini amalga oshirish; — ichki bozorda talabni rag‘batlantirish orqali mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash. Albatta, milliy iqtisodiyotni modernizatsiyalash, uning raqobatbardoshligini oshirishda innovatsiyalarning o‘rni beqiyos. Lekin mamlakatda innovatsiya faoliyatining tashkil etilishi va rivojlanishi uchun quyidagi shartlarning mavjud bo‘lishi va bajarilishi talab etiladi[2]: — davlat innovatsiya siyosati – O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati organlari tomonidan mamlakatning innovatsion strategiyasi maqsadlari va ustuvor innovatsion dasturlar va loyihalarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarining ishlab chiqilishi va belgilanishi; — investitsiya salohiyati – davlat, tarmoq, korxona va tashkilotning turli ko‘rinishdagi resurslar yig‘indisi (moddiy, moliyaviy, intellektual, ilmiy-texnikaviy, iqtisodiy va boshqalarni qamrab olgan holda); — innovatsiya sohasi – innovatsiyalarni yaratish va tarqatishni o‘z ichiga qamrab oluvchi innovatsiya mahsulot (ish, xizmat)larini ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilarning faoliyat sohalari; — innovatsiya infratuzilmasi – innovatsiya faoliyatining amalga oshirilishiga imkon beruvchi, ta’sir ko‘rsatuvchi turli muassasalar; — innovatsiya dasturi (korxona, tarmoq, hudud, davlat, mintaqa, davlatlararo) – innovatsiya loyihalari resurslari, ijrochilari va ularni amalga oshirish muddatlari bo‘yicha kelishilgan hamda yangi turdagi mahsulotlarni o‘zlashtirish va joylashtirish bo‘yicha vazifalarning samarali hal etilishini ta’minlovchi innovatsion loyihalar va tadbirlar kompleksi. Download 271.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling