Iqtisodiyot ” yo`nalishi 1-bosqich guruh talabasi asadbek Asomiddinovning


Birinchidan, mulkdorlar hamda ishchilar o`zlariga kerak bo`lgan iste'mol buyumlarini qaerdan oladilar? Ikkinchidan


Download 270.24 Kb.
bet8/9
Sana23.04.2023
Hajmi270.24 Kb.
#1384182
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
asadbek

Birinchidan, mulkdorlar hamda ishchilar o`zlariga kerak bo`lgan iste'mol buyumlarini qaerdan oladilar?
Ikkinchidan, ishlab chiqarishni takror olib borish va kengaytirish uchun ular ishlab chiqarish vositalarini qaerdan oladilar?.
Uchinchidan, ishlab chiqarilgan mahsulotning qaysi qismi mulkdor, tadbirkor va davlatning ehtiyojlarini qondira oladi?, degan savollar tug`iladi.Bu masalani hal etish uchun ichki milliy mahsulotning tarkibiy qismlarini bilish va tahlil qilish lozim.Chunki IMM ning har bir tarkibiy qismi ishlab chiqarishning muhim samarasi bo`lib hisoblanadi.
Sotsial-iqtisodiy ehtiyojlar va ularning tarkibi
Kishilik jamiyati insonlardan tarkib topgan. Inson esa barcha jonzodlarning eng oliysi. Uboshqa jonzodlardan o’zining aql idroki bilan ajralib turadi. U xayot kechirish uchun turliehtiyojlarini qondirishi shart, chunki busiz inson yashay olmaydi.Insonlarning yashashi,har tomonlama kamol topishi uchun zarur bo’lgan barcha ne’matlarularning hayotiy ehtiyojlarini tashkil etadi. Inson o’z extiyojlarini qondirish yo’lini qidiradi. Extiyojlarni qondirishi zarurligi, ya’ni yashash uchun kurash uni faollikka undaydi.Insonning ehtiyojlari xilma-xil.
U yashar ekan, ovqat eydi, kiyim-kechak kiyadi, bilim oladi, boshkalar bidan muloqotda bo’ladi, do’stlashadi va hokazo. Ehtiyojlar turli shakl xususiyat, sifat, belgi, miqdor va boshqa jihatlari bilan bir-biridan farqlanadi.
Har bir inson uchun o’zining qadr - qimmat o’lchovi mavjud Bir inson tomonidan qadrlangan,hayotiy ahamiyatga ega bo’lgan narsa ikkinchi bir kishi uchun hech qanday ahamiyatga ega bo’lmasligi mumkin. Ahamiyatiga ko’ra ehtiyojlarni tartibga solish u yoqda tursin, hamma insonlar uchun eng zarur bo’lganlarini ham sanab o’tish qiyin. Har bir inson uning uchun qaysi extiyojlar eng zarurligini o’zi belgilaydi. XX asr ko’pincha «axborot asri» deb atalgan. XXI asrga kelib axborotning ahamiyati yanada ortdi. Axborotni biz turli-tuman manbalardan olamiz. Masalan: radio, televidenie, gazeta va jurnal, kitob, global kompyuter tarmog’i internet kabilardan olamiz.Shu bilan birga «an’anaviy» axborot manbalari mavjud va doimo saqlanib qoladi. Ular ota-ona, qarindosh-urug’, do’st-birodarlar, qo’ni-qo’shni, tanishlar, tasodifiy uchrashgan odamlar va hokazo. Biz har daqiqada yangi axborot olamiz. Bizni atrofimizni o’ragan olam tabiatni kuzatib yangi-yangi ma’lumotlar olamiz. Bizni organizmimiz axborot qabul qilishning doimiy manbai. Aynan axborot bizni barcha ehtiyojlarimizni shakllantiradi.
Bizni barcha odatlarimiz, his-tuyg’ularimiz, bilim va hayot tajribamiz, u yoki bu narsaga baho berishimiz, avvaldan o’ylagan yoki beixtiyor hohish-istaklarimiz - barcha-barchasining asosida his-tuyg’ularimiz, nerv tomirlarimiz orqali organizmimiz qabul qilgan axborot yotadi. Yangi axborot yangi ehtiyojlarni vujudga keltiradi, mavjudlarini tubdan o’zgartiradi. Axborot insonni beixtiyor harakatga solishi yoki natijasini ko’z o’ngiga keltirgan yoki aniq bilgan, tushungan holdagi hatti-harakatini boshqarishi mumkin. Fan-texnika taraqqiyoti, yangi-yangi ixtirolar tufayli yangi tovarlar ishlab chiqariladi, xizmatlar ko’rsatiladi. Ilgari bunday tovarlar bo’lmagani uchun ehtiyojlar ham bo’lmagan.
Xulosa
Demak chegaralangan resurslar doirasida hamma ehtiyojlarni bir vaqtning o`zida bir yo`la qondirib bo`lmaganidan ishlab chiqarish imkoniga qarab, u yoki bu ehtiyojlarni qondirishning optimal darajasini tanlab olish kerak bo`ladi. Resurslar sarfining birligidan olingan natija ko`paysa, ehtiyoj yaxshi qondiriladi.Resurslarning tejalishi ular sarfining yaratilgan mahsulot va xizmatlar birligiga nisbatan qisqarishi demakdir. Jamiyatning moddiy ehtiyojlari korxonalar va davlat muassasalari ehtiyojlarini ham o‘z ichiga oladi. Korxonalarga ishlab chiqarish maqsadlarini amalga oshirish, ya’ni tovarlar ishlab chiqarish uchun ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchi kerak. Davlat, jamoa va xususiy korxonalar, mamlakat aholisining umumiy ehtiyojlarini aks ettirib, avtomobil va temir yo‘llari, maktablar, kasalxonalar qurilishiga xizmat qiladi.


Download 270.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling