Iqtisodiyot asoslari
Download 1.24 Mb. Pdf ko'rish
|
iqtisodiyot asoslari
Bozor tuzilmasi va nomukammal raqobat Mukammal raqobatli bozor uchun xos bo’lgan sifatlar asosida faoliyat yurituvchi bozorlarni deyarli uchratib bo’lmaydi. Mukammal raqobat va monopoliya – bozor tuzilmalarining ikki qutbiy tipidir. Na monopolistik, na mukammal raqobatli hisoblanmaydigan bozorlar monopolistik raqobat nazariyalari va oligopoliya nazariyalari orqali ko’rib chiqiladi. Bu nazariyalar korxonalarda o’z mahsulotini tabaqalashtirish (differensasiya) uchun rag’batning vujudga kelishini, hamda narx belgilashda hamkorlikda faoliyat yuritish uchun omillarning paydo bo’lishini tushuntirib beradi. Monopolistik raqobat, ham mukammal raqobatli va hamda monopoliya unsurlariga ega bo’lgan bozor tuzilmasi bo’lib hisoblanadi. Monopolistik raqobat eng avvalo quyidagi jihatlar bilan tavsiflanadi: • birinchidan, mahsulotni tabaqalashtirish (alohidalashtirish). Har bir korxona, boshqa korxona mahsulotlaridan farq qiluvchi mahsulot ishlab chiqaradi; • ikkinchidan, mahsulotni alohidalashtirish natijasida, ishlab chiqa-ruvchi 38 tomonidan olingan, monopol xokimiyatning ma’lum bir ulushiga egalik qilish; • uchinchidan, mijozlar safining barqarorligi; Agar, mahsulot narxi ko’tarilsa, firma o’z xaridorlarining hammasini yo’qotmaydi. Monopolistik raqobatli firma mahsulotiga talab egiluvchanlik tavsifiga ega bo’lmaydi. Biroq, o’xshash mahsulotlarni sotuvchilarning ko’pligi, talab egri chizig’iga egiluvchanlik tavsifini beradi; • to’rtinchidan, bozorda mustaqil harakat qiluvchi, raqiblarga farqsiz munosabatlarda bo’lish; • beshinchidan, tarmoqka kirish uchun, jiddiy to’siqlarning yo’qligi. Monopolistik raqobatning iqtisodiyotga ta’sirini baholagan holda, bir qator holatlarni hisobga olish zarur: 1. Bu bozor tuzilmasida resurslar samarali taqsimlanmaydi, jamiyat, qanchalik ko’p mahsulot ishlab chiqarilsa, shuncha naf ko’rgan bo’lur edi. 2. Firmalar ishlab chiqarish o’lchamlari o’sishi ustivorliklaridan foydalanmaydilar. Iste’molchilar bozorda sotuvchi topish uchun o’zlarini ko’p urintirmaydilar, chunki bozorda korxonalar soni ko’p bo’ladi. Ko’rsatilgan bozor tuzilmasi uchun narxdan tashqari raqobat xosdir. Monopolistik raqobatli firma boshqa ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlaridan farq qiluvchi mahsulot Yaratish rag’batiga ega bo’ladilar. Shu tahlit, korxona qisqa muddatli davrda talab egri chizig’ini o’ng tomonga siljitish va foydani ko’paytirish imkoniga ega bo’ladi. Narxdan tashqari raqobatning muhim vositasi reklama hisoblanadi. Download 1.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling