Trest
- bunday birlashmaga a’zo bo’lgan korxonalar o’z faoliyatlarini to’liq
trest idoralari orqali yuritadilar.
Konsern
- ko’p tarmoqli korxonalar faoliyatining monopol-lashuvini ifoda
etadi.
Monopolistik faoliyat yuritishning yana bir shakli
kombinat
bo’lib, bu bir
turdagi ishlab chiqarish tarmoqlariga oid bo’lgan korxonalar birlashmasidir.
Kombinatlar asosan bir tarmoqqa oid bo’lgan ishlab chiqarish korxonalari
birlashishida ifodalanadi va kombinat faoliyat-ining kengayishi
gorizontal
yo’nalishda amalga oshadi. Ayni paytda kombinat miqyosida
vertikal
ravishda
ham integrasiya amalga oshiriladi. Bu diversifikasiya jarayonining bir qismi bo’lib,
ilgari kombinat bir mahsulot turini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bo’lsada,
keyingi davrlarda uning boshqa ishlab chiqarish tarmoqlari va xizmat ko’rsatish
sohalariga kirib borishida ifodalanadi.
Monopolistik faoliyat yuritish uchun ishlab chiqarishning diversifikasiyasi
xos bo’lib, diversifikasiya asosan kapitalning to’planuvi va markazlashuvi asosida
amalga oshadi. Birinchi holatda, monopolistik korxona o’z jamg’armalaridan
foydalanish hisobiga boshqa tarmoq ishlab chiqarishlariga kirib borsa, ikkinchi
holatda esa, tarmoqda faoliyat yurituvchi korxonalarning aksiyalarini sotib olish
bilan ularning ishlab chiqarish faoliyatlari ustidan nazorat o’rnatiladi.
Ingliz iqtisodchisi M. E. Porterning tadqiqotlariga ko’ra, ma’lum bozordagi
raqobat holatini quyidagi beshta raqobat kuchi bilan tavsiflash mumkin:
1. Raqobatlashayotgan sotuvchilar o’rtasidagi musobaqalashuv.
2. Narx nuqtai nazaridan raqobatbardosh va o’rin bosar bo’lgan tovarlar
o’rtasidagi raqobat.
3. Yangi raqiblarning paydo bo’lish xavfi.
4. Bozorga tovar va xizmatlarni etkazib beruvchilarning iqtisodiy salohiyati
Do'stlaringiz bilan baham: |