42
mavjud bo’lib, korxonalar o’rtasidagi raqobat kurashi inkor etilar edi. Shuning
uchun bu fikrimizni asoslash maqsadida prezidentimizning
quyidagi fikrlarini
keltirib o’tamiz:
“Biz iqtisodiy islohotlar strategiyasi va yo’lini shakl-lantirish,
mexanizmini chuqur o’rganishimiz kerak. Bunda biz markaz-lashtirilgan
ma’muriy - buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga
o’tish - eski xo’jalik yuritish mexanizmini shunchaki yangilash yoki
takomillashtirish emas, balki bir sifat holatidan, ikkinchi sifat holatiga o’tish
ekanligini qayta - qayta ta’kidladik. Bu bir iqtisodiy munosabatlar va
tashkiliy boshqaruv tuzilmalarining boshqa iqtisodiy munosabatlar va
tashkiliy boshqaruv tuzilmalari bilan almashinuvidir.”
(I. A. Karimov
"O’zbekiston buyuk kelajak sari" T. " O’zbekiston" 1998y. 186- b.)
Milliy iqtisodiyotda raqobatchilik muhitini qaror toptirish, korxonalarning
iqtisodiy erkin faoliyat yuritishlarini ta’minlash uchun, birinchi navbatda, xususiy
mulk manfaatlarini har tomonlama qo’llab
-
quvvatlash, iqtisodiy
taraqqiyotimizning kafolati bo’lgan mulkdorlar sinfining
qaror topishiga
ko’maklashish lozim bo’ladi. Bu haqda, prezidentimiz quyidagi fikrlarni ilgari
suradilar:
Do'stlaringiz bilan baham: