- o’z ishlab chiqarishimizni MDHning boshqa respublikalaridan va import
bo’yicha keltiriladigan xom-ashyo, yoqilg’i, butlovchi buyumlar, texnologik
asbob-uskunalar, shuningdek respublikaning o’zi ishlab chiqarishi mumkin
bo’lgan tayyor mahsulotlarga bog’liqligini kamaytirish;
- tez o’sib borayotgan mehnat resurslarining birinchi navbatda Yoshlarning
ish bilan ta’minlanishiga, xalqning tarixiy an’analari va ko’nikmalariga,
ishlab chiqarishni texnikaviy tashkil etishning zamonaviy talabalariga javob
beruvchi mehnat sarflanadigan sohalarini Yaratish;
- qishloq xo’jaligi xom - ashyosi va mineral resurslarni to’la qayta ishlashga,
raqobatga qobil tayyor mahsulot ishlab chiqarishni ko’zlab texnologik
siklning tugallanganligi darajasini oshirish;
- respublikaning eksport imkoniyatlarini oshirishga, uning valyuta bilan
to’lov qobiliyatini mustahkamlashni hal etishga bo’ysundirishni ko’zda
tutadi. Un-yorma, meva sabzavot, go’sht-sut, vinochilik sanoatida quvvatlarni
ko’paytirish va yangilash oziq - ovqat xom - ashyosi ishlab chiqarish
hajmlarini kengaytirish, o’z ishlab chiqarishimiz hisobidan aholining oziq-
ovqat mahsulotlari bilan ta’minlanishini yaxshilash imkonini beradi... qishloq
xo’jaligi mashinasozligi dehqon (fermer) va tomorqa xo’jaliklari, chorvachilik
va oziq - ovqat ekinlari etishtirish uchun texnika va ixcham mexa-nizasiya
vositalari ishlab chiqarishga qisman qayta ixtisoslashtirishni amalga oshirish
kerak bo’ladi. Xalq xo’jaligining xom - ashyoviy yo’nalishini bartaraf etish
respublika iqtisodiyotining barqaror bir maromda rivojlanishini ta’minlash
imkonini beradi, ish bilan ta’minlanmagan mehnat resurslarini ishlab
chiqarishga jalb etishga, kadrlarning kasb darajasini oshirishga, mahsulotni
Do'stlaringiz bilan baham: |