Bozorda turli, istalgan aniq mahsulot, resurslarni erkin holda sotuvchi va
sotib oluvchilarning mavjudbo’lishi;
-
Sotuvchi va xaridorlarning turli bozorlar yoki tarmoqlar doirasida erkin
harakatda bo’lishi va istalgan paytda tarmoq yoki bozorni tark eta olish
imkoniyatlarining mavjudligi.
Raqobatning mohiyati shundan iboratki, har bir sotuvchi bozordagi juda ko’p
miqdordagi sotuvchilar ishtirokida o’zining nisbatan kichik hissasi bilan umumiy
taklifga ta’sir ko’rsata olmaydi. Ko’rinib turibdiki, sotuvchi yakka holda tovar yoki
xizmat narxini o’zgartira olmaydi. Raqobat kurashi bozorda hukmronlikni inkor
etadi, erkin iqtisodiy harakatda bo’lishni talab etadi. Raqobat kurashi shaxsiy
manfaatlarni shunday yo’naltiradiki, natijada jamiyat manfaatlarining ro’yobga
chiqarilishi ta’min etiladi.
Halol raqobat:
-
qalbaki bellashuv, majburiy safarbarlikni tan olmaydi;
-
boqimandalik, befarqlik, yuzakichilik, ko’zbo’yamachilik, kabi salbiy hollarga
barham beradi;
-
qarindosh - urug’chilikni, tanish - bilishchilikni, ma’muriy- buyruqbozlikni tan
olmaydi.
Raqobat shunday omilki, u:
-ishlab chiqaruvchilarni ishlab chiqarish jarayoniga yangi texnika va
texnologiyalarni joriy etishga undaydi;
-tadbirkorlikni rivojlantiradi;
-ish bilan band xodimlarning ma’suliyatini va ish sifatini oshiradi;
-qattiq mehnat intizomini o’rnatadi;
-ichki bozorlarning tovarlar bilan ta’minlanishida va narxlarning
arzonlashuvida muhim o’rin tutadi.
Raqobatning iqtisodiy mazmuni to’g’risida etarlicha tasavvurga ega bo’lib,
monopoliyalarning vujudga kelishi va faoliyat yuritish asoslari to’g’risida fikr
yuritishimiz mumkin.
Monopoliyalar
raqobatga zid bo’lgan iqtisodiy tushuncha
bo’lib, ular orqali ishlab chiqaruvchi yoki xizmat ko’rsatuvchining tovar va
xizmatlar bozorida hukmronlikka intilishi ifoda etiladi
Monopoliyalar
ivojlanishi ma’lum tarixiy davrni o’z ichiga oladi. Monopoliyalarning
shakllanishiga XIX asrning oxiri XX asrning boshlarida fan va texnika taraqqiyoti
yutuqlarini ishlab chiqarishga jalb etilishi katta turtki berdi va yirik ishlab
chiqarish korxonalarining shakllanishiga sabab bo’ldi.
Raqobat kurashi to’g’risida to’liqroq tasavvurga ega bo’lish uchun, turli
iqtisodiy tizimlarda raqobat kurashining tavsiflanishini taqqoslab ko’raylik:
Do'stlaringiz bilan baham: |