Iqtisodiyot asoslari
“Buning uchun korxona va fuqarolarga keng iqtisodiy erkinlik
Download 1.24 Mb. Pdf ko'rish
|
iqtisodiyot asoslari
“Buning uchun korxona va fuqarolarga keng iqtisodiy erkinlik
berish, ularning xo’jalik faoliyatiga davlatning bevosita aralashuvidan voz kechish, iqtisodiyotni boshqarishning ma’muriy - buyruqbozlik usullarini bartaraf etish, iqtisodiy omillar va rag’batlantirish vositalaridan keng foydalanish. Iqtisodiyotda moddiy, tabiiy va mehnat resurs-laridan samarali foydalanishni ta’minlaydigan chuqur strukturaviy o’zgarishlar qilish, raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarish. Ishlab chiqarishning pasayib borishiga barham berish, moliyaviy ahvolning barqarorlashuvini ta’minlash iqtisodiy islohotlarni ro’yobga chiqarishning g’oyat muhim sharti bo’lmog’i kerak.” (I.A.Karimov O’zbekiston buyuk kelajak sari" T."O’zbekiston"1998y. 189-b.) Monopolistik, nomukammal raqobat doim mavjud bo’lib kelgan, biroq, XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida monopoliyalarning vujudga kelishi bilan, yanada kuchaydi. Ushbu davrda, kapitalning jamg’arilish va markazlashuv jarayoni kechadi, hissadorlik jamiyatlari vujudga keladi, tabiiy, moddiy va moliyaviy resurslar ustidan nazorat o’rnatiladi. Monopolistik faoliyatning asosiy belgilari bo’lib, monopol narxlar va monopol foyda bo’lib hisoblanadi. Korxonaning monopol mavqei, korxonaning noYob resurslarga egalik qilishi tufayli, "tabiiy" ham bo’lishi mumkin, biroq, korxonalar sun’iy tarzda, tashkiliy usullarni qo’llab ham, monopoliyalarni tashkil etishlari mumkin. Ba’zi holatlarda davlat ma’lum bir ijtimoiy ne’matlarni ishlab chiqarishni o’z qo’lida ushlab turish maqsadida, monopolistik faoliyat yuritadi. Davlat monopoliyasi asosan davlat va jamiyat ahamiyatiga ega bo’lgan neft’ va gaz, energetika komplekslari, temir yo’llar, havo yo’llari va ayrim sanoat ishlab chiqarish sohalarida mavjud bo’ladi va ularning faoliyati davlat boshqaruv organlari rahbarligida amalga oshiriladi. Amaliyotda monopolistik faoliyat yuritishning bir qator keng tarqalgan kartel’, konsern, sindikat kabi shakllari mavjud: 43 Kartel’ - ishlab chiqarishning bir tarmog’iga asoslangan korxonalar birlashmasini ifoda etadi. Kartelga a’zo bo’lgan korxonalar mustaqil ish yuritadilar, ishlab chiqarish xarajatlari va ishlab chiqarilgan mahsulotga ham egalik qiladilar. Lekin, birlashmaga a’zo bo’lgan korxonalar monopol foyda olish uchun, mahsulot ishlab chiqarish, sotish baholari to’g’risida kelishib oladilar. Sindikat birlashmasidagi korxonalar tijorat sohasida o’zaro kelishadilar, garchan ishlab chiqarishni mustaqil yuritsalarda, qolgan sohalarda buyurtmalarni taqsimlash, xom-ashyo sotib olish ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotish tijorat bitimlariga muvofiq amalga oshiriladi. Download 1.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling