44
b) oligopolistik raqobat farqlanadi.
2.Tovarning tabaqalanganlik darajasiga muvofiq:
a)
bir turli raqobat;
b) gomogen va ko’p turli raqobat (tovarning tabaqalashuvisiz);
s) geterogen raqobat farqlanadi.
3.Tarmoqqa kirib borish erkinligi darajasi jihatidan:
a) ochiq raqobat;
b) yopiq raqobat farqlanadi.
4. Qo’llaniluvchi harakatlarga bog’liq tarzda:
a) narx bo’yicha raqobat;
b) g’ayrinarxiy raqobat farqlanadi.
Raqobatning amalda bo’lish shakllariga mos tarzda bozor turlari farqlanadi.
Bu haqda quyidagi jadvalni o’rganib to’liq xulosaga kelishimiz mumkin bo’ladi.
Bozor tuzilmalarining turli xillarda bo’lishiga qaramay to’rtta raqobatga
asoslangan bozor modellari farqlanadi:
1. Sof yoki mukammal raqobatga asoslangan bozor.
2. Monopolistik raqobatga asoslangan bozor.
3. Oligopolistik raqobatga asoslangan bozor.
4. Sof monopolistik raqobatga asoslangan bozor.
Sof mukammal raqobat,
bozor iqtisodiyoti sharoitida turli firmalar bir xil
tovarlarni ishlab chiqarishida
va uni sotishida, ifodalanadi. Ular o’z mahsulot va
xizmatlarini, hech qanday tashqi kuchlar ta’sirisiz talab va taklif qonunlari ta’siri
ostida bozorga taklif etadilar va bozorda tarkib topgan narxlar asosida sotadilar.
Firmalarning ishlab chiqarish jarayonidagi harakatlari erkin ko’rinishda amalga
oshadi. Biz erkin
raqobatni tahlil etar ekanmiz, uning uchun
quyidagi xususiyatlar
xos ekanligini ta’kidlab o’tmoqchimiz:
Do'stlaringiz bilan baham: