Iqtisodiyot asoslari


IQTISODIY ATAMA VA TUSHUNCHALAR


Download 1.24 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/87
Sana15.02.2023
Hajmi1.24 Mb.
#1200698
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   87
Bog'liq
iqtisodiyot asoslari

IQTISODIY ATAMA VA TUSHUNCHALAR 


Avuar - to’lovlarni amalga oshirish mumkin bo’lgan, bankning xorij banklarida 
mavjud bo’lgan pul mablag’lari. 
Agrosanoat majmui - qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish va unga 
xizmat ko’rsatish bilan shug’ullanuvchi tarmoqlar majmuidan iborat bo’lgan, 
iqtisodiyotning alohida sohasi. 
Agrar munosabatlar - qishloq xo’jaligi ishlab chiqarish jarayonida erdan 
foydalanish yuzasidan kelib chiqadigan iqtisodiy munosabatlar. 
Akselerator - kapital qo’yilmalarining hajmi ishlab chiqarish hajmlari 
o’zgarishiga bog’liq bo’lgan, iqtisodiyot modeli. 
Aktiv - korxona mulkining pul mablag’lari ko’rinishidagi ifodasi. 
Aksiz - tovar narxiga ustama sifatida iste’mol tovarlariga belgilanuvchi egri 
soliqlarning bir ko’rinishi. 
Antiinflyasion siyosat - davlatning inflyasiya sur’atlarini pasaytirishga qaratilgan 
chora - tadbirlari va vositalari majmui. 
Amortizasiya - asosiy fondlar qiymatini, ular vositasida ishlab chiqariladigan 
mahsulot va xizmatlar tannarxiga asta - sekinlik bilan o’tkazish, hamda eskirgan 
asosiy fondlarning o’rnini keyinchalik qoplash maqsadida pul mablag’larini 
jamg’arish. 
An’anaviy iqtisodiyot - iqtisodiy faoliyatni jamiyatda mavjud an’analar, udumlar 
asosida tashkil etishga asoslangan iqtisodiy tizim. 
Aralash iqtisodiyot - mulkchilikning barcha shakllari teng huquqliligi va bozor
an’anaviy, rejali iqtisodiy tizimlarning ma’lum bir tamoyillari asosida 
rivojlanuvchi iqtisodiy tizim. 


Balans - u yoki bu iqtisodiy jarayonlarning ma’lum bir tomonlarini taqqoslash 
yo’li bilan tavsiflovchi ko’rsatkichlar tizimi; daromadlar va xarajatlar o’rtasidagi 
farq. 
Bazis qiymat - boshqa ko’rsatkichlar o’lchamlarini aniqlashda asos sifatida 
foydalaniluvchi qiymat. 
Bank - vaqtincha bo’sh turgan pul mablag’larini jamlash va ushbu asosda pul 
mablag’lariga ehtiyoj sezuvchilarga kredit berish va shu kabi pul mablag’lari 
harakati bilan bog’liq operasiyalarni amalga oshiruvchi moliya - kredit muassasasi. 

Download 1.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling