Iqtisodiyot asoslari


Download 1.24 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/87
Sana15.02.2023
Hajmi1.24 Mb.
#1200698
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   87
Bog'liq
iqtisodiyot asoslari

P 
Pozitiv iqtisodiyot - ob’ektiv iqtisodiy voqelikni tahlil etishga asoslangan 
iqtisodiyot. 
Pul - barcha tovar va xizmatlarga ayriboshlana olish xususiyatiga ega bo’lgan 
umumiy ekvivalent tovar. Pul qiymat o’lchovi, muomala vositasi, to’lov vositasi, 
jamg’arish vositasi, jahon puli vazifalarini bajaradi. Tovar pullar, ramziy pullar, 
elektron pullar farqlanadi. 
Patent - ixtirochilik huquqini tasdiqlovchi va unga yoki patentni sotib olgan 
shaxsga ixtirodan tanho o’zi foydalanish huquqini beruvchi hujjat. 
Progressiv soliq - daromadning o’sib borishi bilan soliq miqdorining ham o’sib 
borishiga asoslangan, soliq.


71 
Proteksionizm - milliy iqtisodiyotni xorijiy ishlab chiqaruvchilar tazyiqidan 
himoya qilishga qaratilgan davlat siyosati. Prteksionizm birinchi navbatda xorijiy 
tovarlarni mamlakatga olib kirishni to’g’ridan - to’g’ri yoki egri yo’llar bilan 
cheklashda ifodalanadi. 
Pul - kredit siyosati - pul muomalasini tartibga solish orqali makroiqtisodiy 
barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan davlatning iqtisodiy siyosati. Pul - kredit 
siyosati quyidagi vositalar orqali amalga oshiriladi: 

ochiq bozorlarda operasiyalar o’tkazish; 

majburiy zahiralarni o’zgartirish; 

hisob stavkalarini o’zgartirishga asoslangan diskont siyosati. 
Pul massasi - iqtisodiyotda mavjud bo’lgan umum qabul qilingan to’lov 
vositalarining umumiyligi. 
Pul tizimi - tarixan tarkib topgan, qonunchilik asosida mustahkam-langan pul 
muomalasini tashkil etish tizimi. 


Rant’e - qimmatli qog’ozlardan olinuvchi daromadlar va foizlar hisobiga hayot 
kechiruvchi shaxs. 
Raqobat - ishlab chiqaruvchilar va xizmat ko’rsatuvchilar o’rtasida bozorda ustun 
mavqega ega bo’lish, yuqori foyda olish maqsadida olib boriluvchi iqtisodiy 
kurash. Raqobat bozor iqtisodiyotining asosiy harakatlantiruvchi kuchi 
hisoblanadi. 

Download 1.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling