Iqtisodiyot asoslari


Download 1.24 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/87
Sana15.02.2023
Hajmi1.24 Mb.
#1200698
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   87
Bog'liq
iqtisodiyot asoslari

To’lov balansi - mamlakatning ma’lum davr mobaynida tashqi dunyo 
mamlakatlari bilan amalga oshirgan iqtisodiy aloqalari natijalarini aks ettiruvchi 
balans ko’rinishidagi hujjat. 
Tezavrasiya - aholi tomonidan inflyasiya sharoitida pullarning qadrsizlanishidan 
sug’urtalanish maqsadida oltin va qimmatbaho zargarlik buyumlarining 
jamg’arilishi. 


Ulgurji narx - tovar va xizmatlarni ko’tarasiga savdo qilishda qo’llaniluvchi narx 
turi. Ulgurji narx ishlab chiqarish sarflari va savdo ustamasini o’z ichiga oladi. 
Umumiy xarajatlar - korxona tomonidan ma’lum bir tovar yoki xizmatlarni 
yaratish uchun sarflangan jami moddiy sarflarning pul qiymati. 
Ustav fondi (nizom jamg’armasi) - korxonaning boshlang’ich faoliyatini 
ta’minlash uchun zarur bo’lgan pul mablag’lari fondi. 


Firma - bozor iqtisodiyotining asosiy iqtisodiy agenti hisoblanuvchi, tadbirkorlik 
faoliyatini amalga oshiruvchi mustaqil huquqiy shaxs.
Fiskal siyosat - iqtisodiyotga ta’sir etish maqsadida davlat xarajatlari tuzilmasini 
o’zgartirish va soliqqa tortish sohasidagi davlat siyosati. 
Friksion ishsizlik - mehnat bozoridagi tabiiy jarayonlar bilan bog’liq holda 
vujudga keluvchi ishsizlik ko’rinishi. 
Fors - major - bitimda ishtirok etuvchi tomonlarning xohishlariga bog’liq 
bo’lmagan holda, bitim majburiyatlarining bajarilmasligiga olib keluvchi, oldindan 
aytish mumkin bo’lmagan hodisa va jarayonlarning yuz berishi. 
F’yuchers bozorlari - f’yuchers bitimlarini tuzish va amalga oshirish maqsadida 
tashkil etiluvchi bozor shakli. 
Filips egri chizig’i - ingliz iqtisodchisi A. V. Filips nomi bilan bog’liq bo’lgan, 
ishsizlik darajasi va narxlarning umumiy o’sish sur’atlari o’rtasidagi bog’liqlikni 
aks ettiruvchi egri chiziq. U qisqa muddatli davrlarda ishsizlik va inflyasiya 
o’rtasidagi bog’liqlikni tahlil qilish imkonini beradi. 
Franchayzing - yirik korxonaning boshqa bir korxonaga o’z savdo tarmoqlari va 
savdo belgilaridan, nou - xaularidan foydala-nishga ruxsat berish haqidagi 
kelishuvi. Bu holda ikkinchi korxona savdo tushumlarining ma’lum bir qismini 
franchayzing taqdim etuvchiga o’tkazadi. 

Download 1.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling