Iqtisodiyot asoslari


Franshiza - franchayzing asosida ma’lum bir faoliyatni amalga oshirish huquqi


Download 1.24 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/87
Sana15.02.2023
Hajmi1.24 Mb.
#1200698
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   87
Bog'liq
iqtisodiyot asoslari

Franshiza - franchayzing asosida ma’lum bir faoliyatni amalga oshirish huquqi. 


Xalqaro iqtisodiy aloqalar - xalqaro mehnat taqsimoti va nisbiy avfzallik 
tamoyillari asosida turli milliy iqtisodiyotlar o’rtasida amalga oshiriluvchi xo’jalik 
aloqalari tizimi. 


74 
Xolding - boshqa korxonalarning nazorat aksiya paketlariga ega va pirovardida 
ushbu korxonalar ustidan nazorat qilish imkoniga ega bo’lgan kompaniya. 
Xususiylashtirish - davlat mulkini sotish yoki qonun doirasida ko’zda tutilgan 
boshqa shakllar asosida xususiy mulkchilik shakllariga o’tkazish jarayoni. 
Xarajatlari o’suvchi tarmoq - ishlab chiqarishning kengaytirilishi natijasida 
iste’mol qilinayotgan resurslarga narxlarning o’sishiga olib keluvchi tarmoq. 
Xarajatlari pasyib boruvchi tarmoq - ishlab chiqarishning kengay-tirilishi 
natijasida iste’mol qilinayotgan resurslar narxi pasayib boruvchi tarmoq. 
Xedjirlash - f’yuchers bitimlarining amalda bo’lish jarayonida narxlarning 
noqulay 
o’zgarishidan 
himoyalanish maqsadida qo’llani-luvchi sug’urta 
operasiyalari. 

CH 
Chek - maxsus pul hujjati. Chek beruvchining joriy hisobidan muayYan summani 
berish yoki boshqa hisobga o’tkazish to’g’risidagi Yozma farmoyishi.
Chekli qo’yilmalar - chek yozib berish mumkin bo’lgan tijorat banklari va 
jamg’arma muassasalaridagi omonatlar. 
Cheksiz qo’yilmalar - chek yozib berish mumkin bo’lmagan jamg’arma hisob 
raqamlari. 
Charter - kema egasi va uni fraxtga oluvchi o’rtasida kemani yoki uning bir 
qismini ijaraga olish to’g’risidagi shartnoma. 
Chakana narx - chakana savdo va xizmat ko’rsatish tarmoqlari orqali 
iste’molchilarga tovar va xizmatlarni sotishda qo’llaniluvchi narx turi.


Download 1.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling