Iqtisodiyot asoslari


Ya  Yalpi Milliy Mahsulot -


Download 1.24 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/87
Sana15.02.2023
Hajmi1.24 Mb.
#1200698
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   87
Bog'liq
iqtisodiyot asoslari

Ya 
Yalpi Milliy Mahsulot - Milliy iqtisodiyot o’lchamlarini o’lchashda 
foydalaniluvchi asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkich bo’lib, odatda bir yil mobaynida 
mamlakat miqyosida yaratilgan yakuniy tovar va xizmatlarning puldagi qiymatini 
ifoda etadi. 
Yalpi Ichki Mahsulot - ma’lum muddat, odatda bir yil mobaynida, mamlakat 
rezidentlari tomonidan yaratilgan yakuniy tovar va xizmatlarning puldagi 
qiymatini ifoda etadi. 
Yalpi Milliy Mahsulot deflyatori - nominal YaMMning real YaMMga nisbati 
sifatida aniqlanuvchi va narxlar darajasining o’sish sur’atlarini aks ettiruvchi 
ko’rsatkich. 
Yashirin iqtisodiyot - davlat ro’yxatidan o’tmasdan turib qonuniy yoki noqonuniy 
iqtisodiy faoliyat bilan shug’ullanish. Davlatning iqtiso-diyotga aralashuvining 
kuchliligi, soliq to’lovlarining yuqoriligi yashirin iqtisodiyot ko’lamlarining 
kengayishiga olib keladi. 

O’ 
O’rin bosar tovarlar - bir xil iste’molni qondirishda foydalanilishi mumkin 
bo’lgan tovarlar. 
O’zaro bir - birini to’ldiruvchi tovarlar - birining iste’moli ikkinchi-sining 
iste’molisiz mumkin bo’lmagan tovarlar. 
O’zgaruvchan xarajatlar - korxona ishlab chiqarish hajmlarining o’zgarishi bilan 
o’zgarib boruvchi xarajatlar. Bunday xarajatlar tarkibiga xom - ashyo va 
materiallar sarfini kiritish mumkin. 
O’rin almashtirish samarasi - iste’molchining tovarlar narxi o’sgan sharoitda, 
xuddi shunday iste’molni qondira olishi mumkin bo’lgan boshqa arzon tovarni 
sotib olishga intilishi. 


76 


Qiymat - tovarni yaratish uchun sarflangan ijtimoiy zaruriy mehnat sarfi. 
Qimmat pullar siyosati - muomaladagi pul miqdorini cheklashga qaratilgan, 
mamlakat markaziy banki tomonidan amalga oshiriluvchi pul- kredit siyosatining 
bir ko’rinishi. Foiz stavkalari va majburiy zahiralar me’yorining oshirilishi 
natijasida kredit olish qimmatlashadi va shu orqali muomaladagi pul miqdorining 
qisqarishiga erishiladi. 

Download 1.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling