71
Proteksionizm - milliy iqtisodiyotni xorijiy ishlab chiqaruvchilar tazyiqidan
himoya qilishga qaratilgan davlat siyosati. Prteksionizm birinchi navbatda xorijiy
tovarlarni mamlakatga olib kirishni to’g’ridan - to’g’ri yoki egri yo’llar bilan
cheklashda ifodalanadi.
Pul - kredit siyosati - pul muomalasini tartibga solish orqali makroiqtisodiy
barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan davlatning iqtisodiy siyosati.
Pul - kredit
siyosati quyidagi vositalar orqali amalga oshiriladi:
-
ochiq bozorlarda operasiyalar o’tkazish;
-
majburiy zahiralarni o’zgartirish;
-
hisob stavkalarini o’zgartirishga asoslangan diskont siyosati.
Pul massasi - iqtisodiyotda mavjud bo’lgan umum qabul qilingan to’lov
vositalarining umumiyligi.
Pul tizimi - tarixan tarkib topgan, qonunchilik asosida mustahkam-langan pul
muomalasini tashkil etish tizimi.
R
Rant’e - qimmatli qog’ozlardan olinuvchi daromadlar va foizlar hisobiga hayot
kechiruvchi shaxs.
Raqobat - ishlab chiqaruvchilar va xizmat ko’rsatuvchilar o’rtasida bozorda ustun
mavqega ega bo’lish, yuqori foyda olish maqsadida olib
boriluvchi iqtisodiy
kurash. Raqobat bozor iqtisodiyotining asosiy harakatlantiruvchi kuchi
hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: