Iqtisodiyot asoslari


Download 1.24 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/87
Sana15.02.2023
Hajmi1.24 Mb.
#1200698
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   87
Bog'liq
iqtisodiyot asoslari

Kvota - qonunchilik yoki o’zaro kelishuvlar asosida belgilanadigan tovar va 
xizmatlarni ishlab chiqarish yoki sotishdagi korxonaning ulushi. 
Kredit - muddatlilik, foizlilik, qaytarib berishlik shartlari asosida qarz oluvchi va 
qarz beruvchi o’rtasida vujudga keluvchi qarz munosabatlari. 
Konsorsium - muayyan iqtisodiy loyihalarni yoki moliyaviy operasiyalarni 
birgalikda amalga oshirish maqsadida banklar va sanoat kompaniyalari o’rtasida 
tuzilgan muvaqqat bitim. 
Konsignasiya - mahsulotlarni vositachilar ombori orqali sotish shakli. Bunda 
etkazib beruvchi vositachi omboriga kelib tushgan molga egalik qilish huquqini 
mol xaridorga sotilgan paytga qadar saqlab qoladi. 
Konsalting - korxona iqtisodiy faoliyatini tashkil etishning barcha jabhalari 
bo’yicha yo’l- yo’riq va maslahatlar berish. 
Korxona - amaldagi qonunchilik doirasida foyda olishni maqsad qilib qo’ygan 
holda faoliyat yurituvchi xo’jalik yuritish shakli. Respublikamiz qonunchiligiga 
muvofiq ishlovchilar sonidan kelib chiqqan holda mikrofirma, kichik korxona, 
o’rta korxona, katta korxonalar farqlanadi. 
Kon’yunktura (iqtisodiy) - mamlakat iqtisodiyotida yoki jahon xo’jaligida 
ma’lum vaqt mobaynida tarkib topgan iqtisodiy vaziyat. Iqtisodiy kon’yunktura 
vaqtinchalik tavsifga ega bo’ladi.
Ko’p ukladli iqtisodiyot - mulkchilikning xilma - xil shakllari asosida 
rivojlanuvchi milliy iqtisodiyot. 




69 
Likvidlik - aktivlarning tezda ortiqcha chiqimlarsiz pul mablag’lariga aylana olish 
qobiliyati. 
Lizing - asosiy fondlarni uzoq muddatli ijaraga berish. Lizing kompaniyalari asbob 
- uskuna va mashinalarni ularni keyinchalik ijaraga berish maqsadida sotib 
oladilar. 
Lisenziya - ma’lum bir iqtisodiy faoliyat bilan shug’ullanish uchun davlat yoki 
uning vakolatli muassasalari tomonidan beriluvchi ruxsatnoma. 

Download 1.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling