Iqtisodiyot asoslari


Download 1.24 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/87
Sana15.02.2023
Hajmi1.24 Mb.
#1200698
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   87
Bog'liq
iqtisodiyot asoslari

Vertikal birlashma - tayyor mahsulot ishlab chiqarishning turli bosqichlarini 
amalga oshiruvchi korxonalarning birlashish shakli. 
Valyuta - oltin zahiralari - markaziy bank tomonidan xalqaro hisob - kitoblar va 
to’lovlarni amalga oshirish, milliy valyutaning ichki va tashqi ayriboshlanishini 
ta’minlash maqsadida jamg’ariladigan xorijiy valyuta va oltin zahiralari. 
Valyuta bozorlari - turli mamlakatlarning milliy valyutalari sotiluvchi va sotib 
olinuvchi bozor. 
Valyuta paretiteti - ikki valyuta o’rtasida valyuta kurslarini hisoblash maqsadida 
qo’llaniluvchi nisbat. 


Giperinflyasiya - muomaladagi pul massasi va narxlar darajasi o’sishining nazorat 
doirasidan chiqib ketishini ifoda etuvchi inflyasiya turi. Giperinflyasiya davrida 
narxlar darajasining yillik o’sish sur’atlari yiliga 1000 % dan oshib ketadi. 
Garov - savdo va tijorat ishlarini amalga oshirish hamda banklardan naqd pul bilan 
kredit olish vaqtida ko’char yoki ko’chmas mulkni vaqtinchalik qarz beruvchi 
ixtiyoriga berish. 


66 
Gorizontal qo’shilish - bir xil mahsulot ishlab chiqaruvchi yoki ishlab 
chiqarishning bir xil bosqichini amalga oshiruvchi korxonalarning Yagona 
korxonaga birlashishi yoki bitta korxona nazoratiga o’tishi. 
Gipoteza - ilmiy bilimlar rivoji va ularning kelib chiqishini asoslash maqsadida 
ilgari suriluvchi ilmiy farazlar. 


Davlat mulki - mulkdor sifatida davlat muassasalari ishtirok etuvchi mulk shakli. 
Davlat tadbirkorligi - tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatish maqsadida 
davlat korxonalarining tijorat va notijorat asosidagi faoliyati. 
Davlat sektori - milliy iqtisodiyotning davlat mulki bo’lgan yoki butunicha davlat 
tomonidan nazorat qilinuvchi sohasi. 
Davlat qarzi - davlatning aholi, korxona va tashkilotlardan va xorijiy 
mamlakatlardan bo’lgan qarzi. Davlat qarzi ichki va tashqi qarzlarga bo’linadi. 

Download 1.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling