65
Bozor - tovar va xizmatlarni ayriboshlash yuzasidan sotuvchi va xaridor o’rtasida
vujudga keluvchi iqtisodiy munosabatlar yig’indisi.
Bozor infratuzilmasi - bozorning samarali faoliyat yuritishini ta’minlovchi va
unga xizmat ko’rsatuvchi soha va tarmoqlar majmui.
Byudjet - pul daromadlarining shakllanish manbalari
va sarflash kanallarini aks
ettiruvchi hujjat.
Byudjet kamomadi - byudjet xarajatlarining daromadlardan ortiqcha bo’lishi.
Byudjet profisiti - byudjet daromadlarining rejalashtirilgan
byudjet xarjatlaridan
ortiqcha bo’lishi.
V
Valyuta - mamlakatning muomalada mavjud bo’lgan milliy pul birligi.
Valyuta intervensiyasi - valyuta kursini tartibga solish
maqsadida markaziy bank
tomonidan xorijiy valyutani sotish yoki sotib olish.
Valyuta kursi - bir mamlakat pul birligining ikkinchi
bir mamlakat pul birligida
ifodalangan narxi.
Veksel’ - muayyan miqdordagi pulni qarzga olganligi
va uni qancha muddatda
qaytarib berishligi haqida shu davlatda amal qiluvchi qonun talablariga qat’iy rioya
qilgan holda aniq shaklda maxsus yozib berilgan va rasmiylashtirilgan
qarzdorlik
hujjati.
Venchur korxonalar - fanning salmog’i yuqori bo’lgan, ishlab chiqarish
jarayoniga fan va texnika yangiliklarini birinchilardan bo’lib tavakkal asosida joriy
etish va shu asosda yuqori foyda olishni maqsad qilib qo’yuvchi kichik korxonalar.
Venchur kapital - tavakkalchilik darajasi yuqori bo’lgan kapital qo’yilmalarini
moliyalashtirishda foydalanilishi mumkin bo’lgan pul mablag’lari.
Do'stlaringiz bilan baham: