Iqtisodiyot asoslari


Jamg’arishga chegaraviy moyillik


Download 1.24 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/87
Sana15.02.2023
Hajmi1.24 Mb.
#1200698
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   87
Bog'liq
iqtisodiyot asoslari

Jamg’arishga chegaraviy moyillik - daromadlar hajmi o’lchamlari o’zgarishiga 
bog’liq holda jamg’armalar hajmining o’zgarishini ifoda etadi. 
Jadallashtirilgan amortizasiya - ishlab chiqarishning texnik darajasini talab 
darajasida ushlab turish va ishlab chiqarishga zamonaviy texnologiyalarni tezkor 
joriy etish maqsadida korxona tomonidan qo’llaniluvchi amortizasiya hisoblash 
usuli. 
Jahon bozori - xalqaro mehnat taqsimoti, taqqoslanma avfzallik tamoyillari 
asosida jahon mamlakatlari o’rtasida vujudga keluvchi barqaror oldi - sotdi 
munosabatlari. 
Jahonshumul muammolar - umumbashariYat uchun birdek muhim bo’lgan va 
ularning echimi barcha tinchlikparvar kuchlarning o’zaro birlashuvini taqozo 
etuvchi urush va tinchlik, qurolsizlanish, ekologik muammolar kabi muammolar. 


Zakot - islom dinining besh asosiy ustunlaridan biri. Unga ko’ra har bir musulmon 
yillik daromadining qirqdan bir ulushini zakot sifatida berishi lozim. 
Zakot - mol - mulkdan ixtiyoriy ravishda beriladigan xayr- ehson. 
Zarar - korxona daromadlari va xarajatlari o’rtasidagi manfiy tafovut, ya’ni, 
korxona xarajatlarining daromadlaridan ortiqcha bo’lishi. 
Zararsizlik nuqtasi - umumiy xarajatlarning umumiy daromadlarga teng bo’lgan, 
yoki o’rtacha xarajatlar mahsulot narxiga teng bo’lgan holat. Raqobatli bozor 
sharoitida korxona uchun zararsizlik nuqtasini e’tiborga olish muhimdir, chunki 
yuqori xarajatlar korxonaga daromad olish imkonini bermaydi. 


Investisiya - ma’lum bir qaytimga ega bo’lish maqsadida ishlab chiqarishga 
qilingan moddiy sarflar. 
Inson kapitali - insonlar tomonidan o’z umrlari davomida to’plangan bilim, 
ko’nikma, sog’liq va hayotiy tajriba. 
Izokvanta - ma’lum bir turdagi mahsulotni ishlab chiqarishda foydalanilishi 
mumkin bo’lgan omillar kombinasiyasini aks ettiruvchi egri chiziq. 
Import - mamlakat ichki iste’mol bozorlarida sotish uchun xorijiy ishlab 
chiqaruvchilar tomonidan mamlakat ichki bozorlariga tovar va xizmatlarning olib 
kirilishi. 

Download 1.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling